Dinshunoslik sirtqi ta’lim yo‘nalishlari 2-bosqich bakalavriat talabalari va professor- o‘qituvchilar uchun o‘quv qo‘llanma
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Oquv qollanma Dinshunoslik
«Baxshillochilar» norasmiy jamoasiga Buxoro viloyatida tug‘ilgan Aliyev
Baxshillo 1997 yilda asos solgan. Uning diniy qarashlari quyidagi holatlarga ko‘ra islom ta’limotiga zid sanaladi: 77 - B.Aliyev o‘zini avval qiyomatdan oldin keladigan Mahdiy, keyinchalik esa payg‘ambar, turmush o‘rtog‘i Mohira Aliyevani «musulmonlar onasi», farzandlarini «musulmonlar amiri», yaqin izdoshlarini «sahobiylar» deb e’lon qilgan; - jamoada shahodat kalimasida B.Aliyevni payg‘ambar deb tan olish joriy qilingan; - B.Aliyev go‘yoki uni ziyorat etgan shaxs ham amalini bajargan odamning savobini olishini, o‘ziga ergashganlarga qiyomatda savol-javob yo‘qligi, ular qanday holatda vafot etishidan qat’iy nazar, shahidlik maqomi berilishi, hatto barcha erkak maslakdoshlariga payg‘ambarlik darajasi berilishi haqida targ‘ib qiladi; - namoz besh emas, go‘yoki uch mahal farz qilingan; - o‘g‘il farzandlarni islom talablariga muvofiq xatna qildirish bekor qilingan. Jamoada tartib diniy sekta shaklida tashkil etilib, jamiyat bilan ijtimoiy aloqalari buzilgan. Jamoa a’zolari rahbarning barcha ko‘rsatmalarini so‘zsiz bajaradilar va unga tegishli buyumlarni «tabarruk» sanaydilar. Ba’zi adeptlar turmush o‘rtoqlarini M.Aliyevaga «muxlisa» etishi oqibatida jamoada o‘ziga xos «ayollar qanoti» vujudga kelgan. B.Aliyev 1990-yillarning oxirida aholi ichida diniy va milliy asosda nizo keltirib chiqarishga qaratilgan jinoiy xatti-harakatlar sodir etgani uchun jazoga tortilgan. 2006 yilda ozodlikka chiqqach, Rossiya Federatsiyasiga doimiy yashash uchun ko‘chib ketgan. Aynan mana shu davrda B.Aliyev izdoshlari ichida uni ziyorat qilganlarga go‘yo hoji maqomi berilishi haqidagi g‘oyalarni tarqatgan. Rossiyaga borgan «Baxshillochilar» B.Aliyevga katta miqdorda pul berishlari, ishga yollanib, daromadlarining asosiy qismini jamoa yetakchisiga topshirishlari kuzatilgan. 2008-2010 yillar davomida jamoa a’zolari shu tariqa «hijrat»ga chiqib, o‘z yetakchilariga «baytulmol» sifatida pul to‘plab berganlar. «Baxshillochilar» asosan Buxoro va Kogon shaharlarida istiqomat qiladilar. Ta’kidlash joizki, norasmiy diniy jamoalarning faoliyatida ishtirok etish, jamoa g‘oyalari asosida diniy ta’lim olish yoki o‘rgatish O‘zbekiston Respublikasi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunning 5 va 9-moddalarini buzish hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalarida belgilangan qonuniy jazo qo‘llanishiga olib keladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling