Dinshunoslik faniga kirish


million talaba tahsil oladi. Ularning ko‘plari 20 yildan so‘ng yirik mansablarni egallashadi


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/31
Sana16.06.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1507322
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
DINSHUNOSLIK

million talaba tahsil oladi. Ularning ko‘plari 20 yildan so‘ng yirik mansablarni egallashadi».
• Ushbu fikrlar missionerlarning jamiyatning ertangi kunini belgilab beradigan avlod ongini egallash, nazorat 
qilishni ko‘zlab ish yuritayotganini anglash imkoniyatini beradi.
BOLALAR ORASIDA MISSIONERLIKNI AMALGA OSHIRISHDA E'TIBOR BERILADIGAN JIHATLAR 
• Bolalar uchun yozgi oromgohlar tashkil etish
• Yozgi ta'til davrida bolalarni dam olish joylariga qisqa muddatga olib chiqish
• Cherkov hududida bir necha smenali, kamida 2 mahal ovqat beriladigan kunduzgi dam olish lagerlari tashkil etish
• Cherkovga ibodatga keladiganlar orqali muhtoj oilalar bolalariga lagerlarga bepul yo‘llanma berish
• Muayyan tayyorgarlikdan o‘tgan bolalarni masihiylikka da'vat qiluvchi turli adabiyotlarni tarqatishda faol 
foydalanish 
• Cherkovlarda bolalar uchun mo‘ljallangan «yakshanba» maktablari tashkil etish -27- 


• Muhtoj oilalar farzandlariga “xayriya” yordami ko‘rsatish, turli tansiq shirinliklarni o‘z ichiga olgan oziq-ovqat 
paketlari va o‘yinchoqlar tarqatish
• 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida bolalar uchun istirohat bog‘larida maxsus dam olish dasturlarini 
tashkil etish
• Bolalar uchun qadimiy joylarga ekskursiyalar tashkil etish 
TIBBIY SOHADAGI MISSIONERLIKNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 
• Ibodatga keluvchilarning axborotlariga tayangan holda konkret-adresli yondashuv asosida kasallarning holidan 
xabar olish, ularga dori-darmonlarni xarid qilishda ko‘maklashish 
• Narkomanlarni davolash bilan shug‘ullanish 
• Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan qulog‘i past eshitadigan fuqarolarga quloq uchun mo‘ljallangan 
apparatlar va o‘zi yurolmaydigan nogironlar uchun aravachalar xarid qilish 
Shifoxonalarga homiylik qilish, ularga choyshablar, yostiq jildlari, tibbiy xodimlar kiyimlari kabi zarur narsalarni 
yetkazib berish 
• Sobiq mahbuslarning “mehnat tarbiyasi“ hamda “Xushxabar”ni anglatish yo‘li bilan ularni “sog‘lom turmush 
tarziga qaytarish” 
• Igloterapiya va massaj yo‘li bilan bemorlarni davolash
TIBBIYOT SOHADAGI MISSIONERLIKNING AFZALLIKLARI 
• prozelit vrach bemor bilan bevosita, aksariyat hollarda begonalarning ishtirokisiz muloqot qila oladi
• bunday shakldagi missionerlik tashqi kuzatuv va nazoratdan xoli bo‘ladi
• noqonuniy faoliyatning fosh bo‘lish ehtimoli keskin darajada pasayadi 
• Bunda bemor odamning tashqi ta'sirga moyilligi, shirin va yupatuvchi so‘zga, oddiy insoniy qo‘llab-quvvatlashga 
tashnaligi qo‘l keladi
• ko‘pgina hollarda vrachning muntazam nazorati ostida davolanishga ehtiyojning mavjud bo‘lishi “o‘lja” - bemorni 
muayyan vaqt davomida psixologik ta'sir doirasida ushlab turish imkonini beradi
• bemorni davolashning muvaffaqqiyatli kechishi missionerlik targ‘ibotining samaradorligini oshirishga xizmat 
qiladi
• missionerlik targ‘ibotini bosqichma-bosqich amalga oshirish imkoniyati mavjud bo‘ladi
XAYRIYA YORDAMLARI KO‘RSATISHNING MISSIONERLIKDAGI O‘RNI 
• Xayriya yordamlari ko‘rsatish orqali missionerlik ob'ektlarining tanlanishi
• Ko‘zi ojizlar jamiyatlari
Mehribonlik uylari
• Yordamga muhtoj oilalar
Qariyalar uylari 
XAYRIYA YORDAMLARI KO‘RSATISH SHAKLLARI 
• oziq-ovqat paketlari tarqatish -28- 


• muhtoj bemorlarga dori-darmonni xarid qilishda ko‘maklashish 
• muhtoj keksalarni ovqatlantirish 
• yangi yoki cherkov a'zolari foydalangan kiyim-kechaklarni muhtojlarga tarqatish
• Haftaning muayyan,aksariyat hollarda payshanba va yakshanba kunlari hayriya tushliklari tashkil etish 
UYMA-UY YURIB «XUSHXABAR» YETKAZISH USULINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 
• Bu usul missionerlarga odamlar bilan kunning dolzarb muammolari haqida suhbatlashish, ularning dardlariga 
qiziqish bildirish va ushbu muammolardan chiqish yo‘llarini ko‘rsatib berishni taklif qilib, o‘z tashkilotlariga jalb 
qilishga asoslanadi. 
• Bu missionerlikni amalga oshirishda eng yaxshi samara beradigan va katta mablag‘ talab qilmaydigan usullardan 
biri hisoblanadi 
TA'LIM-TARBIYA SOHASIDAGI MISSIONERLIKDAN KO‘ZLANGAN MAQSADLAR 
• maktabga yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish uchun ta'mirlash materiallari olib beriladi 
• ibodatga qatnaydiganlarning bevosita ta'mir ishlarida qatnashishi ta'minlanadi 
• ibodatga keluvchilarning axborotlariga tayanib, konkret-adresli yondashuv asosida yangi o‘quv yili arafasida 
muhtoj oilalarning 1-sinfga boradigan bolalariga daftar, qalam va boshqa kanselyariya mollari olib beriladi 
• “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilariga bolalar kiyimlari va o‘yinchoqlar sovg‘a qilinadi 
• til va kompyuter o‘rgatish markazlari, hatto maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar uchun shu yo‘nalishdagi 
ixtisoslashgan bog‘chalar ochish orqali ham yoshlar orasida tegishli targ‘ibot tashkil etiladi
YODINGIZDA TUTING! 
• Missionerlar hech qachon, hech kimga beg‘araz yordam ko‘rsatmaganlar va ko‘rsatmaydilar! 
• Buzg‘unchi da'vatlarga aldanib qolmang! 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling