Diplomatik va tijorat yozishmalari Diplomatik hujjatlarga qo’yiladigan talablar
Download 21.05 Kb.
|
Diplomatik va tijorat yozishmalari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diplomatik hujjatlar o‘ziga xos
Diplomatik va tijorat yozishmalari Diplomatik va tijorat yozishmalariDiplomatik hujjatlarga qo’yiladigan talablaralbatta, javob talab qiladi Hujjatning qaysi turi yuborilgan bo‘lsa, shu turi bilan javob qaytarilishi shart Ular, asosan, davlat gerbi tasviri tushirilgan qog‘ozga yoziladi. Muhrni to‘g‘ri va o‘z o‘rniga qo‘yilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Muhr qiyshayib qolmasligi, undagi gerb tasviri, shuningdek, imzo ham aniq ko‘rinib turishi talab qilinadi. Diplomatik hujjatlar solib yuboriladigan xatjild xat (qog‘oz) hajmi bilan bir xil bo‘lishi kerak Diplomatik hujjatlarni pochta orqali yuborish tavsiya etilmaydi, ular shaxsan topshirilishi yoki kurer (chopar) orqali yuborilishi mumkin. Chopar xatjildni vakolatlangan shaxsga topshirishi va undan tilxat olishi kerak. Diplomatik hujjatlarda so‘zga e’tibor juda kuchli bo‘lmog‘i kerak. Ularning tili sodda, ravon bo‘lib, ko‘chma ma’nolardan xoli bo‘lmog‘i, so‘z mazmun bilan mutlaq mos bo‘lishi, undan boshqacha ma’no anglashilmasligi kerak. Diplomatik hujjatlar o‘ziga xosDiplomatik hujjatlar o‘ziga xosleksik uslubiy,grammatik,morfologik vasintaktik xususiyatlarga ega.L e k s i k u s l u b i y j i h a t d a ndiplomatik yozishmalar o‘z atamalar tizimiga, qoliplashgan turg‘un birikmalariga, sinonim, antonimlar kabi turli ifoda vositalariga ega. diplomatik yozishmalar, hissiybo‘yoqdor so‘zlarga boyligi, maqtov va iltifot so‘zlariga egaligi bilan ajralib turadi. notalarda «Janobi oliylari», «Hurmatli janob», «Sizga bo‘lgan yuksak hurmatimga ishonch bildirgaysiz» kabi hurmate’zoz so‘zlarining ko‘p qo‘llanishi unga do‘stonalik, oz qo‘llanishi esa rasmiy tus beradi Diplomatik yozishmalarda sinonimik qatorning ko‘proq uslubiy neytral so‘zlari emas, balki ijobiy hissiybo‘yoqli va kitobiy uslubga xos so‘zlari ko‘p qo‘llanadi. Chunonchi, bildiraman so‘zi o‘rnida izhor etaman, vaqt o‘rnida fursat, bir marta o‘rnida bir bora, mansab o‘rnida lavozim, rahmat o‘rnida tashakkur, xursand so‘zi o‘rnida mamnun so‘zlari qo‘llanadi. Diplomatik bayonnomada ko‘chma ma’noda qo‘llanuvchi turg‘un so‘z birikmalari, jumladan, bosh ustiga, boshimiz ko‘kka yetdi, ko‘nglingizni cho‘ktirmang, bir yoqadan bosh chiqarib, bir tanu bir jon bo‘lib kabi iboralar, shuningdek, xalq maqollari, hikmatli so‘zlar keng qo‘llanadi Download 21.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling