Nazariy qismda tanlangan mavzu boʻyicha maʼlumotlarni asosiy tushuncha, tamoyil, kategoriyalar va ular orasidagi bogʻlanishlarni nazariy asoslash, amaliy materiallarni chuqur tahlil qilgan holda mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash. Ishlab chiqarish texnologiyasini nazariy asoslagan holda mavjud muammolarning ijobiy yechimi boʻyicha oʻrganilmagan savollarga mos ravishda oʻz fikrini bildiradi.
Mazkur qismda iqtisodiy, moliyaviy va ishlab chiqarishga oid koʻrsatkichlarni yaxshilash yoʻllarini belgilash, ishlab chiqarishning samaradorlik koʻrsatkichlarini jadvalar, chizmalar, diagramma va turli rasmlar orqali koʻratib berishi mumkin.
Texnologik qism
- tarmoqning zamonaviy texnologik tamoyillari;
- belgilangan vazifani hal etish usullari.
Bitiruv malakaviy ishining texnologik qismi bir necha qoidalarga rioya qilgan holda yoziladi, yaʼni texnologik jarayon boʻyicha bajariladigan vazifalarning ketma-ketligiga eʼtibor berish, uni mazmunli qilib yoritish, jarayondagi jihozlarning nomlarini raqamlari bilan koʻrsatish maqsadga muvofiq. Ushbu qismda tanlangan usulning ishlab chiqarishdagiga nisbatan afzalliklari hamda kamchiliklari koʻrsatiladi.
Jihozlarni tanlash va hisoblash uchun
ularni uch guruhga boʻlib olinadi.
1-asosiy jihozlar;
2-transport jihozlar;
3-yordamchi jihozlar.
Ushbu qismda jihozlar va uskunalar haqida maʼlumot hamda
texnikaviy va foydalanish tavsifnomalari bayon etiladi
Jihozlar (tarmoq texnologiyasi boʻyicha).
Asosiy jihoz deb-jarayonda asosiy texnologik jarayonlarni bajaruvchi jihozlarga aytiladi.
Transport jihoz deb jarayonda xomashyo va tayyor mahsulotlarni bir joydan boshqa bir joyga uzatish uchun ishlatiladigan jihozlarga aytiladi.
Yordamchi jihoz deb-asosiy texnologik jarayonlarni bir maromda ishlashini taʼminlab beruvchi jihozlarga aytiladi. Jihozlarni hisoblashda jihozning texnik tavsifnomasidan foydalaniladi.
Iqtisodiy qism.
- texnik-iqtisodiy samaradorlik tahlili;
- texnik samaradorlikni asoslash;
- ishlab chiqarishni ilmiy asosda tashkil etish va boshqarish maqsadlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |