Dinning inson hayotidagi o’rni va dunyo dinlari samatov Xurshid O’lmasjonovich


Download 265.82 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.09.2023
Hajmi265.82 Kb.
#1686337
Bog'liq
dinshunoslik



DINNING INSON HAYOTIDAGI O’RNI VA DUNYO DINLARI 
 
Samatov Xurshid O’lmasjonovich 
TATU Samarqand filiali dotsenti,falsafa fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD). 
Jurayev Husan Mamasharip o’g’li 
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali “Kompyuter injinering 
“ yo’nalishi KI 22-01 –guruh talabasi. 
Muttaharov Azam Hayot o’g’li 
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali “Kompyuter injinering 
“ yo’nalishi KI 22-01 –guruh talabasi 
Annotatsiya:Maqolada dinning yuzaga kelish tarixi, jamiyat taraqqiyotidagi 
o’rni va xalqlarni birlashtiruvchi vosita sifatidagi ahamiyati haqida ma’lumotlar 
keltirilgan. Din –inson hayotining ajralmas bo’lagi va insonlar hayotini tartibga 
soluvchi hodisadir. Shuningdek, dunyo dinlari sifatida o’z o’rniga ega dinlar: islom 
dini, xristian dini, budda dini jahon xalqlarining hayotidagi o’rni ham beqiyosdir. 
Kalit so’zlari: Din, diniy bag’rikenglik, animizm, totemizm, fetishizm, islom 
dini, xristian dini, budda dini, diplomatik aloqalar. 
Kirish 
Din- 
hayotning 
axloqiy-ma’naviy, 
madaniy-ma’rifiy, tarixiy-iqtisodiy 
jihatlarini, odamlarning munosabatlarini tartibga solib turadi.Dunyoda hech bir xalq 
dinsiz, e’tiqodsiz va biror bir narsaga ishonchsiz yashay olmaydi. Din xalqlarning, 
insonlarning yashashdan maqsad va mazmunini anglatuvchi vositadir. Shuningdek 
shaxs tarbiyasida ham milliy va diniy qadriyatlarning o’rni beqiyosdir.Qolaversa din 
davlatlar orasida diplomatik aloqa yo’li hamdir. 
Adabiyotlar tahlili va natija 
Din insoniyat taraqqiyotiga qadimdan ta’sir o’tkazib kelmoqda va ko’p qirrali 
va teran hodisa sanaladi. Xalqlarning ma’naviy yuksalishida ham dinlarning o’rni 
beqiyosdir. Chunki insonlarning ma’naviy yuksalishida jahon, milliy va ibtidoiy 
dinlardagi insonparvarlik g’oyalari, diniy-axloqiy tamoyillari muhim ahamiyatga 
ega.
1
Diniy bag’rikenglik-tinchlik va barqarorlik garovi hisoblanadi. Bu turli 
madaniyatga mansub aholi vakillari o’zaro ahil va inoq yashab kelayotgan bizning 
vatanimiz O’zbekistonda hukm surmoqda. Biz buni har jabhada ko’rishimiz mumkin. 
Har bir xalqning dinlarga bo’lgan hurmati ularning hamjihatlikda yashashini 
mustahkamlamoqda. Diniy dunyoqarash dastlabki dinlarning vujudga kelishiga turtki 
bo’lgan. dunyoqarashning tarixiy turlaridan biri bo’lib, uning asosiy belgisi ilohiy, 
g’ayritabiiy kuchlarga ishonish va ularga sig’inish, butun olam, barcha mavjudot, 
insoniyat dunyosini xudo yaratganini va boshqarishini e’tirof etish, xudoga, ruhlarga 
e’tiqoddan iboratdir. Diniy dunyoqarash quldorlik tuzumidan boshlab rivojlantirib 


borilgan. Dastlabki dinlar ijtidoiy jamiyat davrida yuzaga kelgan va turli tip, 
shakllarda rivojlangan, turli hodisalar negizida g‘ayritabiiy
kuchlar yashiringan deb 
o‘ylashlari natijasida yuzaga kelgan. Chunki bu davrda inson tabiatni, atrofdagi 
olamni anglashga urungan. 
Totemizm- insonlarni o’simliklarga va yovvoyi hayvonlarga qarindoshligi 
borligi haqidagi qarashlardan biridir. Bu ham turli urug’larda turlicha rivojlanib 
borgan.
Animizm-odamni o‘rab turgan muhitda jonlar va
ruhlarning mavjudligiga 
bo’lgan e’tiqod sanaladi va insonlarning o’sha davrdagi hayotida tashqi dunyo bilan 
aloqasida katta ahamiyat kasb etgan. 
Fetishizm-Qadimgi odamlar u yoki bu buyumlar omad
keltirishiga yoxud balo-
qazolarni bartaraf etishiga bo’lgan e’tiqoddir. Bu qarashlarni qisman hozirgi hayotda 
ham uchratamiz. 
Bulardan tashqari avlodlar ruhiga sig’inish, jodu va duoxonlik ham o’sha 
davrga xos holat sanalgan. Davrlarning rivojlanishi, inson ongining takomillashib 
borishi, aholining hayoti yaxshilanishi, davlatlar o’rtasidagi o’zaro munosabbatlar 
natijasida dunyoda 3 yirik din yuzaga keladi va hozirga qadar insoniyat taraqqiyotida 
ularni birlashtiruvchi omil bo’lib kelmoqda. 
Islom dini- VII- asrda Arabiston yarimorolida paydo bo’lgan jahon dinlaridan 
biri. Islom dinida xalqning majburiyatlari va ular oldida turgan bir qator tarixiy 
vazifalar keltirib o’tilgan. Islom dini tartib-qoidlari muqaddas kitob “Qur’oni 
Karimda” yozib qoldirilgan. Islom dini qabilaviy xudolar va ma’budalarga sig’inish 
davrida yuzaga kelgan. Ammo bu dinda yakka xudo Allohgagina iymon keltirish 
aytib o’tilgan. Islom dinining yuzaga kelishidagi mashaqqatlar uning dunyo bo’ylab 
tarqalishida ham yuz berdi, hamda arablar bu ishning uddasidan chiqaoldilar. Hozirda 
manbalarga ko’ra 1,8 milliarddan ortiq kishi Islom diniga e’tiqod qiladi va dunyoning 
125 mamlakatiga tarqalgan. 
Buddizm dini- qadimgi jahon dinlaridan biridir. Miloddan avvvalgi VI-V-
asrlarda Hindistonda paydo bo’lgan. Diniy e’tiqodlar bilan boy bo’lgan san’at 
shakllari rivojlanishi buddizmning paydo bo’lishi uchun sharoit yaratgan. Buddizm 
dinida o’simliklarga, hayvonlarga va atrofdagi jamiiyki jonzodlarga ehtiyotkorona 
munosabatda bo’lish belgilab berilgan. Budda dini dunyoda aholi soni bo’yicha 
birinchi o’rinda turuvchi davlati Hindistonning davlat dinidir. Budda dini orqali unga 
e’tiqod qiluvchi xalqlarning san’atini, yashash tarzini ko’rishimiz mumkin. 
Xristian dini- Milodning I-asrida Rim imperiyasining sharqiy qismida 
yashovchi yahudiylar o’rtasida paydo bo’lgan. Jahonda 2,5 milliard kishi e’tiqod 
qiladi. Xristian dini shaxs manfaatidan ko’ra umumiy manfaatlarni afzalroq ko’rishni 
talab etishi, tenglik g’oyalari tufayli aholining turli qatlamlari orasida keng tarqalgan. 
Tarixda Xristian dinining paydo bo’lishi antik davr sivilizatsiyasining inqirozini 
boshlab bergan. Xristian dinining provaslavlik, protestantlik, katolik oqimlari mavjud 
va dunyoning turli burchaklariga tarqalgan. 


Diplomatik aloqalarning natijasida “diniy bag’rikenglik” g’oyasining ilgari 
surilishi bir davlatda boshqa din vakillarining tich-totuv, erkin va an’analariga sodiq 
tarzda yashashiga imkon yaratmoqda. O’zbekiston Respublikasining 37 mln bo’lgan 
aholisi 130 dan ortiq millat va 16 ta diniy konfessiyaga mansubdir. Virtual olamdagi 
yod g’oyalardan saqlanish uchun davlatlar o’rtasida qilinayotgan o’zaro 
hamkorliklarning barchasi davlatlar aholisining xavfsizligi uchundir. 
Xulosa 
Xulosa qilib aytganda dunyoqarash sifatida yuzaga kelgan din jahon dinlari 
tarzida shakllangunga qadar bir necha asr va bir necha davrlarni boshdan kechirgan. 
Shuningdek xalqlar o’rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi, 
yirik imperiyalarning paydo bo’lishi dinlarning davlat va elat doirasidan chiqib jahon 
dinlari sifatida vujudga kelishiga sabab bo’lgan. Chunki din qadimdan inson va 
jamiyat hayotining ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-axloqiy asosidir. Dinning va Diniy 
ongning asosida azaldan “yaxshilik va yomonlik”, “ezgulik va yovuzlik” kabi axloqiy 
tartiblar mavjud bo’lgan. Hozirgi kunda jahon miqyosida din ijtimoiy hayotning 
muhim omiliga aylangan. Dinga yondashishning falsafiy va ilmiy yo’nalishlari 
atrofdagi voqealarga tanqidiy yondashishni ifoda etmoqda.Jamiyatning hayotida 
muhum hisoblangan din uning ijtimoiy hayotiga ham ta’sit o’kazib tartibga solib 
kelmoqda. 
 
ADABIYOTLAR: 
1. 
Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini 
birgalikda barpo etamiz. – T., O’zbekiston, 2016. 
2. 
G.T.Tulemetova,N.X.Oblomurodov,O’.M.Hasanboyev.Dinshunoslik(dar
slik)- T.,Iqtisod-Moliya,2019 
3. 
A.Abdusamedov, 
B.Jalilov, A.Tashanov. Dinlar falsafasi(o’quv 
qo’llanma)- T.,Innovatsiya-Ziyo,2020 
4. 
A.V.Narbekov. Dinshunoslik asoslari(o’quv qo’llanma)-T.,2007 
5. 
Q.O.Mahkamov.Dinshunoslik-Namangan.2020 
6. 
Internet materiallari, veb-saytlar, onlayn kutubxonalar 

Download 265.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling