Диплом лойиҳаси бўйича тушунтириш хати


Download 0.78 Mb.
bet13/17
Sana01.04.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1316771
TuriДиплом
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
402-QMB va KICH Xusanova G.

.2. To’ldiruvchilar ombori

Temirbeton korxonalarining to’ldiruvchilar ombori ashyolarni qabul qilish, saqlash va omborlarning xili bo’yicha sinflanadi. Omborlarga ashyolar transport vositasida keltiriladi va gravitastion kuch ta’sirida ishlovchi maxsus mexanizmlar yordamida tushiriladi. To’ldiruvchilar ombori ochiқ, yopiқ, yarimyopiq usullarda loyixalanadi va shtabellik, bunkersimon yarimbunkersimon xamda siloslar shaklda yasaladi.


Omborlarning xilini tanlashda quyidagilarni e’tiborga olish zarur: iqlim sharoitlari; tashqi transport va uning xarakatlanish tizimi ombordagi ehtiyoj zaxiralari miqdori texnologik talablar.
To’ldiruvchilar omborlari qurilish tumani va iqlim sharoitlari asosida ochiq yoki yopiq xolda loyixalanadi.
Omborlarning sig’imi korxonaning yillik unumdorligi va meyorda ko’rsatilgan to’ldiruvchilarning zaxirasi orqali aniqlanadi. Bunda to’ldiruvchilarning miқdori korxonaning to’xtovsiz ishlab chiqarishini taminlashi zarur. Omborning foydali yuzasi quyidagicha aniqlanadi:
S1=V/q (3.2)
bu yerda V-to’ldiruvchilarning ishlab chiqarishga kerakli zaxirasi, m3 (yoki t); q-omborning solishtirma sig’imi, m3/m2 (yoki t/m2).
Unda omborning umumiy yuzasi:
S2=S1 Kp (3.3)
Bu erda Kp-ombor yuzasining yo’laklar xisobiga kengayishini xisobga oluvchi koeffisienti, Kp=1,5
Ombordagi to’ldirgichlarning ishlab chiqarish jarayoniga etadigan zaxirasi:
V=P·Z·nt·K/S (3.4)
bu erda P-korxonaning yillik unumdorligini, m3; Z-beton uchun sarf bo’ladigan to’ldiruvchilarning o’rtacha miqdori, m3/m2; nt-ish kunlari bo’yicha to’ldiruvchilarning zaxirasi;
K-to’ldiruvchilarni tashish va to’kish paytida sodir bo’ladigan kamayishini etiborga oluvchi koeffisienti; K=1,02. S-jixozlarning yillik ishlatilishi vaqti, kunda.
Odatda to’ldiruvchilar omborga maxsus jihozlangan uzatuvchi tasmali konveyer uskunalari yordamida to’kiladi. To’ldiruvchilar qo’zg’almas konveyer bilan bir joyga to’kilganda konus shaklidagi uyum hosil bo’ladi.
Konus shaklida to’kilgan to’ldiruvchilar uyumning hajmi quyidagicha topiladi:
V=π·H3/Z· tġ 2α (3.5)

Ba’zi xollarda omborga to’ldiruvchilar o’zi yurar to’quvchi konveyer uskunasi orqali to’kilganida bir uchi yarimkonus va qolgan tomoni prizma shaklda cho’zilib ketadi.(b rasm)Bunday xollarda to’ldiruvchilar uyumning xajmi:


V=H2 L/·tġ α+π·H2/12·tġ 2α (3.6)
bu erda H-to’ldiruvchilar uyumining balandligi, m; L-uyum prizmasimon qismning uzunligi, m; α=400 ashyolarning tabbiy qiyalik burchagi.

a) b) L

2·R=D L+2R



























7-rasm. To’ldirgichlar uyumining h ajmini topishga doir sxemalar. a-konussimon shaklda; b-prizmasimon shaklda.


Unumdorligi 14 ming m3 bo’lgan tom plitasi ishlab chiqarish sexi uchun talab qilinadigan to’ldiruvchilarning zaxirasini aniqlaymiz. To’ldiruvchilar omborga temiryo’l transporti orqali tashib keltiriladi. Stexning xisobiy ish kunlari soni 262 kun.


To’ldiruvchilar temiryo’l transporti bilan tashilganida to’ldiruvchilarning meyoriy zaxirasi nt=10 kun qabul qilamiz. Shuningdek 1m3 og’ir beton qorishmasini tayyorlash uchun 0,9m3 shag’al va 0,45m3 qum (uyma hajmda) sarf qilinadi. To’ldiruvchilarning ishlab chiqarishga kerakli zaxirasini asosida hisoblaymiz:


Shag’al zahirasi: Vщ=14000·0,9·10·1,02/262=490,5m3
qum zahirasi Vқ=14000·0,45·10·1,02/262=245,26m3
to’ldiruvchilarning umumiy miqdori
V=Vщ+Vқ=490,5+245,26=735,76m3
Shag’al uyumining balandligini 9m, qumniniki esa 7m qabul qilamiz. Qiyalik burchagi α=400. Unda shag’al uyumining hajmi
V=3,14·93/3·0,8392=1084m3.
bu erda tġα=tġ400=0,839.
Shag’al uyumi asosining diametri D=2·H/tġα=2·9/0,839=21,5m.
Unda shagal uyumi asosining yuzasi Sщ=π·D2/4=3,14·21,52/4=363m2
Qum uyumining xajmi: (4.5) ga asosan: V=3,14·73/3·0,8392=510m3; qum uyumi asosining diametri D=2·7/0,839=16,7m.
Qum uyumining asosining yuzasi Sқ=3,14·16,72/4=219m2
Unda omborning foydali yuzasi S=Sщ+Sқ=363+219=582m2.
Omborning umumiy yuzasi (4.3) asosida ΣS=5·82·1,5=873m2
Meyoriy iqlim sharoitlarini etiborga olgan xolda yarim yopiq ombor tanlaymiz. Omborning enini V=25m qabul qilamiz (bunda ombor eni shag’al uyumi diametridan kattaroq bo’lishi kerak.) Uzunligi bo’yicha ikkita shag’al bo’linmasi va bitta qum bo’linmasi, joylashtiramiz. Unda omborning uzunligi L=2·25+1·20=70m bo’ladi. Demak omborning umumiy yuzasi:
ΣS=B·L=6000·9000=154*106 m bo’ladi.
Omborning yon tomoniga uzunasi bo’yicha temiryo’l va avtomobil yo’laklari joylashtiriladi. Shuningdek omborning uzunasi bo’yicha bir tomoniga to’ldiruvchilarni qabul qiluvchi va beton qorish stexiga uzatuvchi qurilmalar (tasmali konveydlar, yuklagichlar) joylashtiriladi. Natijada omborning mexanizmlar bilan birgalikdagi uzunligi o’rtacha 25÷40m, uzuyishi eni 5÷10m kengayishi mumkin.
To’ldiruvchilar va stement omborlari beton qorish stexi yoniga joylashtiriladi. (bunda shamol yo’nalishi xislbga olinishi shart).



Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling