“dinshunoslik” fanini o’qitishning dolzarb muammolari


Download 29.93 Kb.
bet1/2
Sana25.03.2023
Hajmi29.93 Kb.
#1294357
  1   2
Bog'liq
“DINSHUNOSLIK” FANINI O’QITISHNING DOLZARB MUAMMOLARI





“DINSHUNOSLIK” FANINI O’QITISHNING DOLZARB MUAMMOLARI




ANNOTATSIYA


Maqolada Oliy ta‟lim muassasalarida “Dinshunoslik” fanini alohida fan sifatida texnik oliygohlarda o„qitish zarurligi to„g„risida ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Dinshunoslik din hodisasining nafaqat huquqiy balki axloqiy-ma‟naviy, madaniy-ma‟rifiy, tarixiy-iktisodiy jihatlarini, diniy akidalarning mohiyatini, diniy mazhab va oqimlar, ularning asosiy da‟vatlari, xususan, mafkuraviy da‟volarini ham o„rganadi. Shu ma‟noda dinshunoslik keng kamrovli xususiyatga ega bo„lib, dinning mavjud barcha jihatlarini umumlashgan holda tahlil qilish, uning ijtimoiy mavqeini aniqlash va yoshlarga tushuntirish eng dolzarb muammolardan biridir.
Kalit so„zlar: dinshunoslik, fan, axloqiy-ma‟nviy, madaniy-ma‟rifiy, tarixiy- iqtisodiy, diniy aqidaparastlik, mafkura, diniy qarashlar.


ABSTRACT


The article analyzes the scientific justification for the need to teach religion studies as a separate subject in technical universities. Religious studies studies not only legal, but also moral and spiritual, cultural, educational, historical and economic aspects of the phenomenon of religion, the essence of religious beliefs, religious sects and movements, their main, in particular ideological claims. In this sense, religion studies have a wide range of characteristics, and one of the most pressing issues is the generalization of the analysis of all aspects of religion, the definition of its social status and the clarification of its youth.
Keywords: religion studies, science, ethics, culture, education, history and economics, religious fanaticism, ideology, religious beliefs.

Dinshunoslik gumanitar fanlar qatoridagi insoniyatning madaniy, ma‟rifiy, fikriy tarixini o„z Ichiga olgan ilmlar qatoriga kiradi. O„zbekiston Respublikasi ta‟lim tizimining umumiy o„rta ta‟lim bosqichida o„qitiladigan «Dinshunoslik» fanlari doirasida dinlar tarixi, ta‟limoti, manbalari kabi dinshunoslikning boshlang„ich asoslari o„qitiladi. Shu sababli ham oliy ta‟lim tizimining bakalavr



tendensiyalari, bugungi kundagi holati hamda din niqobidagi turli buzg„unchi g’oyalarning kelib chiqish sabablari, oldini olish yo„llari haqidagi ma‟lumotlar taqdim etilishi maqsadga muvofiq. Lekin bugungi kunda “Dinshunoslik” fani “Falsafa”ning bir qismi sifatida bor-yo„g„i 10 soat dars o„tiladi. Mamlakatning har bir fuqarosi diniy odob-axloq, shariat qoidalari, missionerlik, mutaassiblik tushunchalari bilan yaqindan tanish bo„lishi lozim.
Mamlakatimizdagi ko„pkonfessiyalilik sharoitida turli millat, elat va din vakillari orasidagi totuvlikni ta‟minlash, jahonda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash ishiga munosib hissa qo„shish har bir fuqaroning, ayniqsa, oliy ma‟lumotli ziyolining muqaddas burchidir. Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan ta‟kidlanganidek, «Jamiyatimizda diniy konfessiyalar o„rtasida hamjihatlik va fuqarolar totuvligini mustahkamlashni biz bundan buyon ham eng dolzarb va ezgu vazifamiz deb bilamiz» [1].
Dunyo miqyosida millatlararo va konfessiyalararo hamkorlik, hamjihatlikni mustahkamlash ko„p jihatdan jamiyat hayotiga bag„rikenglik tamoyillarining samarali joriy etilishiga bog„liq. Jahondagi murakkab va ziddiyatli kechayotgan jarayonlar turli din vakillari o„rtasida o„zaro hurmat, hamkorlik va hamjihatlik ruhidagi aloqalarni mustahkamlash tarixiy zaruriyat ekanini ko„rsatmoqda. Shuning uchun ham mamlakatimizda qabul qilingan «2022–2026 yillarga mo„ljallangan Yangi O„zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi»ning beshinchi “Ma‟naviy taraqqiyotni ta‟minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish” yo„nalishining 71-maqsadida belgilanganidek, mamlakatimizda asosiy vazifalardan biri sifatida ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot Strategiyasi sari” g„oyasini keng targ„ib etish orqali jamiyatda sog„lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish, “Yangi O„zbekiston – ma‟rifatli jamiyat” konsepsiyasini amalga oshirish, aholi o„rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo„yicha huquqiy-ma‟rifiy tadbirlarni xalqimizning boy tarixi, ilmiy-madaniy merosi, milliy-diniy qadriyatlarni o„rgatish bilan uyg„un holda tashkil qilish masalalari belgilangan [2].
Respublikamiz Prezidenti tomonidan 2017 yil 19 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida bag„rikenglik va o„zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta‟minlash, e‟tiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yo„l qo„ymaslikka ko„maklashishga qaratilgan «Ma‟rifat va diniy bag„rikenglik» deb nomlangan maxsus rezolyusiyasini qabul qilish taklifi ilgari surilishi [3] ham turli konfessiyalar o„rtasidagi

hamjihatlikka davlatimizda xalqaro ahamiyatga ega masala sifatida qaralayotganining yorqin ifodasidir.


Xavfsizlik, diniy bag„rikenglik va millatlararo totuvlikni ta‟minlash hamda chuqur o„ylangan, o„zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo„nalishlar Xavfsizlik, diniy bag„rikenglik va millatlararo totuvlikni ta‟minlash sohasidagi ustuvor yo„nalishlardir: O„zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish; axborot xavfsizligini ta‟minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o„z vaqtida va mutanosib ravishda qarshi harakatlarni tashkil etish; fuqarolik, millatlar va konfessiyalararo tinchlik va totuvlikni mustahkamlashdan iboratdir [4].
O„zbekistonda davlat va din masalalarini bilish jamiyatimizning har bir ilg„or fuqarosining burchidir. Davlat va din o„zaro munosabatlarini tartibga solish bo„yicha respublikamizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ishlar hatto butun jahon miqyosida ham e‟tiborga loyiq. Oliy ta‟limning bakalavr bosqichi talabalari dinning mohiyati, uning falsafiy talqinlari, unga berilgan turli ta‟riflar haqida atroflicha ma‟lumotga ega bo„lishlari lozim.
Respublikamizda dinshunoslik sohasini rivojlantirish, milliy va diniy qadriyatlarni e‟zozlash, dinning ma‟naviy-ma‟rifiy jihatlarini xalqimizga keng yoritib berishga qaratilayotgan e‟tiborni quyidagilarda ham yaqqol ko„rishi mumkin: O„zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoev tashabbuslari bilan Toshkent islom universitetida ISESCO tashkilotining maxsus kafedrasi ochilishi; Samarqandda – Imom Buxoriy ilmiy markazida hadisshunoslik, Imom Moturidiy markazi qoshida kalom ilmi, Farg„onada – Marg„inoniy ilmiy markazida islom huquqi maktabi, Buxoroda – Bahouddin Naqshband markazida tasavvuf, Qashqadaryoda – Abul Muin Nasafiy markazida aqida ilmi maktabining tashkil etilishi; «O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to„g„risida», «Abu Iso Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to„g„risida»gi qarorlar, «O„zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi»ning tashkil etilishi, «O„zbekiston Islom akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to„g„risida»gi O„zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori va boshqalar. Shu bilan birga, Respublikamiz Prezidenti BMT Bosh Assambleyasidagi nutqida «Muqaddas dinimizni zo„ravonlik va qon to„kish bilan bir qatorga qo„yadiganlarni qat‟iy qoralaymiz», deya, islom dinining
ezgu va tinchlikparvar mohiyati, yurtimiz allomalarining islom sivilizatsiyasi rivojiga qo„shgan bebaho hissalari, yurtimizda

ma‟naviy merosni tiklash bo„yicha qilinayotgan ishlar taxsinga loyiq.


O„zbekistonda davlat siyosatida din sohasida ta‟lim sohasida olib borilayotgan islohotlar O„zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoevning asarlari, farmon va qarorlari orqali atroflicha tahlil qilingan [1,2,3,4].
Tadqiqotchi A.Tulepovning “Islom va aqidaparast oqimlar” kitobida islomdagi turli aqidaviy yo„nalishlar va fiqxiy mazhablar to„g„risida tegishli ma‟lumotlar, xususan Moturidiya va Ash‟ariya aqidasining xususiyatlari haqidagi masalalar yoritilgan [5]. Z.Husnitdinovning “Islom: yo„nalishlar, mazhablar, oqimlar” risolasida esa islomdagi oqim va mazhablarning paydo bo„lishi, g„oyalari atroflicha yoritilgan [6]. O.Yusupov muharrirligi ostida chiqarilgan “Diniy bag„rikenglik va mutaassiblik”: (yuz savolga – yuz javob) kitobi ham talabalar uchun ko„plab savollarga javob bera oladi [7] . Z.Husnitdinov tahriri ostida chiqarilgan “Islom. Ensiklopediya”si islom dini haqida ko„pgina ma‟lumotlar berilgan [8] Shayx Abdulaziz Mansurning “Qur‟oni karim ma‟nolarining tarjima va tafsiri”da ham Qur‟onning tarjima va tafsirlari berilgan. G.Masharipova tahrir ostida chiqarilgan “Dinshunoslik” (o„zbek va rus tillarida) talabalarga dinlar tarixini zamonaviy ilmiy konsepsiyalar asosida chuqurroq o„rgatish, O„zbekistonda dinga nisbatan munosabatning tubdan o„zgarganligi, diniy qadriyatlarni tiklash, diniy bag„rikenglik madaniyatini shakllantirish yo„lida qilinayotgan diqqatga sazovor ishlar haqida zaruriy ma‟lumotlarni berilgan [9,10].
Xulosa sifatida aytish joizki, Toshkent to„qimachilik va yengil sanoat institutida “Dinshunoslik” fanini alohida fan sifatida, faqatgina bu institutda emas, balki barcha Oliygohlarda alohida fan sifatida o„qitilishi juda dolzarb deb hisoblayman, chunki bugungi kunda globallashuv jarayonida talabalarning dinga bo„lgan qiziqishlari, asosiy ilmlarni o„rganish, dunyoda terrorizm tahdidlari, unga qarshi kurash, mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, zamon bilan hamnafas bo„lish har qachongidan ham muhimdir.



Download 29.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling