Dinning ibtidoiy shakllari


Download 26.74 Kb.
bet1/4
Sana06.02.2023
Hajmi26.74 Kb.
#1169307
  1   2   3   4
Bog'liq
DINNING IBTIDOIY SHAKLLARI 1 mavzu jahon tarix


DINNING IBTIDOIY SHAKLLARI
Reja:
Avesto, Tavrot, Injil, Qur’oni karimda insoniyatning yaratilishi haqida..
Totemizm, animizm, shomonlik yoki sehrgarlik (afsun, magiya), fetishizm.
Ibtidoiy mifologiya.
· Neolit davridagi diniy tasavvurlar.
Din tabiat va jamiyatda sodir bo’livchi voqea hamda hodisalarni aks ettiruvchi ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, din ibtidoiy davrda vujudga kelib o’sha davrda yashagan odamlarning dunyoqarashini o’zida ifodalovchi ma’naviy madaniyat elementidir. Din arab tilida “ishonch” “ishonmoq” degan ma’nolarini bildirib, din insondan tashqarida bo’lib, uni yaratgan iloxiy qudratga ishonch va e’tiqodni ifoda etadigan maslak, qarash hamda ta’limotdir.
Odamlarda ilk diniy tasavvurlarning paydo bo’lib, shakllanib, rivojlanib, takomillashib borishi jarayoni insonda ong, tafakkurning shakllanishi bilan bevosita bog’liq bo’lib, insonning paydo bo’lib shakllanib borishi jarayoni fanda antroposotsiogenez deyiladi. Insoniyatning ibtidoiy davrdagi eng qadimgi tarixini o’rgangan arxeolog olimlar dastlabki davrlarda odamlarda diniy tassavurlar bo’lmaganligi, odamlar birga yashab, ov qilib, o’zaro muloqotga kirishganlaridan so’ng insoniyat ongsiz faoliyatdan ongli faoliyatga o’tgani, inson o’zini o’rab turgan tashqi olam, tevarak atrofdagi narsa va xodisalarni jonlantirib tasavvur qilishlari natijasida odamlarda ilk diniy tasavvurlar vujudga kelganligi haqidagi fikrni bayon qiladilar.
Tabiiy muhitda ro’y bergan o’zgarishlar mehnat, muloqot, oziq-ovqatlarning sifat jihatlaridan o’zgarishi insonning tashqi qiyofasi, ong, tafakkurining shakllanishiga o’z tasirini ko’rsatdi, insonda tashqi olam to’grisidagi bilimlar asta-sekin to’plana borishi natijasida uning dunyoqarashi shakllana boshladi. Inson dunyoqarashining shakllanishidagi dastlabki bosqich bu mifologiya yani afsona asotirlardan iborat bo’lib, ong, tafakkuri shakllanib borayotgan inson o’zini o’rab turgan tashqi olamdagi narsa hodisalarni bilishga, o’rganishga, tushunishga harakat qila boshlaydi. Lekin insonni o’rab turgan tashqi olam qo’rqinchli, vahimali hamda tushunarsiz bo’lib, inson tabiatda sodir bo’layotgan ko’pgina narsa va hodisalarni ilohiylashtirib, ularga sig’ina boshlaydi. Natijada ibtidoiy davrda vujudga kelgan dinning dastlabki shakllari vujudga kela boshlaydi. Ibtidoiy davrda vujudga kelgan dinning tarixiy shakllari, ilk diniy tasavvurlarda inson tabiat hodisalarini muqaddaslashtirib unga sig’ingan, undan yordam olishga harakat qilgan. Ibtidoiy diniy tasavvurlarga xos bo’lgan yana bir xususiyat inson tomonidan tabiatdagi barcha narsa hodisalarni jonlantirib tasavvur qilish, har bir narsa hodisani boshqarib turadigan ilohiy kuchlarga ishonchdir. Jahonda mavjud bo’lgan barcha dinlar ikkita katta guruhga, politeizm yani ko’p xudolik diniy tasavvurlarga, hamda monoteizm yani yakka xudoga etiqod qilishdan iborat bo’lgan diniy ta’limotlarga bo’linadigan bo’lsa, ibtidoiy davrga xos bo’lgan diniy e’tiqod bu politeizmdan iborat edi. Inson o’zini o’rab turgan tashqi olamdagi turli ilohiy kuchlarga tasir ko’rsatishga, ulardan yordam olishga harakat qilgan. Dinning ibtidoiy shakllarida insonni o’rab turgan tashqi olamdagi barcha narsa va hodisalar ilohiylashtirib, inson uchun e’tiqod ob’yekti bo’lgan. . Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida inson nafaqat jismoniy tomondan, balki ma’naviy axloqiy jihatdan ham takomillashib bordi. Odamlar mehnat faoliyati natijasida tabiat sirlarini o’rganish imkoniyatiga ega bo’ldilar. . Ibtidoiy jamoa tuzumining keyingi bosqichlarida tabiatning stixiyali kuchlari oldida ojizlik sezganida odamlar bu kuchlarni ilohiylashtirib, ularga sig’ina boshladilar. Natijada animizm, fetishizm, totemizm, magiya va shomonizm singari ilk diniy tasavvurlar, dinning tarixiy shakllari vujudga kela boshladi. Odamlarda dunyoni boshqarib turuvchi ilohiy kuchlarga ishonch paydo bo’lishi natijasida odamlar bu kuchlarni ruhlar deb, ulardan eng qudratlilarini ilohlar deb ataganlar. Odamlar ilohlarga ovning muvaffaqiyatli chiqishi, yomg’ir yog’ishi, sog’lik-salomatlikka erishish to’g’risidagi iltimoslar bilan murojaat qilganlar. Ular ilohlardan yordam so’raganlar. Ilohlarni turli qiyofada tasavvur qilganlar, yog’och, suyak yoki toshdan ilohlarning tasvirini qirqib yasab, bu tasvirlarni but yoki sanam deb ataganlar. But yoki sanamlar odamlar joylashgan qarorgohning eng faxrli joylariga o’rnatilgan. Odamlar ilohlar marhamatiga sazovor bo’lish uchun butlarga sajda qilganlar, butlarga atab turli-tuman qurbonliklarni amalga oshirganlar.
Insoniyat tarixida insonning kundalik hayoti bilan bog’liq bo’lgan muhim ishlar, jumladan tug’ilish, ozuqa topish, ov qilish, o’z xavfsizligini ta’minlash, dafn marosimi kabilar turli diniy tasavvurlar va e’tiqodlar bilan bog’liq bo’lganligini ko’rish mumkin. Diniy tasavvurlarning shakllari jamiyat hayotining sharoitiga bog’liq bo’lib, uning o’zgarishi diniy qarashlarda ham muayyan o’zgarishlarga olib keladi. Diniy tasavvurlarning dastlabki shakllariga urug’chilik tuzumi shakllanayotgan davrda paydo bo’lgan totemizm, animizm, fetishizm, shomonizm, magiya (sehrgarlik) kabilar kiradi.
Totemizm. Totem so’zi Shimoliy Amerikada yashaydigan Ojibva qabilasi tilida ,,o totem” – uning urug’i degan ma’noni anglatib, diniy tasavvurlarning eng qadimgi shakllaridan biri bo’lib hisoblanadi. Totemizmning mohiyati muayyan guruh odamlar bilan ayrim hayvonlar, parrandalar va o’simliklar orasida o’zaro yaqinlik, qon-qarindoshchilik aloqalari bor, deb muayyan hayvon, parranda, o’simlikni muqaddaslashtirib unga e’tiqod qilishdan iboratdir. Urug’dosh guruhlar o’zlarini umumiy belgilari va totemlari bo’lgan hayvon parranda yoki o’simlikdan kelib chiqqan deb hisoblar edilar. Totemizmda urug’-qabila, xususan shu urug’ning har bir a’zosi hayoti va farovonligi ayni shu urug’ning haqiqiy ajdodi hisoblangan “totem” – hayvon parranda, yoki o’simlikka bog’liq deb ishoniladi. Muqaddas joylarda saqlanadigan biror urug’ ruhini ifodalovchi xayvon yoki o’simlik surati solingan tosh, taxtachalar totem ruhlarining makoni sanaladi. Hayvon, parranda yoki o’simlik shu urug’ yoki qabila uchun totem, binobarin, muqaddas va xomiy hisoblangan. Shuning uchun ham kishilar totemning yordamiga muhtoj bo’lganlar, unga sehr yordamida ta’sir qilishiga uringanlar. Avvallari totemlar sifatida faqat hayvonlar, shunda ham ov hayvonlari e’zozlangan. Biroq, keyinchalik qarindoshlik munosobatlari boshqa hayvonlarga ham, ba’zi hollarda esa o’simliklar, tabiat hodisalari, yomg’ir, quyosh, shamol va xokazolarga ham tarqalgan. Totemlar e’zozlangan, ularni o’ldirish va otish ta’qiqlangan. Totemni ozuqa sifatida ta’qiqlanishi tabu ya’ni taqiqlash deb aytiladi.
Totemistik tasavvurlarning rivojlanib borishi unda muayyan o’zgarishlarning vujudga kelishiga olib keldi. Zooantropomorf ko’rinishi bilan aralashgan holda odam bilan uning totemi qarindoshliligi orasidagi oilaviy munosabatlar, ya’ni odam vafot etgach, uning o’z totemiga aylanishi yoki aksincha, qayta inson shakliga kelishi haqidagi tasavvurlar paydo bo’ldi. Bularning hammasi o’tgan ota-bobolar ruhlariga sig’inishning kuchayishiga va ilohiy kuchlarga ishonchning oshishiga olib keldi. Ikkinchi tomondan, totemga bo’lgan munosabat o’zgarib, Tabu ya’ni taqiqlash tizimi vujudga keldi. Totemizm urug’chilik jamoasida diniy ko’rinishlarning tarixiy asosi bo’lib qoldi. Totemizm insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida urug’ va qabilalar o’rtasida birlashtiruvchilik, tartibga soluvchilik vazifasini bajardi. Totemizm keyinchalik milliy va jahon dinlariga ham o’z ta’sirini ko’rsatib, hindlarning milliy dini Xinduizmda sigir, ilon, maymun, fil va boshqalar muqaddaslashtirilsa, islom dini tarqalgan Markaziy Osiyo hududida mushuk, musicha, qaldirg’och kabi hayvon va parrandalarga azob bermaslik asrlar davomida an’ana sifatida davom etib kelmoqda. Turkiston xalqlarining qadimdan yil hisoblash taqvimi bo’lib kelgan muchal yil hisobi ham totemistik xususiyatga ega bo’lib, 12 yillik sikldan iborat bo’lgan yil hisobi u yoki bu hayvon nomi atalgan. Muchal yil hisobida mush (sichqon), baqar (sigir) palang (yo’lbars), xargush (quyon) nahang (baliq), mor (ilon), asp (ot) go’spand (qo’y) hamduna (maymun) murg’ (Tovuq) sak (it) xo’k (to’ng’iz, cho’chqa) kabi hayvonlarning nomlari bo’lib, totemistik tasavvurlar ancha kuchli bo’lgan turk hoqonligidan boshlab muchal yil hisoblash taqvimi jahondagi boshqa mamlakatlarga tarqala boshladi.
Turli xil manbalarda dinning mohiyati turlicha izohlansada uning asosida ishonch,e'tiqod ma'nosi yotadi. Din bu ishonmoq tuygʻusidir. Dinlar tarixi ular bilan bogʻliq jarayonlar, dinning inson faoliyati bilan bogʻliq tomonlarini oʻrganuvchi fan "Dinshunoslik fan"i deb ataladi.
Din (arabcha: دين — „eʼtiqod“, „ishonch“, „itoat“) jamoat tomonidan shifrlangan qadimiy yozuvlar, mifologiya va rituallarga qatʼiy amal qilingan holda bajariluvchi harakatlar toʻplamidir[1]; shuningdek, shaxsiy e’tiqod hamda mistik kechinmalardan iborat boʻlishi ham mumkin. „Din“ atamasi ham jamoat eʼtiqodiga oid shaxsiy amaliyotlarni, ham guruh tomonidan bajariluvchi rituallarga qoʻllanadi.
Barcha patriarxal dinlar bir gʻoyani ilgari surishadi: olam va odamlarni ikkiga, biri muqaddas, boshqasi kufr boʻlgan qismlarga boʻlish. Din odatda hech kim tomonidan kuzatilmaydigan va aniqlanmaydigan, gʻayritabiiy, muqaddas, eng yuqori shaxs yoki mavjudotga fokuslangan oʻzak eʼtiqod ustiga qurilgan ijtimoiy tizim, deb ham taʼriflanadi. An’analar, qadriyatlar, institutlar, rituallar va diniy matnlar oʻzak eʼtiqod bilan bogʻliq koʻriladi, va bulardan baʼzilari sekyular falsafa bilan mos tushmasligi mumkin. Dinni shuningdek „turmush tarzi“ ham deyishadi.
Dinlarning kelib chiqishi turli madaniyatlarda turlicha kechgan. Ayrim dinlar ijtimoiy tartibni belgilab kelgan boʻlsa, boshqalari insonning ichki kechinmalari va ruhiyatini tartibga solishni koʻzlaydi.
„Din“ soʻzini baʼzi hollarda „e’tiqod“ maʼnosida ham qoʻllashadi, lekin bu doim oʻrinli emas, zero eʼtiqod shaxsiy ishonchdan iboratdir, aslo ijtimoiy tizim emas.
Din — xudo yoki xudolar, gʻayritabiiy kuchlar mavjudligiga ishonish. Din muayyan taʼlimotlar, his-tuygʻular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon boʻladigan, olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tarzi, uni idrok etishning oʻziga xos usuli. Dinning paydo boʻlishi haqida yagona fikr yoʻq. Islom dini taʼlimotiga koʻra, din — Alloh tomonidan oʻz paygʻambarlari orqali bashariyat olamiga joriy etilajagi zarur boʻlgan ilohiy qonunlardir. Tabiat va insonni yaratgan, ayni vaqtda insonga toʻgʻri, haqiqiy hayot yoʻlini koʻrsatadigan va oʻrgatadigan ilohiy qudratga ishonchni ifoda etadigan taʼlimotdir.
Din dunyo, inson, mavjudotlarning kelib chiqishi, insonning yashashdan maqsadi kabi savollarga oʻzicha javob beradi. Dunyoviy ilm nuqtai nazaridan din kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining maʼlum bosqichida paydo boʻlgan ijtimoiy ong shakllaridan biri. Bu dunyoqarash jamiyatning maʼlum tarixiy davr va sharoitlaridagi talablari, ehtiyojlari asosida shakllanadi. Ulugʻ mutafakkir Abu Nasr Forobiy dinga falsafa b-n bir qatorda haqiqatga yetishishning 2 mustaqil usulidan biri sifatida qaragan. Forobiyning fikricha, falsafadagi masalalar isbotini paygʻambarlar ramzlar shaklida bayon qilganlar. Dinga turlicha yondoshishni Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyomning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida, Ibn Rushdning ikki haqiqat nazariyasida kuzatish mumkin. 18-asr fransuz faylasuflarining dinga boʻlgan oʻziga xos yondashuvlari, 19-asrda mifologik maktab (aka-uka Ya. Grim va V. Grim, M. Myuller), antropologik maktab (L. Feyerbax) va boshqa turli yoʻnalishlar paydo boʻlgan boʻlsa, 20-asrda dinni tadqiq qilish yuzasidan yana boshqacha qarash va nazariyalar (K. Yung , E. Dyurkxeym) vujudga keldi.
Dinning nima ekanligi turlicha izohlansada, umuman ol ganda din — ishonmoqlik tuygʻusidir. Bunday tuygʻusi boʻlmagan xalq yoʻq. Chunki biron-bir xalq dinsiz, eʼtiqodsiz, biron-bir narsaga ishonchsiz yashay olmaydi. Din insoniyatning eng teran, eng goʻzal maʼnaviy-ruhiy ehtiyojlaridan biridir. Insoniyat tarixida din turli shakllarda namoyon boʻlgan. Dinning dastlabki koʻrinishlari fetishizm, totemizm, animizm, sehrgarlik va b.dir. Shuningdek, urugʻqabila dinlari, milliy dinlar (iudaizm, hinduiylik, sintoizm, daosizm, konfutsiychilik), jahon dinlari (buddizm, xristianlik, islom) vujudga kelgan. Din avvaliga koʻpxudolik (poli-teistik), soʻngra yakkaxudolik (monoteistik) koʻrinishida boʻlgan. Har bir din diniy dunyoqarash, diniy marosim, diniy tuygʻu va sigʻinish obʼyektlarini oʻz ichiga oladi. Har qanday jamiyatda din maʼlum ijtimoiy, maʼnaviy va ruhiy vazifalarni bajaradi. Uning ijtimoiy hayotga taʼsiri kuchlidir. Har bir din dindorlarini oʻz taʼlimoti doirasida saklashga harakat qiladi, oʻz qavmlari uchun tasalli beruvchi, ovutuvchilik vazifasini oʻtaydi. Dinlar oʻz marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan qatiy tartibga amal qilgan holda bajarilishini shart qilib qoʻyadi, shuningdek, oʻz qavmlarining birligini, jamiyat va shaxsning oʻzaro aloqada boʻlishini taʼminlashga intiladi

Diniy ong - ijtimoiy ong shakllaridan biri. Din to’g’risida turli xil qarashlar bo’lib, ularning bir-biridan tafovutini anglash muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.Dinning paydo bo’lishi va rivojlanishini o’rganilayotganda unga tarixiylik tamoyili (tamoyil) asosida yondoshish katta ahamiyatga ega. Shu jihatdan qaralganda ayrim belgilari zamonaviy dinlarda ham saqlanib qolgan dinning eng qadimiy shakllari - totemizm, fetishizm, animizm, animatizm, shamanizm, sehrgarlik va magiyalardan iboratdir. Qadimda bu dinlar Markaziy Osiyo mintaqasida ham mavjud bo’lgan. Keyinchalik ular o’rnini buddaviylik, Zardo’shtiylik, shomonlik e’tiqodlari egallagan. Hozirda bu mintaqada nisbatan eng ko’p tarqalgan din islomdir. Markaziy Osiyo jumhuriyatlarida islomning o’ziga xos ko’rinishini tushunish uchun konkret tarixiy sharoitni, xalqning o’tmishi, yashash tarzi, ishlab chiqarish usullari, etnik xususiyatlarni hisobga olish zarur.


Islom va Qur’onning vujudga kelishi tarixi bilan bog’liq bo’lgan muammolaravvalo Sharq islomshunoslari, so’ngra ko’proq Evropa islomshunosligida XIXasrning o’rtalaridan boshlab o’rganila boshlagan. Evropa, Amerika islomshunosligiva qur’onshunosligida olib borilgan tadqiqotlarning ko’pchiligi, konkret dalillarga boyligidan qat’iy nazar, ularning barchasi metodologik jihatdan cheklangan.
Din tarixida dinshunoslar dinning paydo bo’lishini turli izohlab kelganlar. Uningpaydo bo’lish sabablari qadimgi dunyo dinshunoslarini qiziqtirgan, binobarin, unga javob topishga harakat qilishgan. Qadimgi Xitoy, Hindiston va xususan, qadimgi grek faylasuflari borliq to’g’risida fikr yuritganlarida din, uning kelib chiqishi va mohiyatio’g’risida ham ayrim g’oyalarni olg’a surishgan.
Antik dunyo falsafasida bu muammoni hal etishda dinshunoslar ikki guruhgabo’lingan. Agar materialistlar xudoning go’yo mavjudligiga ishonchni tabiiy va erdagi sabablar bilan bog’lab izohlagan bo’lsalar, idealistlar buni ideal (ruhiy) kuchlarning mavjudligidan axtarardilar. O’tmishdagi materialistlar dinni inson ongining mahsuli deb qaraganlar va ularning dunyoqarashlari markazida dinning shakllanishi sabablarini, shart - sharoitlari to’g’risidagi masalalar turadi. Diniy ong, urf-odatlar, diniy dunyoqarash ko’p jihatdan inson his - tuyg’ulari, ehtiroslari, xayollari ta’siri ostida paydo bo’lishi to’g’risidagi tushuncha qadim zamonlardayoq mavjud bo’lgan.
Qadimgi materialist faylasuflar (Demokrit, Lukretsiy Kar va boshqalar) qo’rquv, tahlika hissi dinga ishonish manbai bo’lgan deyishgan. B.Spinoza, L.Feyerbax singari mutafakkirlar ham dinga shunday yondoshish tarafdorlari bo’lishgan. Chunonchi, L.Feyerbax o’zining «Dinning mohiyati to’g’risida lektsiyalar», «xristianlikning mohiyati» degan asarlarida dinning paydo bo’lish sabablarini «Qaramlik hissi va qaramlik anglashilishi»dan qidirish lozimligini, dinni tushuntirib berish uchun «qo’rquv» singari salbiy his-tuyg’ularnigina emas, balki «quvonch», «minnatdorchilik», «muhabbat» va «e’zozlash» singari ijobiy tuyg’ularni ham e’tiborga olish lozimligini ta’kidlagan edi. Bu bilan L.Feyerbax dinning mohiyatini insonning mohiyatidan iborat qilib qo’yadi. Lekin insonning mohiyati ayrim odamga xos bo’lgan mavhum emas, balki
haqiqat holida u hamma ijtimoiy munosabatlarning majmuidir. Uning fikricha, inson mohiyati faqat «urug’» deb juda ko’p alohida odamlarni tabiiy vositalar bilan bir - biriga bog’laydigan ichki, tilsiz umumiylik deb tushunilishi mumkin. Shu sabali Feyerbax «diniy hissiyotning» o’zi ijtimoiy mahsul ekanligini va o’zi tahlil qilayotgan mavhum alohida odam haqiqatda muayyan ijtimoiy shaklga mansubligini payqamasligi ta’kidlangan.
Klassik falsafa asarlarida dinning paydo bo’lishi va uni o’rganishning ilmiydunyoqarashga tayangan metodologik qoidalari bayon etib berilgan.Din turlari maktablar va yo’nalishlarga mansub bo’lgan xorijiy dinshunoslar va faylasuflarning diqqat- e’tiborida bo’lgan va shunday bo’lib qolmoqda. Masalan,daniyalik faylasuf va ruhshunos Jeyms bunday deb yozgan edi: «Dinning tajriba mohiyatan diniy hissiyot bo’lib, u barcha va hamma diniy nuqtai nazarlarining muhim xususiyatlarini tashkil etadi. Barcha tasavvurlar unga nisbatan bo’ysunuvchi va shartlidir». Jeyms «hissiyotni dinning eng chuqur manbai deb noto’g’ri hisoblagan, falsafiy va xudojuylik kayfiyati esa asl nusxaning boshqa tilga tarjimasi sifatida ikkilamchi ustukurmadan boshqa narsa emas» deb ta’kidlagan edi. Bu fikrga aslo qo’shilib bo’lmaydi. Dunyoviy dinshunoslik ta’limotining asoschilari ham diniy ongda hissiyot, e’tiqod va tasavvurlarning muhim o’rin egallashini yaxshi anglaganlar va uni talqin etishning ilmiy tamoyillarini belgilab berganlar. G. Plexanov diniy hissig’tni dinning zarur jihatlari deb hisoblagan edi. Uning fikricha, hayotda yaxshilik bilan yomonlik deb ataladigan «mangu muammolar» mavjud ekan, odamlar axloqiy kamolotga intilib, ana shu ikki tushuncha orasida gangib qoladilar; bunday fursatda dinning mohiyati o’zining yuksak axloqiy ideallarini namoyon etadi. Biroq, bu o’rinda ham qo’rquv bilan ta’qib etib turgan axloqiylik tushunchasi oxiratdagi hayot tushunchasi bilan qorishib ketardi. Dinda ijtimoiy, tarixiy, gnoseologik va psixologik ildizlar mavjuddir. Bular orasida psixologik ildizlarni alohida ajratib ko’rsatish o’rinlidir. Ularga gnoseologik nuqtai nazardan va eng avvalo ijtimoiy ildizlar mavqeidan qarashimiz zarur. Asrimizning 50-60 yillaridagi tadqiqotlar esa, bu sohadagi ta’limotni yanada rivojlantirib, dinning maxsus psixologik ildizlari ham borligini isbotladi. Dunyoviy dinshunoslik dinning tasalli berish funktsiyasiga nisbatan salbiy munosabatini ham shu ma’noda tushunish lozim. Kimki qulni quldorlikka qarshi qo’zg’atish o’rniga unga tasalli bersa, quldorlarga yordam bergan bo’ladi; tasalli berishning asl mohiyati va ahamiyati to’g’risida gapirar ekanmiz, cherkov tasallisi ijtimoiy vazifasini sinfiy kurash nuqtai nazaridan tahlil etish kerak. Bunda tasalli berish inqilobiy harakatni rivojlantirishga to’sqinlik qiladigan ijtimoiy - psixologik omil sifatida qarab chiqilishi kerak. Bularning hammasidan mashhur dinshunoslar tasalli berishga, boshiga falokat, musibat, baxtsizlik tushgan, alam - sitamga duchor bo’lgan kishilar taqdiriga insonlarcha hamdardlikka salbiy munosabatda bo’lganlar, degan ma’no kelib chiqmaydi. Ularga inson sifatida axloqning ana shu
umumbashariy qoidasi aslo begona emas, degan xulosa kelib chiqadi. Muammolardan yana biri shundan iboratki, diniy his - tuyg’u tug’ma degan muammo ilmiy munozara bahslarining mavzui bo’lib qoldi. Bunda diniy dunyoqarash mavqeida turadigan kishilar faqatgina diniy his - tuyg’u abadiydir degan g’oyani o’rinsiz himoya qiladilar.

Download 26.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling