Diqqat degan so’zga ta’rif berib olsak. Diqqat – psixik faoliyatning biron-bir ma’lum narsaga yo’nalganligi va jamlanganligi


Download 39.93 Kb.
bet2/5
Sana28.12.2022
Hajmi39.93 Kb.
#1024083
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yoqubov.Sh

Liderlik (inglizcha: leader yetakchiboshlovchi soʻzidan)mumiy bir ishni bajarishda boshqalarning yordami va haraktini birlashtiruvchi ijtimoiy taʼsir jarayoni.
Jamiyatimizda "rahbar", "lider", "yetakchi", "sardor" kabi tushunchalar mavjud.
Aslida ularning barchasi bir ma'noni anglatadi hamda bir maqsad yo'lida xizmat qiladi. Shuning uchun rahbar va lider tushunchalari o'rtasida katta tafovutni aniqlash mushkul. Ularning vazifasi ham, mas'uliyati ham, xususiyatlari ham teng. Shunday bo'lishiga qaramasdan ulardan biri rasmiy boshqasi esa norasmiy hisoblanadi. Rahbar rasmiy, ya'ni qonunga muvofiq shu lavozimga tayinlangan. Lider bo'lsa norasmiy, ya'ni biror bir guruh tomonidan ularning xohishiga binoan saylangan shaxsdir. Bular liderlikning ikki xil ko'rinishlari. Ko'p hollarda, rahbar dastavval lavozimga, so'ngra shu lavozimi ortidan hurmatga erishsa, lider aksincha hurmat ortidan lavozimga erishadi. Lavozimi yuqori shaxs, ya'ni rahbar o'z-o'zidan liderlikka erishadi va qo'l ostidagilariga nima qilish kerakligini ta'kidlab turadi. Haqiqiy lider, undan farqli o'laroq, o'zining ortidan ergashuvchilarga nima qilish kerakligini ko'rsatib va unda o'zi ham ishtirok etib boradi.
Qachonki lideming safdoshlari uning borligiga, kuch-qudratiga va iste'dodlariga shubha bilan qarashmasa, unga ishonch bildirishsa lider eng katta kuchga ega bo'ladi.



  1. Savol: Rahbar qobiliyatining psixologik komponentlari va xususiyatlari nimalardan iborat?

Javob: Boshqarish muammolari ham bir qancha fanlar tomonidan o`rganildi, jumladan, falsafa, tarix, iqtisod, huquqshunoslik va psixologiya uning o`ziga xos tomonlarini ochish bilan shug`illanadi. Psixologiya boshqarishni ham ob`ekti, ham sub`ektini o`rganadi. Psixologik tadqiqotlarda o`rganiladigan olimlar jamoasi, alohida shaxs, ularning psixologik holatlari, ulardagi ayrim jarayonlar va vazifalari boshqaruv ob`ekti deb aytiladi. Boshqaruvning sub`ekti o`rganilganda esa odatda boshqaruvchi shaxs yoki odamlar guruhi nazarda tutiladi.


Psixologiya ko`proq boshqaruvchi shaxs faoliyatining psixologik asoslarini o`rganadi va shu asosda bo`ysunuvchilar ishlarini samarali tashkil etish, aniq va to`g`ri qarorlar qabul qilish uchun qanday psixologik holat va jarayonlarni o`zida tarbiyalash lozimligi kabi qator muammolarni echadi.
Shaxslarning boshliq funktsiyalari haqidagi tasavvurlari qanchalik xilma – xil bo`lmasin, boshliqdan real sharoitlarda odamlar guruhini aniq maqsad asosida faoliyatga yo`llash, ularga bosh bo`lish, turli tadbirlarni amalga oshirish, obruga ega bo`lish, har bir qilingan ish uchun javobgarlikni o`z bo`yniga olish kabi ko`plab sifatlarning mujassam bo`lishi talab qilinadi.


  1. Download 39.93 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling