81
GLOSSARIY
AVESTO – (qad. eron-pahlaviy. «o‘rnatilgan, qat’iy
qilib belgilangan qonun-
qoidalar») zardushtiylikning muqaddas kitobi.
ALTAR – (lot. «baland») xristian cherkovida ibodatxonaning
mehrob va minbar
o‘rnatilgan eng baland qismi.
ANSORLAR – (arab. «yordam beruvchilar») ilk islom tarixida
Makkadan hijrat
qilgan Payg‘ambar va muhojirlarga yordam bergan madinalik musulmonlar.
APOKALIPSIS (Vahiynoma) – “Yangi Ahd”ning tarkibiy qismi bo‘lib, uni
“Injil” mualliflaridan biri Ioann
ilohiy ilhom orqali yozgan, deb e’tiqod qilinadi.
Ushbu kitobda qiyomat va Isoning ikkinchi qaytishi bilan bog‘liq hodisalar bayon
qilingan.
APOSTOL (yunoncha — “elchi”) – xristian ta’limotiga binoan Isoning eng yaqin
yordamchilarining unvoni. Ularning asosiylari 12 ta: Pyotr (Simon Ionin), Andrey,
Ioann, Iakov Zevedeyev, Filipp, Varfolomey, Matfey, Foma, Iakov Alfeyev,
Faddey,
Simon Kananit, Iuda Iskariot (Isoni sotgan havoriy), Matfiy (Iudadan
so‘ng uning o‘rnini egallagan). Bulardan tashqari yana 70 nafar havoriylar mavjud
bo‘lgani xristian adabiyotlarida qayd etiladi.
ATARXURRA (Ozarxurra) – zardushtiylikning muqaddas olovi.
BIBLIYA (yunoncha, «kitoblar») – yahudiylik va xristianlik
dinlaridagi asosiy
muqaddas manbaning nomlanishi. Yahudiylar «Bibliya»si «Kitve kadesh» va
«Tanax» ham deb nomlanadi. Xristianlar tomonidan tan olinadigan «Bibliya»
«Qadimgi Ahd» va «Yangi Ahd»dan iborat bo‘lib, umumiy hisobda 66 kitobdan
iborat.
BIBLIYA JAMIYATI – «Bibliya»ning alohida qismlarini yoki to‘laligicha
dunyo
tillariga tarjima qilish bilan shug‘ullanadigan jamiyatlar nomi. Bunday jamiyatlar
biror bir diniy konfessiyaga qarashli bo‘lmay, buyurtma asosida ishlaydi. Ilk
«Bibliya» jamiyati 1804 yilda Britaniyada tuzilgan. Hozirda dunyo bo‘yicha 140
dan ortiq shunday jamiyatlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: