Diqqat yetishmasligi va giperaktivlik sindromi


XKT-10 tasnifiga koʻra DEHB diagnostikasi mezonlariTahrirlash


Download 46.29 Kb.
bet5/10
Sana18.06.2023
Hajmi46.29 Kb.
#1586551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
giperaktiv

XKT-10 tasnifiga koʻra DEHB diagnostikasi mezonlariTahrirlash


Kasalliklarning xalqaro tasnifi 10-reviziyada (ICD-10) diqqat yetishmasligi giperaktivligi buzilishi diagnostik mavzusiga „faoliyat va eʼtiborning buzilishi“ sarlavhasi (F90.0) kiritilgan.
Diqqat yetishmasligi giperaktivligi buzilishi diagnostikasi uchun kasallikning umumiy mezonlari (F90) toʻliq bajarilishi kerak, xatti-harakatlarning buzilishi F91 bundan mustasno.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsa, diagnostika uchun quyidagi guruhlarning ayrim belgilarini aniqlash kerak („giperkinetik buzilishlar“ ning umumiy mezonlari — F90): eʼtiborsizlik (tafsilotlarga eʼtibor bermaslik, koʻrsatmalarga rioya qilmaslik yoki maktab vazifalarini bajara olmaslik). Giperaktivlik (tana aʼzolarining notinch harakatlari, joyida tebranish, oʻtira olmaslik, notoʻgʻri vaziyatlarda yugurish yoki biror joyga tirmashish, oʻyinlarda shovqinning koʻpligi va boshqalar) va impulsivlik (savollar tugashini kutmay javob berish, navbatda turolmaslik, ijtimoiy cheklovlarga adekvat javob bermasdan vaysash, boshqalarni tez-tez gapini boʻlib turish va suhbat paytida oʻyinlarga berilish)[14].
Kasallik 7 yoshdan oldin boshlangan boʻlishi, uning davomiyligi kamida 6 oy boʻlishi va bemorning intellekt koeffitsiyenti (IQ) 50 dan yuqori boʻlishi kerak[14].

Kattalardagi DEHBTahrirlash


Bolaligida DEHB tashxisi qoʻyilmagan koʻplab kattalar ularning yahshi eʼtibor qarata olmasliklari, yangi materialni oʻrganishdagi qiyinchiliklar, atrofdagi olamni kashf qilish va shaxslararo munosabatlarning yomonlashishi DEHBning sabablari ekanligini tushunishmaydi.
2006-yilgi Amerikada boʻlib oʻtgan uch mingdan ozroq odamni oʻz ichiga olgan tadqiqotida („Harvard tadqiqoti“ deb ataladi), tadqiqot olib borayotgan olimlarga kattalar populyatsiyasida 4,4 % DEHBning kutilayotgan tarqalishini hisoblash imkonini berdi (DSM-IV mezonlari boʻyicha tashxis). DEHBning yuqori tarqalish sub’ekti etnik jihatdan yevropalik, ishsiz, uylangan erkaklarda aniqlangan[15]. Biroz oldinroq oʻtkazilgan tadqiqotda (AQSh, 966 ta yoshi katta odamlardan iborat) voyaga yetganlar orasida DEHB tarqalishi tor maʼnoda 2,9 % boʻlgan (DSM-IV mezonlari boʻyicha oʻrnatilgan Narrow ADHD) va DEHB uchun esa keng maʼnoda 16,4 % deb belgilangan (tashxis qoʻshimcha, chegaradan past mezonlarni hisobga olgan holda qoʻyilgan)[16]. Yosh ulgʻaygan sayin kattalarda DEHB taralishi kamayadi.
Kattalardagi DEHBning tarqalishi komorbid psixologik muammolar va kasalliklarning mavjudligiga sezilarli darajada bogʻliq: 2007-yilda Meksikada oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, aholidan DEHB mavjud yo yoʻqligini soʻralganlarning 5,37 foizida (149 kishi tekshirilgan) va Psixotik boʻlmagan psixiatrik kasalliklarga chalingan psixiatrik ambulatoriya bemorlarining (161 kishi tekshirilgan)16,8 foizida aniqlangan. Shunisi eʼtiborga loyiqki, psixiatrik bemorlarda DEHB tarqalishidagi jins farqlari umumiy populyatsiya va bolalarda aniqlangan DEHBga nisbatan „teskari“ boʻlib chiqdi: DEHB pxixiatrik beʼmorlarda ayollarning 21,6 foizida va faqat 8,5 erkak bemorlarda aniqlangan.
Ruhiy kasalliklarning DSM-IV klassifikatorini yaratishga rahbarlik qilgan Amerikalik psixiatr Allen Frensis kattalardagi DEHB tashxisiga nisbatan oʻta salbiy fikr bildirdi. Uning fikriga koʻra, tashxis chegaralari shunchalik loyqaki, yaʼni zerikarli va qiziq boʻlmagan ishlar bilan shugʻullanishdan norozi boʻlgan koʻplab oddiy odamlarga anashu tashxis asossiz ravishda berilishi mumkin. Tashxis insonning diqqatni jamlash va vazifalarni bajarish qobiliyati haqidagi sub’ektiv fikriga asoslanganligi bilan vaziyat yanada ogʻirlashadi. Bundan tashqari, Allen Frensis baʼzida DEHB belgilaridan shikoyat qilgan odamlarda bipolyar affektiv buzuqlik yoki depressiya boʻlishi mumkinligi haqida qaygʻuradi. Bunday holda, DEHB davolashda keng tarqalgan psixostimulyatorlarni tavsiya qilish faqat vaziyatni yomonlashtirishi mumkin[17].
Ingliz psixiatri Joanna Monkriffning taʼkidlashicha, kasallik va buzilishning odatiy mezonlari kattalardagi DEHB taʼrifiga toʻgʻri kelmaydi, chunki bu holatning oʻzi aqliy meʼyordan farq qilmaydi. Monkriffning fikricha, kattalardagi DEHB diagnostikasi koʻpayishi ortida oʻz dori vositalarini targʻib qiluvchi farmatsevtika kompaniyalarining moliyaviy manfaatlari turibdi. Psixostimulyatorlarning taʼsiri odatda odamlar tomonidan yoqimli his qilinadi va shuning uchun baʼzilari ushbu dorilarni qabul qilish uchun ularda DEHB borligini daʼvo qilishadi.

Download 46.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling