“тасдиқлайман” Сирдарё вилояти ииб ппх ва жтсб бошлиғи


Terrorchiga xos bo’lgan xususiyatlar


Download 50.5 Kb.
bet2/3
Sana05.01.2023
Hajmi50.5 Kb.
#1080128
1   2   3
Bog'liq
20 мавзу Технологик терроризм ва унинг транспортда олдини олиш усуллари

Terrorchiga xos bo’lgan xususiyatlar:
-o’z kuchiga bo’lgan ishonchsizligi, irodasizligi sababli xulq-atvorida tajovuzkorlik va shafqatsizlikni namoyon qilish;
-o’zini oqlash, siyosiy mafkuraviy motivlar odatda shaxsning yashirin ruhiy ehtiyojlarini tashkil etish sifatida namoyon bo’lish;
-shaxsiy va hissiy (emotsional) shakllanmaganlik, boshqalarga o’ziga xos imkoniyatlardan tashqari talablar qo’yish, yakka hokimlik, odatda nazariy va siyosiy qiziqish, huquqiy yuzaki idrok etish;
-agressiv (vahshiy), o’zi to’g’ri baho bera olmaslikni tashqi omillardan qidirish va o’zining muvaffaqiyatsizligini vaziyatga javobgarlikni yuklashga moyillik;
-terrorchilik tashkilotlarga, uning vazifalari va g’oyalariga ko’r-ko’rona ishonish;
-etarli darajada aqliy rivojlanmaganlik, qiziqishlarni etarli darajada anglamaslik, bilim darajasining pastligi;
-terrorchilar safiga, odatda nosog’lom oilalardan chiqqan, shaxsning ijtimoiy patologik rivojlanishiga ega bo’lgan, jamiyatda o’z o’rnini topa olmaslik, ish o’rnini yo’qotish yoki ega bo’lmaslik, yaqin kishilarini yo’qotganlik, jismoniy imkoniyati chegaralanganlik, og’ir ruhiy jarohatlarni (psixotravmalarni) boshidan kechirganlik;
-vahshiylik, doimo o’z fikrini himoya qilish, tasdiqlashga intilish, boshqa insonlarning istak va xoxishlariga etarli e’tibor bermaslik;
-terroristlarning barchasi uchun turli toifada fikrlovchilarning shoshqaloqlik, o’zgaruvchanlik va ikkilanishlari xosdir.
Tashkilotchilar:
-mafkuraviy fanatlar - terroristlarning juda xavfli turi hisoblanadi, o’zining shaxsiy e’tiqodlarini (diniy, mafkuraviy, siyosiy) va zaruriy xatti-harakatlariga, shuningdek, o’z dunyoqarashlari, o’zining gunohsizligi hamda insonlarning taqdirini boshqarish mumkinligiga ishonadi. Ushbu toifadagilar o’zining notiqligi, etarli darajada yuqori aqliy darajasi va boshqa odamlarga samarali psixologik ta’sir eta olish ko’nikmasi mavjudligi bilan ajralib turadi.
-bevosita tashkilotchilar - ma’lum ma’noda barqaror va sovuqqon usul, aniq teraktlar, bir qancha oldindan o’ylangan va rejalashtirilgan terrorchilik faoliyatlarini, g’oyaviy ta’minlanganlik va emotsional qat’iyatlilik bilan amalga oshirishadi. Etakchi ushbu faoliyatdan tashqarida bo’lishni ma’qul ko’radi.
-namoyishkorona tur - ochiqchasiga jangovar boshqaruvchi, maqtanchoq va o’zini yaxshi ko’ruvchi «dovyurak-jangchi» tiplar turiga kiradi. Barcha narsalarga va hammaga nafrat ko’zi bilan qarab lazzatlanishadi. O’zini o’zi buyukligiga ishontirishadi.
-terrorchilikka yollovchilar - terroristik tashkilotlarga jalb qiluvchi shaxs. Yuqori, tez psixologik aloqa o’rnatishga moyil, ruhiy ko’nikmalarga ega, ishontirish (gipnoz), ta’sir qilish xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Ushbu toifadagilar terroristik tashkilotlarda eng kuchsiz bo’g’in hisoblanib, ularning rejalari ta’sirga tez beriluvchi odamlarni aniqlab topish va ularga psixologik ta’sir etishdan iborat.



Download 50.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling