Dinshunoslik sirtqi ta’lim yo‘nalishlari 2-bosqich bakalavriat talabalari va professor- o‘qituvchilar uchun o‘quv qo‘llanma
Diniylik atamasining ta‘rifi va talqinlari
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Oquv qollanma Dinshunoslik
1.Diniylik atamasining ta‘rifi va talqinlari. Tarixan diniylik va dunyoviy
jamiyat, ularning о‘zaro munosbatlariga doir masalalar turli talqinlar asosida izohlangan, ba’zida ular bir-birini inkor qiluvchi tamoyillar sifatida olib qaralgan. Mazkur masalalar demokratik taraqqiyot yо‘lidan borayotgan zamonaviy jamiyat sharoitida ayniqsa dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Xususan prezidentimiz SH.Mirziyoyev diniy va milliy qadriyatlarimiz uyg‘unligigi alohida e’tibor qaratib: “Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz”, deb ta’kidlangan. Darhaqiqat har ikki sohaning muvozanatli munosabati siyosiy-iqtisodiy, ruhiy-ma’naviy sohaning buguni va kelajagiga bevosita daxldor masala sanaladi. Dunyoviy jamiyatda dinning о‘rni, mavqei va ahamiyatiga doir kо‘plab masalalar, garchand, diniy erkinliklarga oid qonunchilik mavjud bо‘lsa-da, о‘z yechimini topmagan. Shu nuqtai nazardan qaraganda “diniylik” va “dunyoviylik” tushunchalarining mazmunini aniqlash, ular bilan bog‘liq voqea, hodisalarni tizimli tadqiq etish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega. XX asrda “diniylik” tushunchasini tadqiq etishning asosiy sababi dunyoviylik nazariyasining keng tarqalishi bilan bog‘liq bо‘ldi. Hozirda bu atama kо‘plab bilim sohalarida qо‘llanishiga qaramay adabiyotlarda uning mazmuni borasida yakdillik mavjud emas. Xususan, о‘zbek tilining izohli lug‘atida “diniy” atamasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Diniy ‒ dinga oid, dinga aloqador bо‘lgan, dinga ruhoniyatga tegishli. Mazkur izohli lug‘atda “diniy” atamasining ma’nosi qisqacha keltirilsa ham, unda “diniylik” tushunchasiga ta’rifi uchramaydi. О‘zbek tilida nashr etilgan falsafaga oid izohli lug‘atlarda mazkur atamaga ta’rif mavjud emas. Shuningdek ingliz va rus tillarda nashr etilgan falsafaga oid ensiklopediya va izohli lug‘atlarda ham mazkur atamaga ta’rif uchramaydi. Mazkur atamaning 50 ta’rifi faqatgina sotsiologiya va dinshunoslik fanlari doirasida amalga oshirilgan tadqiqolarda kuzatiladi. Jumladan, S.A.Kravchenko quyidagi ta’riflarini keltiradi: “Diniylik – 1) shaxslar ong va xulq-atvorining о‘ziga xos xususiyati bо‘lib, ularning afsonaviy va ilohiy narsalarga bо‘lgan ishonchini aks ettiradi. 2) G.Zimmel qarashiga kо‘ra, diniylik bu shaxslararo xudoga bо‘lgan munosabat tufayli yuzaga keladigan ijtimoiy munosabat shaklidir”. D. Rutkevich mazkur atamani quyidagicha ta’riflaydi: “Diniylik ‒ bu shaxs va guruhning sifati bо‘lib, muqaddas hisoblangan mavjudot va ashyolarga e’tiqod qilish, ularga ibodat qilish yoki ong miqiyosida g‘ayritabiiy kuchlarga ishonch bо‘lib, u dinga aloqador va dinga bog‘liq bо‘lmagan sohalarda xulq-atvor hamda xatti-harakatlarda aks etadi”. Shuningdek, N. Darren ham “diniylik” atamasiga aynan shu mazmunda ta’rif beradi. Mazkur tushuncha din va muayyan ijtimoiy subyektlarning о‘zaro bog‘liqligini ifodalab, dinning murakkab sifat xususiyatlarini aks etiradi. Agar “din” tushunchasi yaxlit ijtimoiy tizim doirasidagi sotsial aloqa va institutlarning о‘ziga xos turi yoki ijtimoiy ongning maxsus shakli deb hisoblansa, u holda “diniylik” atamasi alohida shaxs, shuningdek, sotsial va demografik guruhlarning ongi va xulqiga diniy ta’sirini anglatadi. Shu jihatdan diniylik g‘ayritabiiy kuchlarga e’tiqod qiluvchi alohida shaxs, guruh va jamoalarni muayyan holatini ifodalaydi. Mazkur masalada tadqiqot olib borgan V. I. Garadja, D. M. Ugrinovich va I. N. Yablokovlar diniylikni shaxs yoki guruhning ijtimoiy sifati, diniy ong, diniy axloq va diniy munosabatlarni о‘zida aks ettiradi, deb baholaganlar. M.Z.Magometova esa, dinshunoslar G. Balagushkin, P. S. Gurevich, M. P. Mchedlov, L. N. Mitroxinlar о‘z tadqiqotlarida diniylik tushunchasini ijtimoiy о‘zgarishlar va yangi diniy harakatlar vujudga kelishi bilan bog‘laganini ta’kidlaydi. Agar diniylikni ijtimoiy о‘zgarishlar va yangi diniy harakatlar hosilasi sifatida baholasak, mazkur tushunchaning uzoq tarixi nazardan chetda qoladi. Qayd etish joizki, diniylik doimo har bir insonning e’tiqodidan qat’iy nazar, u yoki bu darajada о‘z ta’sirini о‘tkazib kelgan. Shu jihatdan diniylik, mohiyatan, shaxs faoliyatining kо‘plab jihatlarini belgilab beruvchi inson shaxsiyatining asosiy xusisiyati hisoblanadi. A.Boboyev diniylik haqida quyidagi mulohazalarini keltiradi: “Diniylik haqiqiy, abadiy dunyo deb, g‘ayritabiiy dunyoni tan oladi, insonning tabiiy dunyodagi hayotini abadiy dunyoga о‘tish vositasigina deb qaraydi”. Avvalo, muallifning “g‘ayritabiiy dunyo” atmasiga aniqlik kiritish lozim. Agar mazkur atama orqali “g‘ayritabiiy borliq”ni nazarda tutilgan bо‘lsa, u holda diniylik dunyoviy faoliyatlardan chetlashishga yо‘naltirilgan asketizmning muayyan shakli ekanligi borasida xulosani keltirib chiqaradi. Aksariyat diniy ta’limotlarda dunyo tom ma’nodagi saodat maskani sifatida talqin etilmasada, diniylik asosida belgilagan barcha meyorlar faqat dunyoviy masalalarni tartibga solishga qaratilgan. Shu nuqtai nazardan har qanday shakldagi asketizmga targ‘ib qiluvchi diniylik dunyoviyliksiz о‘z ahamiyatini yо‘qotadi. Shu bois diniy mafkura turliy ijtimoiy guruhlarning jamiyatdagi maqomi va о‘ziga xos manfaatlarini ifodalaydi. 51 B.B.Xoldkroft mazkur atamani quyidagicha izohlaydi: “Diniylik murakkab tushuncha bо‘lib, uni kamida ikki sababga kо‘ra aniqlash mushkul. Birinchi sababi uning ingliz tilidagi noaniq va nomukammal xususiyati bilan bog‘liq. Diniylik sо‘zining dindorlik(religiousness), ortodoksallik (orthodoxy), iymon (faith), ishonch (belief), taqvodorlik (piousness), xudojо‘ylik (devotion), muqaddas (holiness) kabi sinonimlari mavjud. Ikkinchi sabab esa, dindorlik tamoyili bir necha fanlar kesimidagi tadqiqot mavzusi bо‘lib, ularning har biri mazkur mavzuni о‘ziga xos talqin qiladi”. Dinshunoslik ensiklopediyasida mazkur atamaningyana boshqa bir sinonimi quyidagicha ta’riflanadi: “Diniylik atamasi aksariyat hollarda “sacred” ya’ni muqaddaslashtirish sо‘zi bilan ifodalanadi. Ba’zi manbalarda mazkur sо‘z etimologik jihatdan xudolar va ularning qudratiga ishonch ma’nosini angalatuvchi lotin tilidagi “sacrum” sо‘zidan olinganini, keyinroq xudolarni yod etib insonlarni chо‘qintirish mazmunida qо‘llanilgani ta’kidlanadi. Turli tillarda diniylikni ifodalovchi sо‘zlar bir necha ma’nodoshlarga ega bо‘lsa ham bu о‘rinda dunyoviylik atamasiga mazmunan antonim bо‘lgan sо‘zning ta’rifiga murojat qilish maqsadga muvofiq. Jumladan о‘zbek tilida ham diniy sо‘ziga ma’no jihatdan yaqin bо‘lgan e’tiqodiy, ilohiy, aqidaviy kabi sо‘zlar mavjud bо‘lsa-da, mazkur sо‘zlar aynan diniylik sо‘zi qо‘llanilgan о‘rinlarda tо‘liq joriy etish imkonsiz. Muqaddaslashtirish masalasi haqida shuni aytish mumkinki, u har qanday dinning muhim elementi bо‘lsa-da, umumiy ma’noda diniylikning tarkibi qismi hisoblanadi. “Diniylik” ijtimoiy subyektlarning madaniy-maishiy hayoti, xulq-atvori, qadriyatli mо‘ljallari, о‘zaro munosabatlari va boshqa xatti-harakatlari kо‘rinishlari, shuningdek, jamiyat sohasidagi ayrim faoliyat yо‘nalishlarida u yoki bu din ta’limoti bilan bog‘liq pand-nasihat, yо‘l-yо‘riq va kо‘rsatmalarning nisbatan barqaror aks etishini anglatuvchi tushunchadir. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling