Disketalar (floppy disk 25)
Download 0,49 Mb.
|
5.25 floppy disk
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yaratilish tarixi
- Alan Shugert 5,25
Disketalar (floppy disk 5.25) Yaqindagina disketalar kompyuterdan-kompyuterga axborotni uzatishda eng ommaviy vosita edi, sababi Internet hozirgidek taraqqiy etmagan, kompyuter tarmoqlaridan ham keng foydalanilmasdi, kompakt disklardagi yozuvlarni o‘qish qurilmalari juda qimmat turardi. Disketalardan hozirgi vaqtda juda kam holatlarda bo‘lsada, foydalaniladi. Asosan turli axborotlarni saqlashda disketalardan foydalanilgan. Dastlabki qattiq disk 1956-yilda ishlab chiqarilgan, biroq uzoq yillar mobaynida qo‘llanilib, muntazam takomillashtirib borilgan. Disketa — axborotni portativ magnitli tashuvchi qurilma bo‘lib, nisbatan kichik hajmli ma’lumotlarni ko‘p martalik yozish, saqlash va uzatishda foydalanilgan. Mazkur axborot tushuvchi qurilmadan, ayniqsa, 1970-yillarning oxiridan 1990-yillarning oxirigacha keng foydalanilgan. «Disketa» atamasining o‘rnida ba’zan EMD — «egiluvchan magnit diski» nomidan foydalanganlar (shunga muvofiq disketalar bilan ishlovchi qurilma EMDJ — «egiluvchan magnit disklarining jamlovchisi» deb atalgan). Odatda, egiluvchan magnit disketalari plastik plastinkadan iborat bo‘lib, usti ferromagnit qatlami bilan qoplangan, shu sababli ingliz tilidagi nomi «floppy disk» («egiluvchan disk»)dir. Mazkur plastinka plastmassali korpusga joylashtirilgan bo‘lib, magnit qoplamni tashqi jismoniy ta’sirlardan himoya qiladi. Qobig‘i yumshoq egiluvchan yoki qattiq bo‘lishi mumkin. Disketalarga yozish yoki uni o‘qish maxsus qurilma — egiluvchan disk diskovodlari (floppi-diskovod) yordamida amalga oshiriladi. Odatda, disketalar yozuvdan himoya funksiyasiga ega bo‘lib, uning yordamida faqat axborotni o‘qish rejimida foydalanishga taqdim etiladi. Mazkur qurilma axborot tashuvchi vositalar orasida keng ommalashib, uzoq yillar foylalanilgan. Keyinchalik an’anaviy disketalar qatorida magnitli optik axborot tashuvchilar, Iomega Zip, Iomega Jaz va boshqalar ishlab chiqildi va ommalashib bordi. Mazkur mahsulotlarning barchasini ba’zan disketa deb ataydilar. Hozirgi davrda disketalardan deyarli foydalanilmaydi. Yaratilish tarixi
Download 0,49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling