Diqqat haqida tushuncha. Diqqatning fiziologik asoslari. Diqqatning turlari


Download 30.64 Kb.
bet3/6
Sana06.05.2023
Hajmi30.64 Kb.
#1434500
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-mavzu

IXTIYORIY DIQQAT.
Ko`zlangan maqsad va qabul qilingan qaror tufayli ma’lum bir ishni bajarish lozimligini bilar ekanmiz, bunday holda diqqatning yo`nalishi va to`planishi ixtiyoriy xarakterga ega bo`lishi mumkin. Bunday paytda diqqatimizni bajarayotgan ishimizga qaratishni maqsad qilib qo`yamiz. Diqqatimiz ongli suratda boshqariladi. Ixtiyoriy diqqatda biz diqqatimizni qaratish uchun o`z oldimizga ongli suratda maqsad qo`yamiz, qiyinchiliklarni yengib, diqqatni to`plash uchun kurashib, har qanday boshqa narsalarga berilmaslik uchun iroda kuchini sarflab, diqqatimizni ongli suratda biror ishga qaratamiz. Ixtiyoriy diqqatning xarakterli xususiyati xuddi mana shu maqsad ko`zlashda, irodaviy zo`r berishda nomoyon bo`ladi.
Ixtiyoriy diqqat irodamizning nomoyon bo`lishidir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan sifat jihatdan farq qiladi. Ixtiyoriy diqqat jarayonida ham yuqorida keltirilgan ixtiyorsiz diqqatni keltirib chiqaruvchi sabablarning ta’siri juda kuchli. Ammo bu sabablar bevosita emas, balki bavosita ta’sir qiladilar. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan kelib chiqqan.
MUVOFIQLASHTIRILGAN IXTIYORIY DIQQAT.
Ixtiyoriy diqqatdan tashqari, diqqatning yana bir turini qayd etib o`tish lozim. Bu diqqatning ixtiyoriy diqqat kabi maqsadga qaratilgan turi bo`lib, lekin doimiy irodaviy zo`r berishni talab qilmaydi. Diqqat avval boshda ixtiyoriy bo`ladi. Kishi biror faoliyatni bajarishga o`zini majbur qiladi, keyinchalik ishga kirishib, qiziqib ketadi va uning diqqati ixtiyorsiz diqqatga aylanadi. Diqqat avval boshda ixtiyoriy edi, keyin esa ixtiyorsizga aylandi. Shu sababli diqqatning bu turi ixtiyoriydan keyingi ixtiyorsiz diqqat ham deb yuritiladi.
DIQQATNING XUSUSIYATLARI.
Diqqat ko`p tomonli jarayondir. Uning asosiy xususiyatlaridan diqqatning BARQARORLIGI VA TEBRANISHIGA to`xtalib o`tamiz.
Diqqatning davomiyligi va uning tebranishi nimalarga bog’liq. Ayrim tadqiqotchilar diqqatning davomiyligini sof biologik ritm (tebranish)lar bilan bog’lashga intilganlar. Diqqatning tebranishi odatda bilinar-bilinmas qo`zg’atuvchilar orqali o`rganilgan. Masalan, soatning chiqillashiga quloq solsak ovoz ba’zan kuchayadi, ba’zan kuchsiz eshitiladi. Bu tebranishlar bir qadar barqaror xarakterga ega. Ularning davomiyligi 1,5 sekunddan 2,5 sekundgacha yetadi. Bu tebranishning mexanizmi diqqatning tebranishi bilan emas, balki sezgi a’zolarining vaqti-vaqti bilan toliqishi va ularning o`zidagi biologik tebranish bilan bog’liqdir.
Boshqa tomondan esa diqqatning tebranishi, yetarli darajada barqaror bo`lmasligi diqqatning ob’ekti bilan ham bog’liq. Masalan, diqqatni biror harakatsiz narsa ustida uzoq vaqt to`xtatib turib bo`lmaydi.
Diqqatning o`zgaruvchanligi va tebranishi ikkilanma (masalan, kesik piramida tasviri) tasvirlarda yaxshi ko`rinadi. Agar diqqatimiz biror o`zgaruvchan faoliyatga yo`naltirilgan bo`lsa, masalan koptok o`yinini tomosha kilayotgan bo`lsak, diqqatni barqaror emas deya olamizmi? Yo`q, bu holda diqqatimiz dinamik xarakterga ega bo`lgan bir ob’ektga nisbatan barqaror yo`naltirilgan. Garchi diqqat biron ob’ekt ustida uzoq vaqt davomida to`xtab tura olmasa ham, lekin diqqat uzoq vaqt davomida bitta faoliyatning o`zida to`planib turishi mumkin.
Diqqatning barqarorligi uchun bajarilayotgan faoliyatning aktivligi nihoyatda katta ahamiyatga ega.
Diqqatning barqarorligi - uning biror ob’ekt ustida uzoq vaqt davomida to`planib turishini ko`rsatuvchi xususiyatdir.

Download 30.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling