Diplomatik protokol kelib chiqish tarixi. Protokol tushunchasi. Diplomatik steremonial va protokolning xalqaro munosabatlardagi o’rni


Download 22.91 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi22.91 Kb.
#215979
Bog'liq
1-2 seminar


  1. Diplomatik protokol kelib chiqish tarixi. Protokol tushunchasi. Diplomatik steremonial va protokolning xalqaro munosabatlardagi o’rni.

Bilamizki, insoniyat paydo bo’libdiki turli davrlar va hatto turli qabilalar o’rtasida ham sodda ko’rinishdagi tashqi aloqlar eng qadimgi davrda ham mavjud bo’lgan. Demak, qabilalardagi bunday sodda tashqi aloqalar diplomatiyaning pdastlabki ko’rinishida tahlil qilish mumkin. Diplomatiyaning paydo bo’lishi esa davlatlarning vujudga kelishi bilan bog’lasak to’g’riroq bo’ladi. Shu bilan birga muayyan organlar va mansabdor shaxslarning faoliyati ham bu o’rinda alohida ahamiyat kasb etadi. Diplomatiya – davlatlarning vujudga kelgan davrining mahsulidir.

Protokol tushunchasi – protokol so’zi yunoncha “prtokollon” (protos – birinchi, kola – kleylash) so’zidan kelib chiqqan. Turli davrlarda turli ma’nolarni anglatgan bu so’z keng omma orasida hatto qarama qarshi tiushuunchalarni izohlash uchun ham qo’llangan. O’rta asrlarda bu termin “ishchanli hujjatlarini asl nusxa ekanligini tasdiqlovchi birinchi sahifa” sifatida tushinilgan. XVII asr boshlarida esa “bir mavqedagi shaxslar orasida aloqa qog’ozlarini tartiblovchi qoidalar majmui” protokol deb atalgan . Shu o’rinda diplomatik protokol doimiy va muvaqqat diplomatik vakolatxonalar, ularning xodimlari, xalqaro tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslarining rasmiy yoki shaxsiy yozishmalari, aloqalari va muloqot uslublarini hamda rasmiy qabullar va marosimlar o’tkazilish tartibini belgilovchi qoidalar majmuidir. Unga yaxshi misol tariqasida xalqaro ahamiyatga ega Vena konvensiyasini keltirishimiz mumkin. Ushbu konvensiyada diplomatik aloqaga kirishayotgan davlatlar va tashkilotlarning huquq va majburiyatlari keltirib o’tilgan va aksariyat mustaqil davlatlar tomonidan tan olingan.



“Seremonial” so’zi yunonchada ceremonia (izzat ikrom, diniy urf odat) deb yuritilgan va biror tadbirni amalga oshirishda belgilangan tantanali tartibni anglatadi. Diplomatik sohada bu oliy rahbarlar xorijiy mamlakatlarga tashrif buyurganda rasmiy kutib olish marosimi, davlat boshlig’iga xorijiy elchi tomonidan ishonch yorlig’i topshirish marosimi. Marosim ko’proq diplomatic protokol, umuman diplomatic munosabatlarning tashqi, diniy qismi bilan bog’liq bo’lgan. Masalan, zamonaviy diplomatiyada davlat rasmiy tashrif jarayonida kutib olish marosimi, muzokaralardagi hujjatlarni imzolash marosimi, diplomatic muzokaralar o’tkazishning tantanali marosimi qismi hisoblanadi.

  1. O’rta va yangi asrlardagi diplomatiya va diplomatic protokol shakllanishi. Zamonaviy diplomatiya.

Jamiyatning tarixiy taraqqiyotini o’rganish shuni ko’rsatadiki, ijtimoiy-iqtisodiy informatsiyaning almashinuvi tashqi siyosat va diplomatiyaning mazmuni shakli va usullarining o’zgarib borishini ta’minlagan. Quldorlik jamiyatning qay tarzda feodal jamiyatga o’tganligini hisobga olgan holda bu davrlarning har biriga xos bo’lgan tashqi siyosat va diplomatiyaning xususiyatlari shakllanib borgan. XV asr boshlarida chet ellarda doimiy vakolatxonalar mavjud bo’lib diplomatic immunitet darajalar va unvonlar joriy etilgan. XVII asrdan boshlab xalqaro diplomatic konferensiyalar va congress chaqirila boshlagan. 1815- yildan Vena konvensiyasiga ko’ra faqat vakolatxona boshliqlarigina diplomatic agent hisoblanar edi. Diplomatiyaning rivojlanishi bilan bu tushuncha yanada kengaydi. Xalqaro siyosatda XX asr o’rtalaridan 80 – yillargacha “kuchga tayanish” asosida munosabatlar bilan ichki siyosatda “harbiy kuch-qudrati” mustahkamlash bilan bog’liq faoliyatlar ko’zga tashlanadi. Xalqaro munosabatlarda davlatga nisbatan “dushmanlik” yoki ishonchsizlik bilan yondashish ular o’rtasidagi munosabatlarning asosiga ko’chdi.

  1. Markaziy Osiyo davlatlari diplomatiyasi. Amir Temur, Bobur davri protokol seremonial.

Markaziy Osiyo hudidida vujudga kelgan davlatlar diplomatic aloqalarda anchayin faol bo’lgan. Amir Temur davlati buning yaqqol misoli bo’la oladi. Amir Temur davlatida diplomatiya yuksak darajada rivojlangan. Temur davrida elchilarning tashriflari muhim ahamiyatga ega bo’lgan va bu tashriflarni munosib ravishda tashkil qilish uchun maxsus mirzolar( marosimlar boshlig’i) tayinlangan. Maxsus qabul qilingan protokol va saroyda tashkil qilingan marosimlar orqali davlatning qudrati va podshoxning madaniyat darajasi va mehmondo’stligi ko’rsatilgan. Tarix fanlaridanbizga ma’lumki Amir Temur ko’plab davlatlar boshliqlari bilan yozishmlar olib borgan. Fransiya qiroli, Yildirim Boyazid va Temur davrida yaqin sharq ya yevropa davlatlari davlat boshliqlari bilan yozishmalar olib borgan. Ayniqsa Boyazid zulmidan yevropani halos qilgandan keyin Franisya, Ispaniya kabi davlatlardan sovg’a salomlar qabul qilgan va juda yaxshi diplomatik aloqalr olib borgan.

  1. Tashqi ishlar vazirligi, uning tizimlari. Tashqi ishlar vazirligi Davlat protokol boshqarmasi(departamenti yoki bo’limi) uning bo’limlari va larning faoliyati, vazifalari.

Tashqi ishlar vazirligi davlat organi hisoblanib, Vazirlar mahkamasi tarkibiga kiradi.

Vazirlik asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:



O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini hayotga tadbiq etish; respublika tashqi siyosatini amalga oshirish; xalqaro moliyaviy, iqtisodiy va siyosiy tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirish; davlatlararo shartnomalar tuzish; respublika Prezidentining, Oliy majlis raisi, Bosh Vazir hamda vazirlarning rasmiy tashrif bilan chetga chiqishini ta’minlash; chet davlatlarida O’zbekistonning tashqi va ichki siyosatini targ’ib etish; diplomatic aloqalarni amalga oshirish; davlatlar o’rtasidagi shartnomalarni qayd etish va rasmiy tarjima qilish; passport- viza hujjatlarini tasdiqlashdan iborat. Ushbu Vazirlik tizimiga markaziy apparat , elchixona, missiya ,konsulxona, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari, diplomatic xizmat turlari kiiradi. Tashqi ishlar vazirini Prezident, Oliy majlis tasdiqlagandan keyin tayinlaydi.
Download 22.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling