Diplomatik va tijorat yozishmalari


Download 85.59 Kb.
bet1/8
Sana17.01.2023
Hajmi85.59 Kb.
#1096702
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Diplomatik va tijorat yozishmalari

Diplomatik va tijorat yozishmalari

Diplomatik hujjatlarga qo’yiladigan talablar

  • albatta, javob talab qiladi
  • Hujjatning qaysi turi yuborilgan bo‘lsa, shu turi bilan javob qaytarilishi shart
  • Ular, asosan, davlat gerbi tasviri tushirilgan qog‘ozga yoziladi.
  • Muhrni to‘g‘ri va o‘z o‘rniga qo‘yilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Muhr qiyshayib qolmasligi, undagi gerb tasviri, shuningdek, imzo ham aniq ko‘rinib turishi talab qilinadi.
  • Diplomatik hujjatlar solib yuboriladigan xatjild xat (qog‘oz) hajmi bilan bir xil bo‘lishi kerak
  • Diplomatik hujjatlarni pochta orqali yuborish tavsiya etilmaydi, ular shaxsan topshirilishi yoki kurer (chopar) orqali yuborilishi mumkin.
  • Chopar xatjildni vakolatlangan shaxsga topshirishi va undan tilxat olishi kerak.
  • Diplomatik hujjatlarda so‘zga e’tibor juda kuchli bo‘lmog‘i kerak. Ularning tili sodda, ravon bo‘lib, ko‘chma ma’nolardan xoli bo‘lmog‘i, so‘z mazmun bilan mutlaq mos bo‘lishi, undan boshqacha ma’no anglashilmasligi kerak.

Diplomatik hujjatlar o‘ziga xos

Diplomatik hujjatlar o‘ziga xos

leksik­ uslubiy,

grammatik,

morfologik va

sintaktik xususiyatlarga ega.

L e k s i k ­ u s l u b i y j i h a t d a n

  • diplomatik yozishmalar o‘z atamalar tizimiga, qoliplashgan turg‘un birikmalariga, sinonim, antonimlar kabi turli ifoda vositalariga ega.
  • diplomatik yozishmalar, hissiy­bo‘yoqdor so‘zlarga boyligi, maqtov va iltifot so‘zlariga egaligi bilan ajralib turadi.
  • notalarda «Janobi oliylari», «Hurmatli janob», «Sizga bo‘lgan yuksak hurmatimga ishonch bildirgaysiz» kabi hurmat­e’zoz so‘zlarining ko‘p qo‘llanishi unga do‘stonalik, oz qo‘llanishi esa rasmiy tus beradi
  • Diplomatik yozishmalarda sinonimik qatorning ko‘proq uslubiy neytral so‘zlari emas, balki ijobiy hissiy­bo‘yoqli va kitobiy uslubga xos so‘zlari ko‘p qo‘llanadi. Chunonchi, bildiraman so‘zi o‘rnida izhor etaman, vaqt o‘rnida fursat, bir marta o‘rnida bir bora, mansab o‘rnida lavozim, rahmat o‘rnida tashakkur, xursand so‘zi o‘rnida mamnun so‘zlari qo‘llanadi.
  • Diplomatik bayonnomada ko‘chma ma’noda qo‘llanuvchi turg‘un so‘z birikmalari, jumladan, bosh ustiga, boshimiz ko‘kka yetdi, ko‘nglingizni cho‘ktirmang, bir yoqadan bosh chiqarib, bir tanu bir jon bo‘lib kabi iboralar, shuningdek, xalq maqollari, hikmatli so‘zlar keng qo‘llanadi

Download 85.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling