Dirijorlikda o’ng va chap qo’lning mohiyati
Download 451.5 Kb.
|
Dirijorlikda o’ng va chap qo’lning mohiyati
O’NG QO’L PANJASI. Yuqorida aytib o’tganimizdek dirijyor qo’lining har bir harakati panjaga kelib o’z yakunini topadi va barmoqlarda tugaydi. Uning asosiy vazifalari asar sur’atini, xarakterini, musiqali frazalarini (qismlarini), legato, staccato kabi shtrixlarini aniq ko’rsatishdan iborat. Umumiy qo’l harakatining ifodaliligi asosan panjaning ifodaliligiga bog‘liq. Dirijyorlikning bir qancha usullari panja orqali ifodalanadi, yoki ko’rsatiladi. Masalan: tez sur’atdagi yengil va o’ynoqi xarakterli musiqani pianoda dirijyorlik qilishda faqat panja orqali keskin va aniq harakatlar bilan ko’rsatish kerak. Bu jarayonda qo’lning boshqa qismlari deyarli qatnashmaydi. “Sust ishora” deb nomlanuvchi maxsus usullardan biri ham yakka ijroga dirijyorlik qilishlikdagi singari faqat panja bilan ko’rsatiladi. Bu holda panja umumiy kuyni olib bormay, musiqaning kuchli hissalarinigina aniq ko’rsatadi. Panjaning asosiy harakati pastga va yuqoriga bo’lib, kaft hamisha gorizontal holatda bo’lmog‘i lozim. Panja yaxshi rivojlangan, ya’ni egiluvchan, muloyim, elastik bo’lishi shart. Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, dirijyorlik jarayonida qo’llarning bo’sh, erkin, siqilmagan bo’lishi lozim bo’lganidek, panja ham xuddi shunday bo’lishi shart.
Endi panjaning muloyimligiga, erkinligiga erishish uchun qo’llaniladigan maxsus mashqlardan birini ko’rib chiqsak: O’ng qo’l qimirlamaydigan qattiq narsa ustiga (masalan, stol uchiga) barmoqlar pastga osiltirilgan holatda qo’yiladi. Chap qo’l o’ng qo’lning panja bilan bilak tutashadigan bo’g‘unidan tutib, umumiy qo’lni harakatlantirishga qo’ymaydi. Bu holat panjani siqib qo’ymasligi kerak, ya’ni qo’l harakatlanmay faqat panjaning o’zi harakatlanishiga imkon yaratish lozim. Bu vaqtda panja qo’lga bog‘liq bo’lmagan holda yuqoriga-pastga, keyin chapga-o’ngga harakatlantiriladi. Bu harakatlarning muloyimligiga erishgandan so’ng, mashqlar asta-sekin murakkablashtirilib, panja bilan aylana, to’rtburchak, uchburchak va sakkiz shakllari chiziladi. Bu mashqni bajarish uchun o’ng qo’l qattiq jism yoki stol ustiga qo’yilmasdan, chap qo’l bilan uni qimirlamaydigan darajada ushlab tursa ham bo’ladi. Mashqni navbatma-navbat har ikkala qo’l panjalari bilan ham bajarish kerak. Xulosa qilib aytganda, malakali dirijyorning eng birinchi ko’rinishi uning qo’llarida aks etadi. Ya’ni agar uning qo’llari erkin, muloyim bo’lsa, dirijyorligi ham shu bilan vobasta, ham go’zal, ham aniq ishoralar bilan amalga oshiriladi. Download 451.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling