Diqqat haqida tushuncha. Diqqatning fiziologik asoslari. Diqqatning turlari


Download 30.64 Kb.
bet1/6
Sana06.05.2023
Hajmi30.64 Kb.
#1434500
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-mavzu


Ma’ruza . DIQQAT.

Reja:

  1. Diqqat haqida tushuncha.

  2. Diqqatning fiziologik asoslari.

  3. Diqqatning turlari.

  4. Diqqatning xususiyatlari.


Tayanch iboralar:
Diqqat jarayonining mohiyati. Diqqatning turlari. Diqqatning xususiyatlari: hajmi, barqarorligi, to`planishi, ko`chishi va h.k. Pedagogik jarayonda diqqatning qonuniyatlarini hisobga olish. Diqqatning asoslanganligi (diqqat va motivatsiya). O`quv jarayonida diqqatning ob’ektiv xususiyatlarining roli va ularni hisobga olish: diqqat va darsni tashkil qilish, diqqat va qiziqish, diqqatni boshqarish, o`quvchi va pedagoglar diqqatini tarbiyalash. Diqqatning xususiyatlarini o`rganish metodlari.
DIQQAT HAQIDA TUSHUNCHA.
Diqqat - psixik faoliyatning yo`naltirilishi va shaxs uchun ma’lum ahamiyatga ega bo`lgan ob’ekt ustida to`planishidan (barqaror yoki situatsiyali to`planishidan) iboratdir. Yo`naltirilishi deganda psixik faoliyatning tanlovchanlik xarakteri, ob’ektni ixtiyoriy yoki beixtiyor tanlash tushuniladi. Masalan maktab o`quvchisining biron boshqa narsaga chalg’imasdan, o`quv materialining mazmuniga zehn qo`yib o`tirishda uning psixik faoliyatning yo`nalishi ifodalanadi.
Psixik faoliyatning yo`nalishi deganda, faqat ana shu faoliyatni tanlashgina tushunilib qolmay, balki ana shu tanlanganini saqlab qolish va qo`llab-quvvatlash ham tushuniladi.
Diqqat psixik faoliyatning yo`naltirilishi bilan birga, uning TO`PLANIShINI ham taqozo qiladi. Psixik faoliyatning bir joyga to`planishi - mazkur faoliyatga hech qanday aloqasi bo`lmagan hamma boshqa narsalardan, boshqa hamma faoliyatdan diqqatni chalg’itish demakdir. Diqqatni bir joyga to`plash deganda, mazkur faoliyatga butunlay berilish, unga ozmi-ko`pmi chuqur e’tibor berish tushuniladi. Masalan murakkab va zarur o`quv materialini o`qish va tushunish diqqatni to`plashsiz amalga oshmaydi.
DIQQATNING FIZIOLOGIK ASOSLARI
Diqqatning fiziologik mexanizmlari ma’lum nerv markazlarining qo`zg’alishi va miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan bog’liqdir. Bu mexanizm sub’ekt (organizm) uchun ahamiyatli bo`lgan qo`zg’atuvchilarni ajratishni, psixik faoliyatning yo`nalganligini ta’minlaydi. Bunday yo`naltirilishga ORIENTASIYa (tushunib olish) refleksini misol qilib keltirish mumkin. Har qanday yangi qo`zg’atuvchi (agar u yetarli darajada kuchli bo`lsa) bu refleksni, I.P.Pavlov aytganidek, "nima u" degan refleksni keltirib chiqaradi. Bu sodda turdagi diqqatning fiziologik asosidir.
Tadqiqotlarning ko`rsatishicha, orientatsiya (tushunib olish) refleksi paydo bo`lgan paytda xuddi uyqudan uyg’onib bedorlikka o`tishdagidek o`zgarish hosil bo`ladi. I.P.Pavlov tomonidan kashf qilingan nerv jarayonlarining INDUKSIYaSI qonuni diqqatning fiziologik asoslarini tushunib olish uchun muhim ahamiyatga ega. Nerv jarayonlarining INDUKSIYaSI qonuniga asosan bosh miya po`stining bir joyida maydonga kelgan qo`zg’alish jarayonlari bosh miya po`stining boshqa joylarida tormozlanish jarayonlarini yuzaga keltiradi. Va aksincha bosh miya po`stining bir joyida yuzaga kelgan tormozlanish jarayoni bosh miya po`stining boshqa joyida kuchli qo`zg’alishni yuzaga keltiradi.
A.A.Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan DOMINANTLIK printsipi ham diqqatning fiziologik asoslarini tushunishda muhim rol o`ynaydi. Bu printsipga asosan, miyada qo`zg’alishning har doim ustun turadigan hukmron uchog’i mavjud, bu hukmron qo`zg’alish uchog’i ayni paytda miyaga ta’sir qilib, unda yuzaga kelayotgan hamma qo`zg’alishlarni qandaydir ravishda o`ziga tortib oladi va buning natijasida boshqa qo`zg’alishlarga nisbatan uning hukmronligi yanada oshib boradi. Bunday qo`zg’alish uchog’ining paydo bo`lish asosi mazkur qo`zg’atuvchining kuchigagina bog’liq bo`lmay, balki nerv tizimining ichki holatiga ham bog’liq bo`ladi. Bu hol psixologik jihatdan biror qo`zg’atuvchilarga diqqatning qaratilishi va ayni chog’da ta’sir qilib turgan boshqa qo`zg’atuvchilardan chalg’ishda ifodalanadi.

Download 30.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling