Diplom oldi amaliyoti xisoboti


DIPLOM OLDI AMALIYOTI XISOBOTI


Download 34.02 Kb.
bet4/15
Sana19.06.2023
Hajmi34.02 Kb.
#1602638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
DIPLOM OLDI mavzu

DIPLOM OLDI AMALIYOTI XISOBOTI
Sana : «___»________20__ yil
7-Mavzu : Axborotni himoya qilishning dasturiy va apparat vositalari bilan ishlash
Axborotni muhofaza qilishning apparat-dasturiy vositalari – axborotni muhofaza qilish funksiyalarini (foydalanuvchilarni identifikatsiyalash va autentifikatsiya qilish, resurslardan foydalana olishni cheklash, voqealarni qayd qilish, axborotni kriptografik himoyalash va shu kabilar) bajaradigan (mustaqil yoki boshqa vositalar bilan birgalikda) turli elektron qurilmalar va maxsus dasturlardir.
Axborotlarni muhofaza qilishning dasturiy vositalari axborotlar xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan va kompyuter vositalarining dasturiy ta’minoti tarkibiga kiritilgan maxsus dasturlardir.
Kompyuter viruslaridan va boshqa dasturlar ta’siridan va o‘zgartirishlardan himoyalanish, kompyuter tizimlarida axborotlarni qayta ishlash jarayonini himoyalashning mustaqil yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Ushbu xavfga etarlicha baho bermaslik foydalanuvchilarning axborotlari uchun jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Tarmoqning xavfsizligi undagi barcha kompyuterlarning va tarmoq qurilmalarining xavfsizligi bilan aniqlanadi. Buzg‘unchi tarmoqning biror-bir tashkil etuvchisining ishini buzish orqali butun tarmoqni obro‘sizlantirishi mumkin.
Hamma foydalanayotgan tarmoqdan kelib chiqayotgan tahdidlarni blokirovkalash uchun «tarmoqlararo ekran» (Firewall) deb nomlanuvchi dasturiy va apparat-dasturiy vositalardan foydalaniladi.


DIPLOM OLDI AMALIYOTI XISOBOTI


Sana : «___»________20__ yil
8-Mavzu : Kompyuter viruslari va viruslardan himoyalash.
Viruslarning asosiy maqsadi kompyuterlarni bir maromda ishlash tizimiga zarar yetkazish, foydalanuvchilarni kompyuter tarmoqlaridagi ma’lumotlar va axborotlar manbalaridan foydalanishni cheklashdan iborat.
Umuman olganda, buzg‘unchi dasturiy ta’minotning barchasi umumiy nom ostida viruslar deb ataladi. Kelib chiqishi venger bo‘lgan Amerikalik olim Djon fon Neyman 1951-yili o‘zi ko‘payuvchi dasturlar mexanizmi nazariyasini taklif qiladi.
Birinchi viruslar sifatida Apple II shaxsiy kompyuterlari uchun 1981-yilda yaratilgan Virus 1,2,3 va Elk cloner dasturlari hisoblanadi. 1996- yilda Windows uchun Win95.Boza deb nomlanuvchi birinchi virus yaratildi.
Doktor - dasturlar viruslarni topibgina qolmay, undan kompyuter dasturlarini xalos qiladi, ya’ni davolaydi. Ushbu dasturlar ichida keng tarqalganlari polifagi deb ataluvchi bir yo‘la ko‘p turli viruslari topishga va yo‘qotishga mo‘ljallangan doktor-dasturlari alohida ta’kidlashimiz mumkin. Ulaming ichida eng mashhurlari Kaspersky Antivirus, Norton Antivirus, ESET ENDPOINT Antivirus va Doktor Web lar hisoblanadi.

Download 34.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling