Dinning inson hayotidagi o’rni va dunyo dinlari samatov Xurshid O’lmasjonovich
Download 265.82 Kb. Pdf ko'rish
|
dinshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jurayev Husan Mamasharip o’g’li
- Adabiyotlar tahlili va natija
DINNING INSON HAYOTIDAGI O’RNI VA DUNYO DINLARI Samatov Xurshid O’lmasjonovich TATU Samarqand filiali dotsenti,falsafa fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD). Jurayev Husan Mamasharip o’g’li Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali “Kompyuter injinering “ yo’nalishi KI 22-01 –guruh talabasi. Muttaharov Azam Hayot o’g’li Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali “Kompyuter injinering “ yo’nalishi KI 22-01 –guruh talabasi Annotatsiya:Maqolada dinning yuzaga kelish tarixi, jamiyat taraqqiyotidagi o’rni va xalqlarni birlashtiruvchi vosita sifatidagi ahamiyati haqida ma’lumotlar keltirilgan. Din –inson hayotining ajralmas bo’lagi va insonlar hayotini tartibga soluvchi hodisadir. Shuningdek, dunyo dinlari sifatida o’z o’rniga ega dinlar: islom dini, xristian dini, budda dini jahon xalqlarining hayotidagi o’rni ham beqiyosdir. Kalit so’zlari: Din, diniy bag’rikenglik, animizm, totemizm, fetishizm, islom dini, xristian dini, budda dini, diplomatik aloqalar. Kirish Din- hayotning axloqiy-ma’naviy, madaniy-ma’rifiy, tarixiy-iqtisodiy jihatlarini, odamlarning munosabatlarini tartibga solib turadi.Dunyoda hech bir xalq dinsiz, e’tiqodsiz va biror bir narsaga ishonchsiz yashay olmaydi. Din xalqlarning, insonlarning yashashdan maqsad va mazmunini anglatuvchi vositadir. Shuningdek shaxs tarbiyasida ham milliy va diniy qadriyatlarning o’rni beqiyosdir.Qolaversa din davlatlar orasida diplomatik aloqa yo’li hamdir. Adabiyotlar tahlili va natija Din insoniyat taraqqiyotiga qadimdan ta’sir o’tkazib kelmoqda va ko’p qirrali va teran hodisa sanaladi. Xalqlarning ma’naviy yuksalishida ham dinlarning o’rni beqiyosdir. Chunki insonlarning ma’naviy yuksalishida jahon, milliy va ibtidoiy dinlardagi insonparvarlik g’oyalari, diniy-axloqiy tamoyillari muhim ahamiyatga ega. 1 Diniy bag’rikenglik-tinchlik va barqarorlik garovi hisoblanadi. Bu turli madaniyatga mansub aholi vakillari o’zaro ahil va inoq yashab kelayotgan bizning vatanimiz O’zbekistonda hukm surmoqda. Biz buni har jabhada ko’rishimiz mumkin. Har bir xalqning dinlarga bo’lgan hurmati ularning hamjihatlikda yashashini mustahkamlamoqda. Diniy dunyoqarash dastlabki dinlarning vujudga kelishiga turtki bo’lgan. dunyoqarashning tarixiy turlaridan biri bo’lib, uning asosiy belgisi ilohiy, g’ayritabiiy kuchlarga ishonish va ularga sig’inish, butun olam, barcha mavjudot, insoniyat dunyosini xudo yaratganini va boshqarishini e’tirof etish, xudoga, ruhlarga e’tiqoddan iboratdir. Diniy dunyoqarash quldorlik tuzumidan boshlab rivojlantirib borilgan. Dastlabki dinlar ijtidoiy jamiyat davrida yuzaga kelgan va turli tip, shakllarda rivojlangan, turli hodisalar negizida g‘ayritabiiy kuchlar yashiringan deb o‘ylashlari natijasida yuzaga kelgan. Chunki bu davrda inson tabiatni, atrofdagi olamni anglashga urungan. Totemizm- insonlarni o’simliklarga va yovvoyi hayvonlarga qarindoshligi borligi haqidagi qarashlardan biridir. Bu ham turli urug’larda turlicha rivojlanib borgan. Animizm-odamni o‘rab turgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga bo’lgan e’tiqod sanaladi va insonlarning o’sha davrdagi hayotida tashqi dunyo bilan aloqasida katta ahamiyat kasb etgan. Fetishizm-Qadimgi odamlar u yoki bu buyumlar omad keltirishiga yoxud balo- qazolarni bartaraf etishiga bo’lgan e’tiqoddir. Bu qarashlarni qisman hozirgi hayotda ham uchratamiz. Bulardan tashqari avlodlar ruhiga sig’inish, jodu va duoxonlik ham o’sha davrga xos holat sanalgan. Davrlarning rivojlanishi, inson ongining takomillashib borishi, aholining hayoti yaxshilanishi, davlatlar o’rtasidagi o’zaro munosabbatlar natijasida dunyoda 3 yirik din yuzaga keladi va hozirga qadar insoniyat taraqqiyotida ularni birlashtiruvchi omil bo’lib kelmoqda. Islom dini- VII- asrda Arabiston yarimorolida paydo bo’lgan jahon dinlaridan biri. Islom dinida xalqning majburiyatlari va ular oldida turgan bir qator tarixiy vazifalar keltirib o’tilgan. Islom dini tartib-qoidlari muqaddas kitob “Qur’oni Karimda” yozib qoldirilgan. Islom dini qabilaviy xudolar va ma’budalarga sig’inish davrida yuzaga kelgan. Ammo bu dinda yakka xudo Allohgagina iymon keltirish aytib o’tilgan. Islom dinining yuzaga kelishidagi mashaqqatlar uning dunyo bo’ylab tarqalishida ham yuz berdi, hamda arablar bu ishning uddasidan chiqaoldilar. Hozirda manbalarga ko’ra 1,8 milliarddan ortiq kishi Islom diniga e’tiqod qiladi va dunyoning 125 mamlakatiga tarqalgan. Buddizm dini- qadimgi jahon dinlaridan biridir. Miloddan avvvalgi VI-V- asrlarda Hindistonda paydo bo’lgan. Diniy e’tiqodlar bilan boy bo’lgan san’at shakllari rivojlanishi buddizmning paydo bo’lishi uchun sharoit yaratgan. Buddizm dinida o’simliklarga, hayvonlarga va atrofdagi jamiiyki jonzodlarga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish belgilab berilgan. Budda dini dunyoda aholi soni bo’yicha birinchi o’rinda turuvchi davlati Hindistonning davlat dinidir. Budda dini orqali unga e’tiqod qiluvchi xalqlarning san’atini, yashash tarzini ko’rishimiz mumkin. Xristian dini- Milodning I-asrida Rim imperiyasining sharqiy qismida yashovchi yahudiylar o’rtasida paydo bo’lgan. Jahonda 2,5 milliard kishi e’tiqod qiladi. Xristian dini shaxs manfaatidan ko’ra umumiy manfaatlarni afzalroq ko’rishni talab etishi, tenglik g’oyalari tufayli aholining turli qatlamlari orasida keng tarqalgan. Tarixda Xristian dinining paydo bo’lishi antik davr sivilizatsiyasining inqirozini boshlab bergan. Xristian dinining provaslavlik, protestantlik, katolik oqimlari mavjud va dunyoning turli burchaklariga tarqalgan. Diplomatik aloqalarning natijasida “diniy bag’rikenglik” g’oyasining ilgari surilishi bir davlatda boshqa din vakillarining tich-totuv, erkin va an’analariga sodiq tarzda yashashiga imkon yaratmoqda. O’zbekiston Respublikasining 37 mln bo’lgan aholisi 130 dan ortiq millat va 16 ta diniy konfessiyaga mansubdir. Virtual olamdagi yod g’oyalardan saqlanish uchun davlatlar o’rtasida qilinayotgan o’zaro hamkorliklarning barchasi davlatlar aholisining xavfsizligi uchundir. Xulosa Xulosa qilib aytganda dunyoqarash sifatida yuzaga kelgan din jahon dinlari tarzida shakllangunga qadar bir necha asr va bir necha davrlarni boshdan kechirgan. Shuningdek xalqlar o’rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi, yirik imperiyalarning paydo bo’lishi dinlarning davlat va elat doirasidan chiqib jahon dinlari sifatida vujudga kelishiga sabab bo’lgan. Chunki din qadimdan inson va jamiyat hayotining ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-axloqiy asosidir. Dinning va Diniy ongning asosida azaldan “yaxshilik va yomonlik”, “ezgulik va yovuzlik” kabi axloqiy tartiblar mavjud bo’lgan. Hozirgi kunda jahon miqyosida din ijtimoiy hayotning muhim omiliga aylangan. Dinga yondashishning falsafiy va ilmiy yo’nalishlari atrofdagi voqealarga tanqidiy yondashishni ifoda etmoqda.Jamiyatning hayotida muhum hisoblangan din uning ijtimoiy hayotiga ham ta’sit o’kazib tartibga solib kelmoqda. ADABIYOTLAR: 1. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – T., O’zbekiston, 2016. 2. G.T.Tulemetova,N.X.Oblomurodov,O’.M.Hasanboyev.Dinshunoslik(dar slik)- T.,Iqtisod-Moliya,2019 3. A.Abdusamedov, B.Jalilov, A.Tashanov. Dinlar falsafasi(o’quv qo’llanma)- T.,Innovatsiya-Ziyo,2020 4. A.V.Narbekov. Dinshunoslik asoslari(o’quv qo’llanma)-T.,2007 5. Q.O.Mahkamov.Dinshunoslik-Namangan.2020 6. Internet materiallari, veb-saytlar, onlayn kutubxonalar Download 265.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling