Dinshunoslik sirtqi ta’lim yo‘nalishlari 2-bosqich bakalavriat talabalari va professor- o‘qituvchilar uchun o‘quv qo‘llanma
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
Oquv qollanma Dinshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Markaziy Osiyo xalqlari qadimgi diniy e’tiqodlari: shomonlik, tangrichilik, zardushtiylik, moniylik.
Tayanch tushunchalar: Shomonlik, Tangri, Erlik, Umay, Jumay, Olqish,
Axuramazda, Axriman, Zardusht, Avesto, Fravashi, Yasna, Yasht, Videvdat, Visperad, stupa, buxoro yahudiylari, kosher qoidalari, xristianlar, nestorianlar. Mavzu o‘quv maqsadi: Markaziy Osiyo xalqlari qadimgi diniy e’tiqodlari, shomonlik, Tangrichilik, Zardushtiylik va Moniylik dinlarining kelib chiqishi, asoschisi, Markaziy Osiyoda buddaviylik tarixi, xristianlik ta’limotining tarqalishi, dinlarning muqaddas manbalari, ularning paydo bo‘lishidagi tarixiy jarayonlar haqida talabalarda keng tasavvur hosil qilish. 1. Markaziy Osiyo xalqlari qadimgi diniy e’tiqodlari: shomonlik, tangrichilik, zardushtiylik, moniylik. Markaziy Osiyo o‘zining geografik va geosiyosiy joylashuvi tufayli turli madaniyatlar va sivilizatsiyalarning to‘qnashuv nuqtasiga aylandi. Osiyo qit’asining Kaspiy dengizi va Orol-Irtish suv havzalaridan to hozirgi Pokiston va Hindistongacha bo‘lgan katta qismini egallagan mintaqa - Markaziy Osiyo xalqlarining tarixiy ildizlari uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Ushbu xalqlar haqidagi yozma ma’lumotlar yunon manbalari va miloddan avvalgi VI-IV asrlarga oid qadimgi eron va xitoy yozuvlarida uchraydi. 16 Mintaqa Yevroosiyo markazida joylashgan bo‘lib, Sharq bilan G‘arbni bog‘lovchi bo‘g‘inga, turli xalq va elatlarning, shuningdek, diniy tizim va e’tiqodlarning doimiy aloqa maydoniga aylandi. Bunday etnik va diniy turfaxillik natijasida shunday vaziyat yuzaga keldiki, u ko‘plab dinlarning (zardushtiylik, buddaviylik, yahudiylik, xristianlik) yo‘qolib ketishiga qaramay, hozirgi paytda mintaqada yashovchi xalqlarning urf-odatlarida saqlanib qoldi. Shomonlik. Markaziy Osiyo xalqlari qadimgi diniy e’tiqodlaridan biri sifatida shomonlikni qayd etish mumkin. Shomonlik e’tiqod va an’analari inson ongida g‘ayritabiiylik to‘g‘risidagi tasavvurlar to‘liq shakllangan vaqtda paydo bo‘lgan. Ushbu e’tiqod oddiy insonning dahshatli va tushunarsiz, g‘ayritabiiy va sirli holatlarini tushunishi va aql kuchidan ustun turishi bilan bog‘liqdir. Shomonlik bu omillar orqali jamoalar hayotining tashqi va ichki ziddiyatlarini qamrab oladi. Shomonlikning turli vazifalariga (ruhlarni haydash, falokatlarning oldini olish, yomg‘ir chaqirish, afsun qilish va h.k.) kelsak, ular ushbu e’tiqodning asosiy mohiyatiga qo‘shimchadir. Shomonlikdagi asosiy, hal qiluvchi holat shomon tanasiga ruhlarning joylashishi to‘g‘risidagi tasavvurdir. Odamlar shomonning o‘ziga xos trans holatini ko‘rganlarida uni o‘zi chaqirgan ruhlar egallab oldilar, deb o‘ylaydilar. Bunda, shomon ko‘pincha o‘z harakatlarida animistik obraz yoki shu obrazlarni eslatuvchi predmetlarni qo‘llaydi. Ruhlarni chaqirish shomonlik harakatlarini ta’sirchan jamoaga yo‘naltirib, ulardan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishni taqozo etadi. Shomonlik yovuz va yaxshi ruhlarni tan oladi. Bunda ayrim shomon jamoalari oddiy kishilar ruhi o‘ladi, shomon ruhi esa abadiy deb hisoblaydilar. Ruhlar tomonidan o‘g‘irlanib, shomonlar tomonidan topilib, inson tanasiga qaytarilgan jon haqidagi g‘oya faqat shomonlik doirasida tushuntirilishi mumkin. Bu ayniqsa, shomonning davolash usullarida, kasal tanasidan yovuz ruhlarni haydashida yorqin namoyon bo‘ladi. Markaziy Osiyo xalqlarida shomonlik reliktlari turli ko‘rinishlarda kuzatiladi. Xalq orasida turli ko‘rinishdagi bemorlarni davolash «duoxonlik» bilan boshlanib, kasalni tol navdalari bilan «urish» orqali amalga oshiriladi. Bunda tol novdalari qirqta bo‘lishi kerak. Shu kabi marosimning yana bir turi - «kinna», ya’ni bemor tanasidan kasalni haydashning alohida usulidir. Shomonlik elementlari sifatida kuyovnavkarlik bilan bog‘liq bo‘lgan odatni - kuyovning kelinning uyiga jo‘ralari bilan jo‘raboshi boshchiligida qiyqiriqlar bilan bazmga borish marosimini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Jo‘raboshi qo‘lida tol navdalarini ushlagan holda navkarlar boshi uzra yelpiydi, bunga javoban navkarlar jo‘r bo‘lishib qiyqirishadi. Bularning barchasi kuyovdan yovuz ruhlarni haydashga qaratilgan. Shu bilan birga, o‘zbek, tojik va boshqa xalqlarda biror kimsa uzoq vaqt kasal bo‘lsa, u yaqinlari, tanishlari yoki tabiblar maslahatiga ko‘ra, sog‘ayishning birdan bir yo‘li - bu ruhlar bilan aloqa qilish missiyasini 17 bo‘yniga olish ekanligiga ishonadi. Bunday holat xalq orasida «odamli» deyiladi, ya’ni uning ketida qandaydir kuchlar bor deb hisoblanadi. Bunday odamlar asta- sekin insonlarni «davolash» bilan shug‘ullana boshlaydi. O‘zbeklarda ko‘pincha kasalliklar yovuz ruhlar makr-hiylasi tufayli kelib chiqadi deb hisoblanadi. Hali ham o‘zbek xalqi orasida ruhlar hokimiyati odamlar taqdirini, tabiat ko‘rinishlarini aytib berishiga ishonuvchi kishilar mavjud. Childirma sadosi va marosim aytimlari ba’zi kishilarni kasalliklardan forig‘ bo‘lishiga ishonishga olib kelmoqda. Folbin-baxshilarga asosan ayollar yaqinlari kasal bo‘lib yotib qolganda, oilaviy hayotlarida o‘zaro kelishmovchiliklar yuz berganda, biror buyumi yoki jonivorlari yo‘qolganda, farzandsizlik holatida, umuman, oila turmush tarzida og‘ir vaziyatlarda murojaat qiladilar. Shomonlik, folbin-baxshichilik (yoki azayimxonlik) amallari juda xilma-xil va keng qamrovlidir. Ushbu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda shu toifadagi kishilar benihoyat ulkan g‘ayritabiiy qobiliyat sohiblari bo‘lmog‘i lozim deb hisoblashgan. Ular homiy ruhlar yordamida asosan quyidagi to‘rtta muhim vazifani bajarganlar. Birinchidan, kasallik sababi va uni davolash yo‘llarini bilish. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling