"Direkt-kosting" tizimi bo'yicha xarajatlarni hisobga olish
Download 12.59 Kb.
|
Direkt
"Direkt-kosting" tizimi bo'yicha xarajatlarni hisobga olish Korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotni tannarxini pasaytirish va samarali boshqarish tannarxini aniqlashning zamonaviy tizimlarini amaliyotga joriy qilishni taqozo etadi. "Direkt-kosting" hisob tizimi ham respublikamiz buxgalteriya hisobi 63 uchun yangi tizimlardan hisoblanib, bugungi kunda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda keng qo'llanilmoqda. Germaniya va Avstraliyada mazkur usul "qisman xarajatlar hisobi" deb ataladi. Britaniyada u "marjinal xarajatlar hisobi", Frantsiyada — "marjinal buxgalteriya" yoki "maijinal hisob" degan nomlarni olgan. O‘zbekistonda esa "cheklangan, to'liq bo'lmagan yoki qisqartirilgan tannarx hisobi" tushunchalari qo'llamhb kelmoqda. G‘arb mamlakatlarida marjinal daromad usulidan ishlab chiqarishni (ekstensiv)rivojlantirish modeli o'rniga yangi model — intensiv rivojlanish modeli sifatida foydalanila boshlandi. Bunday modeldan foydalanish, o‘z navbatida, xarajatlami bevosita va bilvosita, asosiy va qo'shimcha, doimiy va o'zgaruvchan xarajatlarga aniq bolishni va shu asosda boshqarishning strategik vazifalarini hal etishni talab qiladi. Shuni nazarda tutish kerakki, "Direkt-kosting" tizimining paydo bo'lishi sof buxgalteriya hisobi bilan bogliq edi. Hisob xodimlari o‘sha davrda shunday xulosaga kelishdiki, barcha xarajatlar mazkur hisobot davriga va shu davrdagi ishlab chiqarilgan mahsulot bilan bog‘liq, ya’ni, ular mahsulot sotilgandagi hisobot davriga tegishli bolishi lozim. "Direkt-kosting" tizimining asosiy maqsadi korxona xarajatlarini ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishiga bog'liq holda doimiy va o'zgaruvchan xarajatlarga bo'lishdan iborat. Dastlabki bosqichda tannarxga faqat o'zgaruvchan xarajatlar kiritilar edi, doimiy xarajatlar esa korxonaning moliyaviy natijalariga hisobdan chiqarilar edi. Direct-Costing-System (bevosita xarajatlar hisobi tizimijning nomi ham shundan kelib chiqqan, keyinroq "Direkt-kosting" tizimi shunday hisob tizimiga aylandiki, unda tannarx faqat bevosita ozgaruvchan xarajatlar qismida hisob qilinadiganbo'ldi. Mazkur nomdagi bir qator shartliliklar ana shundan kelib chiqqan. Amaliyotda "Direkt-kosting" tizimini turli variantlarda qo'llash imkoniyati mavjud. Bevosita xarajatlar bo‘yicha kalkulatsiyalashni ko‘zda tutuvchi klassik "Direkt-kosting" tizimida xarajatlami kalkulatsiyalash o'zgaruvchan xarajatlar bo'yicha amalga oshiriladi. Bunda ishlab chiqarish quvvatlaridan oqilona va toliq quvvati bo‘yicha foydalanish xarajatlarini kalkulatsiyalash jarayoniga barcha o'zgaruvchan xarajatlar hamda umumishlab chiqarish xarajatlarining bir qismi kiradi. Bulaming barchasi ishlab chiqarish quwatidan foydalanish koeffitsientiga muvofiq aniqlanadi. "Direkt-kosting" hisob tizimida moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot tizimidagi ko'rinishda aks ettiriladi. 64 3.2.-jadval "Shahrixonsut" HJning 2003 yilgi ma’lumotlari asosida 'Direkt-kosting" va mahsulotning to‘liq tannarxini hisoblash tizimlari bo‘yicha korxona moliyaviy natijasini aniqlashning qiyosiy ko'rinishi “Direkt-kosting” tizimi bo'yicha Summa Ц To‘liq tannarx usuli bo'yicha Summa 1. M a h s u lo t (to v a r , ish va x iz m a t)n i s o tis h - d a n tu s h g a n tu sh u m 358357 1. M a h su lo t (to v a r , ish va x iz m a tjn i s o tis h d a n tu s h g a n tu s h u m 358357 2. O 'z g a r u v c h a n x a r a ja tla r (sotilga n m a h su lo t (tovar, is h , x iz m a tjn in g t a n n a r x i) 288916 2. S o tilg a n m a h s u lo tla r - n in g to 'liq ta n n a r x i 334484 3. M arjin al d a rom a d (lq -2 q ) (m a h s u lo t (to v a r , ish, x iz m a tjn i s o tis h n in g y a lp i fo y d a s i (z a r a r )) 69441 3. A s o s iy (o p e r a t s i o n ) fo y d a (z a r a r ) 23873 4. D o im iy x a r a ja tla r (d a v r x a r a ja tla r i) 45568 5. A s o s i y (o p e r a t s i o n ) fo y d a (z a r a r ) 23873 Jadval ma’lumotlari moliyaviy natijani aniqlash tartibidan kelib chiqib "Direkt-kosting" hisob tizimi va mahsulotning to‘liq tannarxi o‘rtasidagi farqli jihatlarni ifoda etadi. Shunday qilib, "Direkt-kosting" hisob tizimi quyidagi xususiyatlarga ega: — hisobni birinchi navbatda marjinal daromad, ya’ni, oraliq moliyaviy natijani aniqlashga yo‘naltirilishi; — mahsulotni faqat o‘zgaruvchan xarajatlar nuqtai-nazaridan hisobga olish va ishlab chiqarish tannarxini aniqlash; — korxona bo'yicha doimiy xarajatlar hisobi va ularni yakuniy moliyaviy natijani aniqlash uchun operatsion foydani kamaytirishga qaratish; — bahoni tezkor boshqarish jarayoni asosi sifatida marjinal daromadni aniqlash; — sotish hajmi, tannarx va foyda o'rtasidagi o'zaro bog‘liqlik va munosabatni aniqlash; — zararsizlik nuqtasini belgilash. "Direkt-kosting" hisobi tizimining asosiy afzalliklari quyidagilar: — mahsulot tannarxini hisoblashdagi soddalashtirish va aniqlik 65 (chunki, tan n arx faqat o ‘zgaruvchan xarajatlar qism idagin a rejalashtiriladi va hisobga olinadi); — mahsulot turlari o'rtasida doimiy xarajatlarni shartli taqsimlash uchun murakkab hisob-kitoblar qilinmasligi (ular mahsulot tannarxi tarkibiga kiritilmaydi va moliyaviy natijalar hisobidan qoplanadi); — rentabellik darajasi (zararsizlik nuqtasi, sotish hajmi), mahsulot bahosining quyi chegarasini aniqlash imkoniyati; — mahsulotning xilma-xil turlari boVicha rentabellik darajasini qiyosiy tahlil qilish imkoniyati; — mahsulot ishlab chiqarish va sotishning qulay dasturini aniqlash imkoniyati; — o‘zi ishlab chiqargan mahsulot yoki xizmatlar hamda ulami chetdan sotib olishdagi tanlov imkoniyati. "Direkt-kosting" hisob tizimi rahbarlarga korxona miqyosida va turli mahsulotlar bo‘yicha marjinal daromadning o'zgarishiga e’tiborni kuchaytirishga imkon beradi, bunda yuqori rentabelli mahsulotni aniqlashda sotish bahosi va o'zgaruvchan xarajatlar summasi o‘rtasidagi tafovut alohida mahsulotlar tannarxiga doimiy xarajatlarni kiritish natijasida yashirinib qolmaydi, mazkur tizim bozor sharoiti o'zgarishiga javoban xaridorgir mahsulotlarni tez ilg‘ab olish imkonini beradi. Erkin bozor raqobati sharoitida "Direkt-kosting" hisob tizimi korxonani boshqarish tizimi — marketingning tarkibiy qismiga aylanadi. Bundan tashqari, "Direkt-kosting" hisob tizimi doimiy xarajatlar ustidan tezkor nazorat o'rnatishga ko'maklashadi, chunki tannarxni nazorat qilish jar ayonida standard (normativ) xarajatlar ("Direkt-kosting" hisob tizimi "Standart-kost" tizimi bilan birgalikda tasbkil etiladi) yoki moslasbuvchan smetalardan foydalaniladi. Modomiki, "Direkt-kosting" tizimida standartlar qo'llanilar ekan, bunda o'zgaruvchan va doimiy xarajatlarga normalar belgilanadi. Shuni nazarda tutish kerakki, toTiq tannarx hisobi tizim ida qo'shim cha xarajatlar taqsim lanm agan summasining bir qismi bir hisobot davridan boshqasiga o‘tadi, shu bois, ularni nazorat qilish sustlashadi. Bunday holda "Direkt-kosting" tizimi qo‘shim cha x a ra ja tla r ta qsim lan ish in in g m eh n attalabligin i kamaytirishga yordam beradi. Shuningdek, "Direkt-kosting" tizimining nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq qilish unga xos bodgan quyidagi kamchiliklarni aniqlashga imkon beradi: — raqobat kurashida baholami sun’iy ravishda pasaytirish kuzatilsa, doimiy xarajatlar marjinal daromad hisobidan qoplanishi mumkin bodmaydi, ya’ni, korxona zarar ko‘ra boshlaydi. 66 — "Direkt-kosting" tizimi muxoliflarining fikricha, bu tizim ishlab cliujarilgan mahsulotning to‘liq tannarxini schetlar tizimida aniqlash mushkul. Shu bois, tayyor m ahsulot yoki tugallanm agan ishlab chiqarishning to‘liq tannarxini aniqlash zarur bo‘lganda shartli-doimiy xarajatlarni qo‘shimcha tarzda taqsimlash talab etiladi. — faqat ishlab chiqarish tannarxi, ya’ni, moddalami qisqartirilgan nomenklatura nuqtai-nazaridan hisob olib borish hisob talablariga javob bermaydi, chunki bunda zaruriy mahsulotning tola tannarxi hisob-kitob qilinmaydi. "Direkt-kosting" tizimini 0 ‘zbekiston korxonalarini boshqarishda qollashning imkoniyatlari va maqsadga muvofiqligini tahlil etish tadqiqotning navbatdagi bosqichi hisoblanaai. Mustaqillik yillarigacha mahsulotning to‘liq tannarxini kalkulatsiya qilish 0 ‘zbekiston buxgalteriya hisobi uchun an’anaviy hisoblangan. Undagi hisob mahsulotning toliq tannarxi haqida ma’lumotlar olishga qaratilgan. Bu variantda mahsulot tannarxi doimiy va o‘zgaruvchan, asosiy va qo‘shimchalarga, bevosita va bilvosita, uzluksiz ishlab chiqariladigan va davriyga bolinishidan qat’i nazar, unga korxonaning barcha xarajatlari kiradi. Bevosita mahsulotga taalluqli bolmaydigan xarajatlar hisobot davri mobaynida yig'ib-taqsimlovchi schetlarda to‘planadi, so‘ngra hisob siyosati bo'yicha tasdiqlangan bazaga mutanosib ravishda mahsulot tannarxiga olkaziladi, biroq bu variantda mahsulot birligi tannarxi mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘zgarganda o‘zgarishi hisobga olinmaydi. Agar korxona mahsulot ishlab chiqarish va sotishni kengaytirsa, mahsulot birligi tannarxi pasayadi, agar korxona mahsulot ishlab chiqarish hajmini qisqartirsa, tannarx o‘sadi. Bunday sharoitda 0 ‘zbekiston korxonalarida "Direkt-kosting" tizimini qollash zarurligi va maqsadga muvofiqligi dolzarb bo‘lib qoladi. "Direkt-kosting" tizimi elementlarini respublikamiz amaliyotida qollashda 1994-yil burilish davri bo‘ldi. Bunda korxonalar asta-sekin tannarxni kalkulatsiya qilishning 0 ‘zbekiston hisobi uchun noan’anaviy bolgan usulini o‘zlashtira boshladilar. Bu usul "Direkt-kosting" tizimi asosida joriy qilina boshladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26 martda 164-sonli "O‘zbekistonda buxgalteriya hisobi va hisoboti to‘g‘risidagi N izom ni tasdiqlash va bu xga lteriya h isobi sch etlar tizim in i takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarori asosida buxgalteriya hisobini rivojlantirish bo‘yicha bir necha qadamlar qo‘yildi. Xususan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan va BMTning xalqaro ekspertlari ishtirokida ishlab chiqilgan "M ahsulot (ish, 67 xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalami shakllantirish to‘g‘risida"gi Nizom (1995-yil 27 yanvar) qabul qilindi. Shundan so‘ng, 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1995- yil 4 apreldagi 17-02/'28-sonli Yo‘riqnomasi tasdiqlanib, unda ma’muriy boshqaruvga oid xarajatlar "Davr xarajatlari" deb atalishi va ular "Foyda va zararlar" schetiga hisobdan chiqarilishi belgilab qo'yildi. Albatta, bu tarixga aylangan haqiqat, biroq shu davrdan boshlab 0 ‘zbekistonda "Direkt-kosting" tizimi va maijinal daromad kontseptsiyasiga asos solindi, desak, m ubolag'a bo'lmaydi. Mazkur qoida 21-BHM Sga asosan, buxgalteriya hisobida qo'sbimcha xarajatlar 9000-"Asosiy (operatsion) faoliyatdan olingan daromadlar hisobi" schetlarining debeti va 9400-"Davr xarajatlari hisobi" schetlarining krediti bo‘yicha qayd etilishini nazarda tutgan. Download 12.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling