Dirijorlikda o’ng va chap qo’lning mohiyati
X O R D A G I A N S A M B L L A R
Download 451.5 Kb.
|
Dirijorlikda o’ng va chap qo’lning mohiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsiy ansambl. 2. Vertikal ansambl. Gorizontal ansambl.
- Vertikal ansambl
- TABIIY
- Tabiiy ansabl
X O R D A G I A N S A M B L L A R.
Ansambl - so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, birgalikda ijro qilish degan ma’noni anglatadi. Musiqada ikki va undan ortiq sozanda yoki xonandalarning birgalikda bir asarni ijro qilishlariga ansambl deb aytiladi. Ansambl atamasi ba’zida ayrim guruhlarga ham beriladi. Masalan: O’zbekiston teleradio kompaniyasi qoshidagi «MAQOMCHILAR ANSAMBLI», «DUTORCHI QIZLAR» ansambli «BAHOR» raqs va ashula ansambli «LAZGI» ashula va raqs ansambli va boshqalar. Xordagi ansambl – bu bir partiya ichidagi har xil kuchga ega va turli tembrli alohida-alohida ovozlarning bir-biriga qo’shilib kuylashi hamda xordagi barcha partiyalar ovozlarining bir-biriga teng kuchda kuylashidir. Biz bilamizki, xorda to’rt xil ansambl mavjud: Shaxsiy ansambl. 2. Vertikal ansambl. Gorizontal ansambl. 4. Umumiy ansambl. Umumiy ansamblga xor bilan jo’r bo’layotgan asbob o’rtasidagi tovushlarning tengligi ham kiradi. Shaxsiy ansambl – o’zini tinglab kuylash. Vertikal ansambl – o’zidan oldinda va ortida turgan xonandalarni eshitib, ovozini shularga tenglab kuylash. Gorizontal ansambl – ikki yonidagi, ya’ni chap va o’ng tomonlaridagi xonandalarni eshitib, ovozini shularga tenglashtirib kuylash. Umumiy ansambl – umumiy xorni va jo’r bo’layotgan asbobni yoki orkestrni eshitib, ovozini shularga tenglashtirib kuylash. Xordagi partiyalarning kuylash tessiturasiga qarab ansambl paydo qilish ikki turga bo’linganidek, har qaysi partiyalar ichidagi ansambllarni paydo qilish ham ikki turga bo’linadi: TABIIY ansambl. SUN’IY ansambl. Endi ushbu ansambllarni paydo qilish to’g‘risida fikr yuritamiz. Keling, buni biz musiqiy ta’lim fakulteti 2 - bosqich talabalari o’quv xori misolida ko’raylik. Masalan: tenor partiyasida kuylayotgan 8 nafar talabaning ovozi 8 xil kuchga yoki tembrga ega. Yana shuni ham e’tiborga olish kerakki, tenor partiyasidagi kuylayotgan ayrim talabalar ovoz diopazoni kengligi tufayli pastgi tovushlarni ham to’liq, jarangdor kuylashsa, ayrimlarida bu tovushlar juda sayoz, kuchsiz, ya’ni past eshitiladi. Masalan, tenor partiyasiga kichik oktava DO notasini cho’zib kuylatsak: yuqorida aytib o’tgan xorimiz misolida aytadigan bo’lsak, 2-3 nafar talabaning ovozi umuman eshitilmay qoladi. Buning uchun nima qilish kerak? Sun’iy ansambl paydo qilish kerak bo’ladi. Ya’ni baland yoki kuchli ovozlarni pastroq kuylashini talab qilish kerak. Shunda ovozlar teng kuchli jaranglab, tenor partiyasi orasida ansambl paydo bo’ladi. Endi xordagi partiyalararo ansambl to’g‘risida fikr yuritamiz: xordagi partiyalarning kuylash tessiturasiga qarab ansambl paydo qilish ikki turga bo’linadi: 1.Tabiiy ansabl: Agar partiyalar bir xil tessiturada kuylashsa, (barcha partiyalar past yoki barcha partiyalar yuqori tessiturada), bu holda o’z-o’zidan tabiiy ansambl bo’ladi. Download 451.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling