Diplomatik va tijorat yozishmalari Diplomatik hujjatlarga qo’yiladigan talablar


Download 21.05 Kb.
bet5/9
Sana19.04.2023
Hajmi21.05 Kb.
#1363424
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Diplomatik va tijorat yozishmalari-fayllar.org

Xulosa qismi ham do‘stona yozilgan notalarda hurmatni ifodalovchi so‘zlar bilan tugallanadi:«Fursatdan foydalanib, yana bir bor Sizga hurmat va ehtiromimni izhor etaman»; «Imkoniyatdan foydalanib, Sizga bo‘lgan hurmat va ehtiromimni yana bir bor izhor etaman»; «Mening hurmat va ehtiromimga yana bir bor ishonch bildirgaysiz» kabi.


  • Xulosa qismi ham do‘stona yozilgan notalarda hurmatni ifodalovchi so‘zlar bilan tugallanadi:«Fursatdan foydalanib, yana bir bor Sizga hurmat va ehtiromimni izhor etaman»; «Imkoniyatdan foydalanib, Sizga bo‘lgan hurmat va ehtiromimni yana bir bor izhor etaman»; «Mening hurmat va ehtiromimga yana bir bor ishonch bildirgaysiz» kabi.

  • So‘ng o‘ng tomonga kimdan, chap tomonga esa kimga yuborilayotgani yoziladi.

  • Imzo qo‘yilishdan avval ham hurmat ifodasi yozilishi mumkin:«Eng ezgu tilaklar ila»,«Kamoli ehtirom ila», «Hurmat va ehtirom bilan», «Sizga chuqur hurmat bilan» kabi.

Verbal notaning zaruriy kismlari:


  • Davlat gerbi tasviri tushirilgan maxsus qog‘ozga yoziladi.

  • Qog‘ozning yuqori chap burchagiga nota yo‘llayotgan hukumat, vazirlik, elchixona yoki davlat mahkamasining to‘liq nomi yoziladi va joriy raqami qo‘yiladi.

  • Matn bevosita asosiy qismdan boshlanadi va III shaxs nomidan yoziladi.

  • Matndan so‘ng nota yo‘llovchi davlat poytaxtining nomi va sana yoziladi.

  • Pastki chap burchagiga nota yo‘llanayotgan mahkama va o‘sha davlat poytaxtining nomi ko‘rsatiladi.

  • Nota Tashqi ishlar vazirligi yoki vakolatxonalar muhri bilan tasdiqlanadi.

  • Verbal notaga imzo qo‘yilmaydi.

Ilova xat.


  • Verbal notaga qo‘shimcha yoki javob tariqasida yoziladigan hujjat bo‘lib, unda biror masala bo‘yicha kengaytirilgan ma’lumotlar berilishi, avval yuborilgan notaga ma’lum tuzatishlar kiritilishi, kelishilayotgan shartnomalar muddatini belgilash yoki o‘zgartirish haqida xabar berilishi mumkin.

  • Ilova xatlar biror vakil orqali shaxsan topshirilishi ham, kurer (chopar) orqali jo‘natilishi ham mumkin. Ilova nota bilan qo‘shib yuborilsa, manzil va sana yozilmaydi. Agar alohida yuborilsa, jo‘natuvchining manzili va sana ko‘rsatilishi shart.

Download 21.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling