Диплом лойиҳаси бўйича тушунтириш хати


Sexdagi liniyaning texnologik jarayonini tashkil etish


Download 0.78 Mb.
bet8/17
Sana01.04.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1316771
TuriДиплом
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
402-QMB va KICH Xusanova G.

2.2. Sexdagi liniyaning texnologik jarayonini tashkil etish

Texnlogik jarayonlar asosiy va yordamchi qismlarga bo’linadi. Asosiy jarayonlarda ish predmetlari o’zining ko’rinishi, shakli va o’lchamlarini o’zgartiradi (ya’ni, xom ashyolardan qorishma va to’rlar, sinchlar, ulardan buyumlar tayyorlanadi). Qo’shimcha jarayonlarda xom ashyolar va buyumlar bir joydan ikkinchi joyga ko’chiriladi, taxlanadi va x.k.


Texnologik jarayonning asosiy tavsifi-bu aloxida stiklning bajarilishi va uning bajarilishi jarayonida buyumning bir postdan ikkinchi postga siljib borishidir. Alohida stikl-bu alohida texnologik jarayonlarning ma’lum ish joyida bajarilishidadir (qoliplarni tayyorlash stikli, armaturalash xili, quyish stikli va x.k.). Alohida stikllar yig’indisidan texnologik stikl vujudga keladi.
Alohida sikllarning to’liq vaqti davomiyligi quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Te=T0 · (1+ ) (2.8)

bu erda– Te asosiy va qo’shimcha jarayonlar vaqti yig’indisi, min; D- qo’shimcha vaqt sarfi, T0 nisbatan foiz hisobida.


Aloxida sikllarning to’liq vaqti hamma jarayonlarni bajarish uchun ketgan vaqtlarga hamma vaqt ham teng bo’lavermaydi, chunki ba’zi jarayonlar bir vaqtda parallel bajarilishi mumkin.
Yig’ma temirbeton korxonalarida elementar sikllar ketma-ket keluvchi mexanizastiyalashgan va qo’lda bajariladigan jarayonlardan iborat bo’ladi. Shu sababli mashina va mexanizmlar hamda zveno ishchilari orasida umumiy bog’lanish bo’lishi kerak. Hisoblashlar quyidagicha ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

  1. Postlarning texnologik hisobiy sxemasini ishlab chiqish.

  2. Aloxida sikllardagi jarayonlarning bajarilish vaqtini tasdiqlash.

  3. Hisoblash parametrlarini aniqlash.

Postlarning texnologik hisobiy sxemasi aloҳida stikllarni bajarish uchun kerak bo’ladigan uskunalar va ishlab chiqarish ob’ektlarini bildiradi. Shu sababli postlarning sxemasini ishlab chiqishda undagi jihozlarning rastional joylanishiga alohida e’tibor berilishi kerak. Asosiy va qo’shimcha jarayonlarning parallel bajarilishini ta’minlash lozim. Ya’ni, betonquygichning bo’sh yurishi kamroq bo’lishi, armaturani taranglovchi qurilmalar buyumni armaturalash postidan uzoq bo’lmasligi kerak va x.k. Hisoblash parametrlariga quyidagilar kiradi: ish hajmi, mashinalarning ishlash va bo’sh yurish masofalari, texnologik rejimlar, qo’lda bajariladigan ishlar va ishlarning vaqt me’yori, ishlab chiqarilgan buyumning yuqoriga yoki yon tomoniga siljitilishi vaqti.
Alohida sikllarning davom etish vaqtini aniqlash uchun siklogramma quriladi. Siklogrammada alohida jarayonlarning bajarilish vaqti aniq topiladi. Siklogrammani qurish uchun oldin postlarning sxemasi joylashtiriladi. Siklogrammada ordinata o’qi bo’yicha vaqt minutlarda, abstissa o’қi bo’yicha masofa metrlarda belgilanadi. Stiklogrammada mashina va mexanizmlar, ishchilar, shuningdek qolipning buyum bilan birgalikdagi ishlash jarayoni va harakatlanish nuqtalar va chiziqlar bilan belgilanadi.
Absissa o’qidagi har handay chizihning proeksiyasi mashina qancha masofaga xarakatlanganini bildiradi. Agar chiziq abstissa o’qida bir nuqtaga proekstiyalansa, demak mashina bironta jarayonni harakatlanmasdan bajarmoqda, yoki jarayon qo’lda ishchilar yordamida bir joyda bajarilayotganini bildiradi.
Ordinata o’qidagi har qanday chiziqning proekstiyasi keyingi jarayonni bajarish uchun ketgan vaqtni bildiradi. Stiklogrammadagi liniyalar ordinata o’qiga nisbatan α burchakga og’gan bo’ladi. Burchak qancha kichik bo’lsa, mashinaning shu masofani bosib o’tish vaqti shuncha ko’p bo’ladi. Mashinaning garakatlanish tezligi siklogrammada burchak α ning tangensi orqali belgilanadi, tgα= .
Misol uchun, betonқuygichning ishlash siklogrammasi quyidagicha quriladi:


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling