Favqulodda vaziyatlarda shikastlangan, zaharlangan va zararlanganlarga tibbiy yordam
Download 55 Kb.
|
1 2
Bog'liqFavqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko\'rsatish
favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko'rsatish REJA: 1.Zararlanganlarga nisbatan tibbiy yordamni tashkil etish asoslari. 2.Fuqaro muhofazasi xizmatining tuzish tamoyillari. 3.Fuqaro muhofazasi tibbiy xizmatining kuch va vositalari. 4.Sanitar drujinasi. San drujinasi otryadi, tarkibi, vazifalari. 5.Birinchi tibbiy yordam otryadi, tarkibi, vazifalari. 6.Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam brigadasi, otryadi, vazi-falari. 7.Epidemiyaga qarshi ko`chma otryad, tarkibi, vazifalari. 8.Epidemiyaga qarshi ixtisoslashgan brigada, tarkibi, vazifalari. Favqulodda vaziyatlarda shikastlangan, zaharlangan va zararlanganlarga tibbiy xizmatning tashkil etilishi. Fuqaro muhofazasi tibbiy xizmati tinchlik davrida sog`liqni saqlash muassasalari mutaxassislari hisobidan tashkil etiladi. Viloyat, shahar, tuman sog`liqni saqlash muassasalari rahbarlari fuqaro muhofazasi tibbiy xizmatiga (FMTX) boshchilik qiladi. O`z navbatida ular mazkur hududning fuqaro muhofazasi shtabiga bo`ysunadi. Favqulodda vaziyat sodir bo`lgan shahar, tuman (hudud) aholisiga tibbiy yordam ikki bosqichda amalga oshiriladi: - birinchi bosqichda - zarar ko`rgan shahar, tumanda qisman saqlanib qolgan shifoxonalarda tibbiy yordam ko`rsatiladi, shiningdek, shu hududda vaqtincha ishlaydigan maxsus tibbiy punktlar tashkil etiladi va ularda birinchi tibbiy yordam ko`rsatiladi; - ikkinchi bosqichda - zarar ko`rgan shahar, tumanning tashqarisidagi hududlarda vaqtincha faoliyat ko`rsatish uchun ixtisoslashgan shifoxonalar tashkil etiladi. Ularga birinchi bosqichda tibbiy yordam ko`rsatilgan bemorlar ko`chiriladi va yuqori malakali ixtisoslashgan tibby yordam ko`rsatiladi. Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi tibbiy xizmatining kuch va vositalari. Favqulodda vaziyatlarda shikastlangan, zaharlangan, zararlangan aholiga tibbiy yordam ko`rsatish uchun fuqaro muhofazasi tibbiy xizmati, tinchlik davrida quyidagi kuch va vositalarni tayyorlab qo`yadi: - sanitar drujinalar (SD); - sanitar drujinalar otryadi (SDO); - birinchi tibbiy yordam otryadi (BTYoO); - ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam brigadasi (ITYoB); - epidemiyaga qarshi ko`chma otryad (EQKO); - epidemiyaga qarshi ixtisoslashtirilgan brigadalar (EQIB); Sanitar drujina tarkibi, vazifalari. Sanitar drujina har bir korxona, muassasa, maktab, o`quv yurtlari, jamoa ho`jaliklarida tashkil etiladi. Ularga mazkur jamoaning ishchi-xodimlari, talaba va o`quvchilar orasidan sog`lom, jismoniy baqquvat shaxslar tanlab olinadi. Sanitar drujina a`zolari shahar, tuman boshlang`ich Qizil Yarim Oy Jamiyati tomonidan maxsus tayyorlovdan o`tkaziladi. Sanitar drujina 24 kishidan tashkil topadi: - drujina komandiri; - aloqachi, xo`jalik mudiri; - ma`naviy siyosiy rahbar; - shofyor (haydovchi); - 5 ta zveno (har bir zveno 4 kishidan iborat bo`lib, ulardan bittasi sardor hisoblanadi). Sanitar drujina otryadi, tarkibi, vazifalari. Bu katta korxona, zavod, yirik jamoalarda tuzilgan 4 ta yoki 5 ta sanitar drujinalari birlashtirilib tashkil etiladi. Sanitar drujina otryadiga bosh komandir, ma`naviy siyosiy rahbar, 3 ta aloqachi va radist tayinlanadi. Otryadni maxsus tayyorlovdan o`tkazish uchun shifoxonalardan tajribali shifokorlar belgilanadi va maxsus dastur bo`yicha tayyorgarlikdan o`tkazadilar. Ularga shikastlangan, zaharlangan bemorlarga birinchi tibbiy yordam ko`rsatish va parvarish qilish usullari o`rgatiladi. Sanitar drujinachilari tinchlik davrida tabiiy ofat yuz berishi mumkin bo`lgan sharoitda shikastlanganlar va zaharlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko`rsatishni tartib qoidalarini o`rganadilar. Bundan tashqari ular tibbiyot xodimlari rahbarligida aholi o`rtasida sanitariya-profilaktika va sog`lomlashtirish tadbirlarini amalga oshirishda qatnashadilar. Sanitar drujinachilari maxsus tabel bo`yicha tibbiy jihoz va asbob uskuna, dori-darmon bilan ta`minlanadi. Sanitar drujinasi maxsus tabel bo`yicha quyidagi jihozlar bilan ta`minlanadi: - maxsus kiyimlar: beret (qalpoq), ip gazlamadan tikilgan kombinezon filtrli himoya kiyimlari, rezina etik va qulqoplar, yelkaga taqish uchun Qizil Yarim Oy Jamiyati belgisi qo`yilgan sumka; - maxsus aptechka; - kimyoviy zaharlovchi moddalarga qarshi qo`llanadigan shaxsiy paket (IPP-8); - protivogaz (gazga qarshi niqob); - suv solish uchun flyaga. Har bir sanitar zvenosi quyidagilar bilan jihozlanadi: sanitar zambil 1 ta, zambil lyamkalari 4 ta, cho`ntak elektr fonari 2 ta, zahira uchun protivogaz 1 ta. Bundan tashqari sanitar drujinasida kimyoviy moddalarga qarshi vositalar solingan sumka va shaxsiy dozimetrlar komplekti bo`lishi lozim. Sanitar sumkada 19 xildagi dorivor moddalar, bog`lov ashyolari va boshqa zaruriy anjomlar bo`ladi. Sanitar drujinalari aholi o`rtasida yoppasiga shikastlanish, zaharlanish ro`y berganda quyidagi ishlarni bajaradi: - shikastlanganlarni qidirib topish; - tibbiy yordam ko`rsatish; - bemorlarni zaharlangan o`choqdan bexatar joyga olib chiqish; - ularning o`z-o`zlariga ko`rsatgan birinchi tibbiy yordamini tekshirib ko`rish va xatosini tuzatish; - bakterial zararlanish o`chog`ida tibbiyot xodimlari rahbarligida epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish; - shuningdek, sanitar drujinasi tarkibiy qismi tibbiyotning barcha tuzilmalari ixtiyorida shahar tashqarisidagi shifoxonalarda ishlashi mumkin. Birinchi tibbiy yordam otryadi. Birinchi tibbiy yordam otryadi fuqaro muhofazasi tibbiy xizmatining asosiy tuzilmalaridan hisoblanadi. Ular yoppasiga zararlanish o`choqlarida shikastlanganlarga va zaharlanganlarga tibbiy yordam ko`rsatish uchun mo`ljallangan. Birinchi tibbiy yordam otryadi tinchlik davrida mavjud shifoxonalar, poliklinikalar, dispanserlar va boshqa davolash, profilaktika muassasalari asosida tuziladi. Uning tarkibi shtat bo`yicha 146 kishi va quyidagi bo`limlardan iborat bo`ladi: - boshqaruv; - qabul saralash bo`limi; - sanitar tozalash va dezaktivatsiya o`tkazish bo`limi; - operatsiya va jarohat bog`lash bo`limi; - gospital (davolash) bo`limi; - evakuatsiya qilish bo`limi; - tibbiy anjomlar ta`minoti (dorixona) bo`limi; - xo`jalik bo`limi; - 2 ta san drujinachilar. Birinchi tibbiy yordam otryadining shtati quyidagilardan iborat: - boshqaruv- vrach boshchilik qiladi; - siyosiy ishlar bo`yicha rahbar muovini- 1 ta mutaxassis; - ommaviy tuzilmalar bo`yicha rahbar muovini-1 ta vrach; - radist- aloqachi 4 kishi; - qabul va saralash bo`limi- 1 ta vrach, 1 ta feldsher, 2 ta tibbiy hamshira, ro`yxatga oluvchi 2 ta - tibbiy hamshira, 1 ta san drujina (24 kishi), jami 31 kishi; - sanitar tozalash va dezaktivatsiya o`tkazish bo`limi- feldsher 1 ta, tibbiy hamshira 2 ta, - operatsiya va jarohat bog`lash bo`limi, bosh operatsion hamshira 1 ta, jarohat bog`lovchi katta hamshira 1 ta, jarohat bog`lovchi hamshira 3 ta, ro`yxatga oluvchi tibbiy hamshira 2 ta, tibbiy hamshiralar 11 ta, sanitar 8 ta, jami 26 kishi; - gospital davolash bo`limida – feldsher 1 ta, san drujina 1 ta (24 kishi), tibbiy hamshira 15 ta, vrach 1 ta- jami 41 kishi; - evakuatsiya qilish bo`limi-feldsher 1 ta, tibbiy hamshira 4 ta, sanitar 8 ta- jami 13 kishi; - sanitar tozalash va dezaktivatsiya o`tkazish bo`limi - feldsher 1 ta, tibbiy hamshira 2 ta, sanitar 8 ta,- jami 11 kishi; - tibbiy anjomlar ta`minoti bo`limi- farmatsevt 1 ta, tibbiy hamshira 2 ta, sanitar 2 ta- jami 5 kishi; - xo`jalik bo`limi- boshliq 1 kishi, shofyor 6 ta, elektrik 2 ta, suv, oziq-ovqat ta`minoti bo`yicha mutaxassis 3 kishi- jami 12 kishi. Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam brigadasi va otryadi. (ITYoB )(ITYoO). Odamlarning turli xil shikastlanishiga, zaharlanishiga ko`ra maxsus tibbiy yordamni ta`minlash uchun ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam brigadalari (ITYoB) tashkil etiladi. Bu brigadalar tinchlik davrida mavjud tibbiyot institutlari, vrachlar malakasini oshirish instituti shifoxonalari va Respublika shoshilinch tibbiy ilmiy markazi viloyat filiallari bazasida tuziladi. Brigada tarkibida quyidagi tibbiy mutaxassislar bo`ladi: - 2 ta mutaxassis vrach; - 2 ta o`rta tibbiyot xodimi. Har bir ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam brigadasi o`z tarkibida vrachlarning ixtisosiga qarab quyidagi ixtisoslarga bo`linadi: - umumjarrohlik (UJ); - neyrojarrohlik (NJ); - travmatologiya (T); - torako-abdominal jarrohlik (TAJ); - kuyganlarga yordam (KYo); - ginekologiya (G); - terapiya (T); - urologiya (U); - quloq, burun, tomoq kasalliklari (LOR); - yuz-jag` jarrohligi (YuJJ); - qon quyish (QQ); - rentgenologiya (R); - radiologiya (Ra); - yuqumli kasalliklar (YuK); - psixo-nevrologiya (asab-ruhiy kasalliklari) (PN). Bir shifoxona asosida tuzilgan bir nechta ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam brigadalari qo`shilib, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam otryadini (ITYoO) tashkil etadi. Har bir ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam brigadasi ixtisosiga ko`ra maxsus tabel bo`yicha zarur tibbiyot asbob uskunalari, hamda yengil avtomashina bilan ta`minlanadi. Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam brigadalari zarar ko`rgan shahar tashqarisidagi zonalarda tashkil etilgan shifoxonalarga yotqizilgan bemorlarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko`rsatadilar. Epidemiyaga qarshi ko`chma otryad.(EQKO). Epidemiyaga qarshi ko`chma otryad (EQKO) favqulodda vaziyat yuzaga kelgan va yuqumli kasalliklar tarqalgan yoki tarqalish xavfi bo`lgan sharoitda epidemiyaga qarshi chora tadbirlarni uyushtirish va amalga oshirish maqsadida tashkil etiladi. Bu otryad tinchlik davrlarida mavjud viloyat sanitariya epidemiologiya nazorat markazida tuziladi. Epidemiyaga qarshi ko`chma otryad quyidagi bo`limlardan tashkil topadi: - boshqaruv- vrach epidemiolog boshchilik qiladi; - sanitariya - epidemiologiya bo`limi; - bakteriologiya bo`limi; - radiologiya laboratoriyasi; - kimyo bo`limi; - bakteriologiya laboratoriya bo`limi; - dezinfeksiya bo`limi. Epidemiyaga qarshi ko`chma otryad tabel bo`yicha quyidagi jihozga ega bo`ladi: - laboratoriya asboblari; - avtomashinaga o`rnatilgan maxsus laboratoriya; - dezinfeksiya dush avtomashinalari (DDA); - transport avtomashinalari. Otryadning dezinfeksiya bo`limiga 1 ta sanitariya drujinasi (24 kishi) biriktiriladi. Epidemiyaga qarshi ko`chma otryadning vazifalari quyidagilardan iborat: - tinchlik va harbiy davrlarda favqulodda vaziyat yuzaga kelgan sharoitda bakteriologiya razvedkasi ishlarini tashkil etish; - oziq-ovqat, suv, inshoot, transport, idish-tovoq, mebel va boshqa anjomlardan olingan sinamalardan radiaktiv moddalar, kimyoviy zaharli moddalar va yuqumli kasallik qo`zg`atuvchi mikroblar bor yoki yo`qligini aniqlashni tashkil etadi; - odamlar to`planadigan joylarda, suv manbalari, oziq-ovqat va umumiy ovqatlanish korxonalarida sanitariya nazoratini olib boradi; - yuqumli kasalliklarga gumon qilingan bemorlarni o`z vaqtida aniqlash, ularni alohida yotqizish va yuqumli kasalliklar shifoxonasiga junatish; - infeksiya tarqalgan hududdagi aholini sanitariya tozalovidan o`tkazish; - yuqumli kasallik tarqalgani aniq bo`lgan hollarda, aholi o`rtasida profilaktik emlash tadbirlarini tashkillashtirish; - yuqumli kasallik aniqlangan joyda dezinfeksiya, dezinseksiya tadbirlarini o`tkazish; - aholi orasida keng qamrovli sanitariya oqartuv ishlarini o`tkazish. Epidemiyaga qarshi ixtisoslashtirilgan brigadalar (EQIB). O`ta xavfli vabo, tulyaremiya, kuydirgi, poliomiyelit, qorachechak o`ta yuqumli kasalliklar tarqalish xavfi yuzaga kelgan joylarda ularga qarshi maxsus tadbirlar amalga oshirish maqsadida epidemiyaga qarshi ixtisoslashtirilgan brigadalar (EQIB) tashkil etiladi. Bu brigadalar o`ta xavfli yuqumli kasalliklarga qarshi ilmiy tekshirish institutlari va stansiyalari bazasida respublika miqyosida tuziladi. Epidemiyaga qarshi ixtisoslashtirilgan brigadalar shtatiga va vositalariga quyidagilar kiradi: - epidemiolog mutaxassis vrachlar; - maxsus tayyorgarlikdan o`tgan o`rta tibbiyot xodimlaridan iborat laborantlar; - sanitarlar; - shofyorlar; - maxsus transportlar; - maxsus laboratoriya asboblari; - tibbiyot asboblari va jihozlari; - aloqa vositalari.Epidemiyaga qarshi ixtisoslashtirilgan brigadalar respublika hududida o`ta xavfli yuqumli kasalliklar uchragan yoki uchrash xavfi tug`ilganda shu o`choqda ish olib boradilar. Download 55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling