Navbahor tuman seo va js bo’limi epidemiolog vrachi U. Komilov tomonidan


Download 18.18 Kb.
Sana15.03.2023
Hajmi18.18 Kb.
#1271556
Bog'liq
VGB AKT


25.02.2021 yil
DALOLATNOMA
Navbahor tuman SEO va JS bo’limi epidemiolog vrachi U.Komilov tomonidan 09.12.2020 yilda tuman tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklar bo’limi tomonidan “virusli gepatit ? homimladorlik 16 haftalilik” tashhisi bilan tezkor xabarnoma asosida bemor xonadonida epidemiologik surishtiruv olib borilganda quyidagilar aniqlandi:
Bemor Xushvaqtova Oʼgʼiloy Hasan qizi, 1984 yil 17 yanvarda tugʼilgan. Navbahor tumani Vomitan MFY, Vomitan koʼchasi 36-uyda yashaydi.
13.11.2020yilda 3-chi xomiladorlik bilan ruyxatga olingan va Virusli gepatit “C” xamda HBsAg ga tahlil topshirgan. Tekshirish natijasida HBsAg musbat chiqqan.
Bemor bunga qadar 2 marta homilador boʼlgan (2002, 2006), 2 nafar farzandi bor. Bemor avvalgi homiladorliklarida HbsAg ga tekshirilganda, HbsAg musbat natija aniqlanmagan.
02.12.2020 yilda uzida xolsizlik, ung kovurg’alar ostida ogrik, ishtaxa pasayishi belgilari paydo bo’lgan.
09.12.2020 yilda tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli yuqumli kasalliklar boʼlimiga murojaat qilgan, shu kuni boʼlimga “virusli gepatit ? homiladorlik 16 haftalilik” tashhisi bilan yotqizilgan.
Bemor operatsiya bo’lmagan, qon va qon elementlarini qabul qilmagan, lekin akusher-ginekolog nazoratida bulgan. Lekin koʼriklar bir marotabalik instrumentlarda oʼtkazilgan va labarator taxlillar ham bir marotabalik instrumentlarda olingan.
2019-2020 yilda Navoiy shahrida joylashgan “Mehr-Shifo-Mavjuda diagnostika davolash markazi”ga murojaat qilgan, bachadon devori eroziyasidan davolangan, bachadon ichi kontratseptik vositasini oldirgan. Bu tugʼrisida Navoiy shahar SEO va JS boʼlimiga 30.01.2021 yilda 02-07-3/42 sonli xat berilgan va 13.02.2021 yilda 149/5 sonli javob xati olingan. Bu xatda “Mehr-Shifo-Mavjuda diagnostika davolash markazi”ga 2019 yil aprel oyida murojaat qilganligi, bu vaqtda bir marotabalik koʼzguda koʼrilganligi va UZI qilinganligi qayd etilganligi koʼrsatilgan holos.
Bemor xonadonida bemor bilan 5 nafar oila a’zolari yashaydi, ular viloyat SEO va JS boshqarmasi virusologiya laboratoriyasida 12.02.2021 yilda virusli gepatit B kasalligiga tekshirilgan:

  1. Xudoyberdiev Normurod, 01.09.1957 yilda tug’ilgan, nafaqada, tekshirish natijasi manfiy.

  2. Umarova Saida Boboqulovna 10.07.1960 yilda tug’ilgan, nafaqada, tekshirish natijasi manfiy.

  3. Xudoyberdiev Feruz Normurodovich 30.03.1980 yilda tug’ilgan, vaqtincha ishsiz, tekshirish natijasi manfiy.

  4. Normurodov Behruz Feruz o’g’li 2002 yilda tug’ilgan, avto. maktab o’qituvchi, 12.02.2021 yil va 19.02.2021 yildagi tekshirish natijasi HBsAg musbat.

  5. Normurodov Davlat Feruz o’g’li 2006 yilda tug’ilgan, 17-maktab o’quvchisi, tekshirish natijasi manfiy.

Bemor xonadoni ko’zdan kechirilganda uyda shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilinmasligi, barcha oila a’zolari uchun yuz sochig’i 1 ta umumiyligi, yuvinish sovuni 1 ta umumiyligi, tish chotkalari har bir oila a’zosiga alohida bor bo’lsa ham ochiq holatda bir idishda turganligi, tish chotkalari vaqti-vaqti bilan adashib almashib ishlatish holatlari uchrab turishi aniqlandi.
Epidemiologik surishtiruv natijasida quyidagi xulosaga kelindi: Bemor virusli gepatit B kasalligini o’z xonadonida shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida, kasallikni HBsAg 2 marotaba yaʼni 12.02.2021 yilda va 19.02.2021 yilda musbat chiqqan oʼgʼli Normurodov Behruz Feruz o’g’lidan yuqtirib olgan.


Epidemiolog vrach: U.Komilov
Download 18.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling