Diodlar va ularning turlari


Download 69.32 Kb.
bet1/3
Sana21.02.2023
Hajmi69.32 Kb.
#1218114
  1   2   3
Bog'liq
MK. Labaratoriya 1


1 – Lаbоrаtоriya ishi
Mikroprotsеssorlarda ishlatadigan yarim o‘tkazgichli diodni parametrlarini tеkshirish.


Qisqa nazariy ma’lumotlar:

  1. Diodlar va ularning turlari

  2. Stabilitronlar (Zener diodlari)

  3. VDR varistorlari



DIODLAR VA ULARNING TURLARI
Diodlar –yarimo’tkazgichli,teshik-elektronli p-n o’tish joyiga ega bo’lgan elektr o’zgartirgich bo’lib, ular ikkita chiqish joyiga ega: A anod va K katod (1 – rasm).
Shartli belgilarda tokni o’tkazish yo’nalishi strelka ko’rinishida belgilanadi.
Bu elementning asosiy xususiyati – tokni bir tomonga o’tkazish. Demak, yarimo’tkazgich qutbiga ko’ra tubdan har xil o’tkazuvchanlikka ega. Tokning yo’nalishini o’zgtirib diodni ochish va yopish mumkin. Diodning bu xususiyatidan turli sohalarda elektron sxemalarni tuzishda keng qo’llaniladi. Ya’ni benuqson diod elektr tokiga nisbatan klapan sifatida ishlaydi. U elektr tokini to’g’ri yo’nalishda,ya’ni anoddan katod tomonga o’tkazadi, teskari tomonga – katoddan anodga esa o’tkazmaydi.


1-rasm. Diodlarni sxemalarda belgilanishi va tashqi ko’rinishi

Diodlar bir qator belgilar bo’yicha tasniflanadi va ularning eng muhimlari sifatida vazifalarini, konstruktiv-texnologik xususiyat-larini, yarimo’tkazgichlarni tayyorlashda ishlatiladigan dastlabki maxsulot-larning turlarini ko’rsatish mumkin. Vazifasi bo’yicha diodlar to’g’rilovchi, yuqori chastotali o’ta yuqori chastotali (YuCh- va O’YuCh- diodlar), impulьsli, yarimo’tkazgichli stabilitronlar (tayanch diodlar), tunnelli, varikapli va boshqalarga bo’linadi; kontruktiv-texnologik xususiyatlari bo’yicha – yassisimon va nuqtali; ishlatilgan dastlabki mahsulotlar bo’yicha - germaniyli, kremniyli, selenli, arsenid-galliyli, karbidkremniyli, antimonid-indiyli va boshqalar.


To’g’rilovchi diodlar. To’g’rilovchi diodlar – bu chastotasi cheklangan doirada (50 Гц ... 100 кГц) bo’lgan o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka aylanti-rish uchun xizmat qiladigan yarimo’tkazgichli diodlardir.
Yuqorida aytilgandek, to’g’rilovchi diodning ishi, uning p-n o’tish joyining bir tomonlama o’tkazish xususiyatiga asoslanadi, ya’ni p-n o’tish joyi to’g’ri yo’nalishda tokni yaxshi o’tkazadi (qarshiligi kichik bo’ladi), teskari yo’nalishda esa amalda tokni o’tkazmaydi (qarshiligi juda yuqori bo’ladi). Buni to’g’rilovchi diodning volьtamper tavsifnomasidan (ТД ВАТ) (2-rasm) ham ko’rish mumkin. ТД ВАТ atrof muhit haroratiga bog’liq. U ortishi bilan diodning to’g’ri va teskari tokining qiymati ham oshadi. Ayniqsa teskari tok kuchli o’zgaradi, chunki uni harorat ortishi bilan yarimo’tkazgichdagi soni oshadigan asosiy zaryad tashuvchilar hosil qilmaydi. To’g’ri tokning qiymati asosan yarimo’tkazgichni aralashmalar bilan boyitilgan arajasiga bog’liq.
Diodlarning imkoniyatlarini tavsiflovchi asosiy omillar:

  1. takrorlanadigan impulьsli teskari kuchlanishni yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan chegaraviy va to’g’ri tokning o’rtacha maksimal qiymati ( dav-riy toklarning butun davr bo’yicha o’rtalashtirilgani);

  2. teskari tiklanish vaqti ( diodning muhosaralash xususiyatini tiklash vaqtini tavsiflovchi ko’rsatkichi);

  3. to’g’rilangan tokning o’rtacha qiymati – dioddan o’tayotgan to’g’ri tok (bunda asbob buzilmasdan ishlaydi);

  4. to’g’ri kuchlanishning o’rtacha qiymati (diodda kuchlanishning pasayishi) – dioddan o’rtacha to’g’ri tokni o’tishini ta’minlovchi kuchlanish;

  5. yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan teskari kuchlanish – diod ishdan chiqmasdan ishlaydigan kuchlanish;

  6. teskari tok (sizish toki) - yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan teskari kuchlanish ta’sirida yuzaga keladigan tok;

  7. teshib o’tish kuchlanishi- p-n o’tish joyi teshilib, diodni ishdan chiqishiga olib keladigan kuchlanish;

  8. tarqatiladigan (yo’qotiladigan) nominal quvvat;

  9. diodning differensial qarshiligi.


Download 69.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling