Diqqatning rivojllanishi Keys bayoni
Download 16.83 Kb.
|
26-mavzu keys
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muammoli masalalar
- Muammoning yechimi.
Diqqatning rivojllanishi Keys bayoni. 5-sinfda adabiyot darsi ketyapti. Doskada Kochkarov Bilol javob bermoqda. Uni barcha bolalar diqqat bilan tinglashmoqda. Javob beruvchi biroz tutilib qoldi deguncha darrov barcha bolalar qo’llarnini yuqoriga ko’tarib, betoqatlik bilan o’qituvchini e’tiborini tortishga, do’stidan avval to’g’ri javobni berishga intilishmoqda. Bu holatdan sarosimaga tushgan Bilol esa tobora ko’p adashib hatoliklarga ko’proq yo’l qoymoqda. Biroz vaqtdan so’ng sinfda shovqin ko’tarilib Bilol butunlay javob berishdan to’xtadi ovozi chiqmay qoldi. O’qituchi esa vaziyatni avvalida idora etib turdi lekin sovqin ko’tarilgan boshqa boladan davom ettirishni so’radi. To’g’ri javob olingach, o’qituvchi Bilolga qarab boshida yaxshi boshlagan eding yaxshi tayyorlanmapsan, kelasi safar puxta tayyorlanib kelgin dedi. Muammoli masalalar: Bunday vaziyatda doskaga chiqarib og’zaki javob so’rashning samarasini baholang. O’qituvchi darsni bunday usulda tashkil etishidan qanday ta’limiy va tarbiyaviy maslalarni qo’yadi. O’quvchilarni og’zaki so’rashning samaradorligini oshirish va yuqoridagi vaziyat yuzasidan tahlil keltiring. Muammoning yechimi. Darsda doskaga chiqarib so’rash orqali bolalarni yanada o’zlarini erkin tutishga. Ko’pchilik oldida nutq so’zlay olish malakasini shakllantirishga sabab bo’ladi. Bu usul juda samarali bo’lib doskada javob bergan o’quvchi o’ziga nisbatan ishonch tuyg’usi yuksaladi. Darslarda yanada faol bo’lishga intiladi. O’qituvchi tanlagan usul bolalarni tartib intizomlilikka, jamoani tinglash madaniyatini shakllantirishga olib keladi. Ta’limiy jihatdan o’quvchilar faolligi sababli darsda o’tilgan mavzu to’liq o’zlashtiriladi va o’quvchilar o’rtasida mavzu yuzasidan fikr almashinishiga olib keladi. Bunday tashkil etilgan darslar ta’sirida o’quvchilarning malakalari ortadi va dunyoqarashlari kengayadi. Yuqoridagi vaziyat yuzasidan o’qituvchida biroz e’tiborlilik yetishmasligi yoki zaifligini ko’rish mumkin. Agar o’qituvchi sinfni tinchlantirish javob berayotgan o’quvchini javobini to’liq berishiga imkon yaratib bera olganida Bilol darsni boshqa bir ruhda yakunlagan bo’lardi. Bu vaziyat bola psixologiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatishi, uni darsga nisbatan mehrini kamaytirishi, o’ziga bo’lgan ishonchini susaytirishi mumkin. Bunday holatga tushgan bola ke;asi safar jovob berishdan tortinishi yoki hayqishi kuzatiladi. Agar o’qituvchi biroz yordamchi bo’lib Bilolni rag’batlantirib qo’yganida edi u holatda Bilol umuman boshqa ruhda darsni tamomlardi. Bergan javobidan qoniqish his qilardi. Bu esa uning kelasi darsda yanada faol bo’lishiga omil bo’lib hizmat qilardi. Download 16.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling