KARDINALLAR KOLLEGIYASI – Rim katolik cherkovidagi oliy kengash.
Papa o‘rni bo‘shab qolganda uning vazifasini bajarish va yangi Papani saylash
vazifalarini bajaradi.
KASTA – hinduiylikda ayni ish bilan shug‘ullanuvchi, otalardan meros qolgan
haq, vazifa va odatlar bilan qattiq bog‘langan shaxslar toifasidir. Kasta insonlar
tomonidan saylanmaydi va tanlanmaydi, uning ichida faqatgina dunyoga kelish
mumkin. Bu tizim 4 sinfdan tashkil topadi.
KIROMUN KOTIBUN – islomda har bir insonning hayoti davomida bajargan
har bir amal va so‘zlarini yozib boradigan farishtalar.
KIRXA (nemischa, «cherkov») – lyuteran cherkovlarining nomi.
KOSTEL (polyakcha, chexcha, «cherkov») – Rim katolik cherkoviga qarashli
ibodatxonalarga nisbatan ishlatiladigan atama. Ushbu atama pravoslav yoki
protestant cherkovlariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
KRISHNA – «qora» ma’nosini anglatadi, o‘zining tabiiy kelib chiqishiga ko‘ra
juda murakkab obraz. U haqda olov, chaqmoq, momaqaldiroq, osmon, quyosh
bilan bog‘liq afsonalar mavjud. Krishna jangovar, yengilmas qahramon sifatida
ta’riflanadi. U urushda ham, sevgida ham yengilmas bahodir, ammo juda ayyor
tabiatga ega.
QUR’ONI KARIM – Islom dinining birlamchi muqaddas manbasi bo‘lib, 23 yil
mobaynida Muhammad payg‘ambar (a.s.)ga Jabroil farishta (a.s.) orqali ba’zan
oyat–oyat, ba’zan esa to‘liq sura tarzida nozil qilingan ilohiy kitob.
QUT – Quvvat, kuch, energiya manbai. Tangrichilik e’tiqodiga ko‘ra, u insonning
moddiy tirikligi sababidir.
LUQO (Luka) – «Yangshi Ahd» tarkibiga kiruvchi to‘rt Injil mualliflaridan biri.
Xristianlik tarixida Bibi Maryamning suratini chizgan birinchi inson sifatida ta-
nilgan. Iso Masihning 70 havoriylari qatoriga kiradi.
MAVZU’ – Rasululloh (a.s.)ga nisbat berilib to‘qilgan yolg‘on hadis.
MAGEN DAVID – Yahudiylik dinining ramzlaridan biri bo‘lmish olti burchakli
«Dovud yulduzi».
Do'stlaringiz bilan baham: |