Diqqatning taqsimlanishi va obrazli xotira reja: Diqqatning taqsimlanishi Obrazli xotira


Download 18.65 Kb.
bet3/4
Sana17.12.2022
Hajmi18.65 Kb.
#1026635
1   2   3   4
Bog'liq
DIQQATNING TAQSIMLANISHI VA OBRAZLI XOTIRA

Ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotira. Faoliyat maqsadiga ko‘ra xotiraning ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlari farqlanadi. Muayyan maqsadsiz biron-bir narsani esda olib qolish va eslash ixtiyorsiz esda olib qolish, ixtiyorsiz ravishda qayta esga tushirish ixtiyorsiz xotira deyiladi. Biz o‘z oldimizga biron maqsad qo‘yib esda olib qolganimizda ixtiyoriy xotira haqida gap boradi. Ixtiyoriy ravishda esda olib qolish va esga tushirish jarayonlarida maxsus mnemik («mneme» lotincha so‘z bo‘lib xotira degan ma’noni bildiradi) harakatlar tarzida amalga oshiriladi.
Qisqa muddatli va uzoq muddatli xotira.Operativ xotira.
Ma’lum bir materialni esda olib qolish uchun va uni xotirada mustahkamlash uchun u sub‘ekt tomonidan tegishli ravishda ishlab chiqilishi lozim. Bunday ishlab chiqish ma’lum mikdorda vaqt talab qiladi. Bu vaqt izlarni konsolidatsiyalash (lotincha «consolidatio» so‘zidan olingan bo‘lib, mustahkamlash degan ma’noni anglatadi) vaqti deb ataladi. Biz ma’lum dakika davomida Hozir bevosita idrok qilmayotgannarsalarni guyo ko‘rishda, eshitishda davom etamiz (xuddi ko‘z o‘ngimizda turganday yoki qulog‘imizga eshitilayotganday bo‘laveradi). Bu protsesslar beqaror va o‘zgaruvchan bo‘lib, qisqa muddatli xotira deb nom olgan. Juda ko‘p takrorlashlar, qayta tiklashlar natijasida materialni uzoq muddat davomida esda saqlab qolish harakaterli bo‘lgan uzoq muddatli xotiradan farq qilgan holda, qisqa muddatli xotira bir marta hamda hamda juda qisqa vaqt oralig‘ida idrok qilish va shu ondayoq qayta tiklashdan so‘ng juda qisqa muddatli esda olib qolish bilan harakaterlanadi.
Qisqa muddatli xotira atamasi o‘rinda adabiyotlarda, ko‘pincha, uning turli sinonimlari-«bir lahzalik», «dastlabki», «zudlik», «qisqa vaqtli» va shu kabi atamalar qo‘llaniladi.
Operativ xotira tushunchasi inson tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan aktual harakatlar, operatsiyalar uchun xizmat qiluvchi mnemik jarayonlarni bildiradi. Masalan, arifmetik amalni bajarayotganda biz oraliq natijalarni «yodimizda» saqlab turamiz. Ishlatilgan, ishlangan materialar esa esdan chiqarib yuborilaveradi. Ish tugatilgach ko‘pincha barcha informatsiyalar esdan chiqarib yuboriladi. Shu sababli xotiraning bu turini «ishchi» xotira ham deb yuritildai.

Download 18.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling