Disklarga xizmat ko’rsatuvchi dasturlar: shikastlangan fayllar va disklarni tiklash reja


Download 100.2 Kb.
Sana22.09.2023
Hajmi100.2 Kb.
#1684509
Bog'liq
7-amaliy. Shikastlangan fayllar va disklarni tiklash


DISKLARGA XIZMAT KO’RSATUVCHI DASTURLAR: SHIKASTLANGAN FAYLLAR VA DISKLARNI TIKLASH
REJA:

  1. Disklarga xizmat ko’rsatuvchi dasturlar

  2. Shikastlangan fayllar va disklarni tiklash

Qattiq diskni himoya qilishning 5 ta usuli
Kompyuteringiz kerakli tarzda yuklanmayaptimi, va siz qandaydir g’alati tovushlarni eshityapsizmi, nahotki qattiq diskda joylashgan barcha ma’lumotlar kuyib ketgan bo’lsa? Xo’sh, siz qattiq diskni (vinchesterni) himoya qilish uchun nima qildingiz? Endi bu haqda o’ylashga ancha kech bo’ldi.
Qattiq diskingiz ishlashiga kafolot beruvchi uni himoya qilishning 5 ta usuli bilan tanishing.

    1. O’z ma’lumotlaringizning rezerv (zahira) nusxalarini yarating.

Qattiq diskda ma’lumotlarni saqlashning eng yaxshi usuli – bu ma’lumotlarning rezerv nusxalarini yaratishdir. Shaxsiy ma’lumotlarni boshqa qattiq diskka ko’chirish – bu usullardan birinchisi, ammo u ancha ko’p vaqtni oladi va hammasini qo’lda qilishga to’g’ri keladi. Yaxshisi avtomatik rezerv nusxa ko’chiradigan dasturdan foydalangan ma’qul, u nusxa ko’chirishni rejalashtirilgan oraliqlarda bajaradi.
Bu dasturlardan biri Windows XP Home va Professional amaliyot tizimi bilan birga yetkazib beriladi. U Windows XP tizimi bilan avtomatik tarzda o’rnatilgan.
Agar sizda Windows XP Home Edition bo’lsa, u holda bu dasturni Windows o’rnatish diskidagi “valueaddmsftntbackup” papkasida (jildida) topish mumkin. Rezerv nusxa ko’chirish dasturi fayllaringizning rezerv nusxasini yaratadi. Rezerv nusxa ko’chirish yordamida fayllarni tiklash uchun, ehtimol, Windows ni qayta o’rnatishga to’g’ri kelishi mumkin, shu sababli o’rnatish diskini doimo qo’l oldingizda saqlang. Agar siz baribir Windows ni takror qayta o’rnatishdan qochmoqchi bo’lsangiz, u holda siz butun qattiq diskning tasvir “Образ” ini yaratishingiz lozim. Buni rezerv nusxa ko’chiradigan turli dasturlar yordamida qilsa bo’ladi. Masalan: Clonezilla, Acronis va hokozolar.

    1. Parol bilan himoyalash.

Parol bilan himoyalash va ma’lumotlarni shifrlash – ular yordamida foydalanuvchilar qattiq diskdagi ma’lumotlarni himoya qilishlari mumkin eng sodda usullardan biridir. Windows tizimida parolni o’zgartirish uchun “Пуск” menyusi ochiladi → “Панель управления” → “Учётные записи пользователей” va so’ngra quyidagi qator o’zgartiriladi “Изменить мой пароль”. Endi esa ma’lumotlarni qanday shifrlash to’g’risida. Shuni qayd qilish kerakki, shifrlash faqat Windows XP tizimida va NTFS fayl tizimi o’rnatilgandagina imkoniyatli bo’ladi. Fayl yoki papkani shifrlash uchun, sichqonchaning o’ng tugmachasi bilan o’sha faylga bosing, “Свойства” → “Дополнительно” ilovasini tanlang va “Шифровать содержимое для защиты данных” qarshisida galochka qo’ying.
Endi sizda boshqa hech kim bu ma’lumotlarni o’qiy olmaydi. Siz menyuda yorliq (yarlik) yaratib, shifrlash jarayonini yengillashtirishingiz mumkin. Reestrni oching va “HKEY_LOCAL_MACHINESOFTWARE Microsoft Windows Current
Version Explorer Advanced” ni tanlang. “Изменить” → “Новый” → “DWORD
Value” ni tanlang va uni “Encryption Context Menu” deb qayta nomlang. Una ikki marta bosing va 1 raqamini kiriting. Endi har qanday faylga ikki marta bosilganda shifrlash va shifrlash (deshifrlash) ni bekor qilish bo’yicha vazifalar mujassam bo’lgan menyu ochiladi.

  1. Windows tizimini qayta tiklash paneli.

Tasavvur qiling, sizning amaliyot tizimingiz ishdan chiqdi va qattiq disk yuklanmayapti. Nima hammasi yo’qqa chiqdi deb o’ylaysizmi? Albatta, yo’q! Windows XP komplektiga Windows qayta tiklash paneli (“Панель
восстановления”) deb ataladigan kuchli instrument kiradi. Bu tizimli fayllar va papkalarni tiklashga imkon beradi, shu tariqa siz qattiq diskingiz ma’lumotlarini saqlashingiz mumkin. Afsuski, tizim bo’yicha (avtomatik) bu qayta tiklash paneli “o’chirib qo’yilgan” – ya’ni cheklangan rejimda ishlaydi. Cheklovlarni olib tashlash uchun quyidagi harakatlarni amalga oshirish zarur:
Windows tizimida xavfsizlikning lokal sozlanmalarini oching (“Pusk ” menyusini bosing → “Выполнить” → “secpol.msc” ni kiriting). Oching: “Параметры настройки безопасности” → “Локальные политики” → “Варианты безопасности” va “Панель восстановления” ilovasiga ikki marta bosing. Floppi – nusxa yaratishga ruxsat berishni qo’ying va barcha disk va papkalarga ruxsatni oching. “Позволить” ni, so’ngra esa “Ok” ni bosing. Bu siz uchun to’la ruxsatni sozlab beradi. Endi agar qachondir Windows ishdan chiqib qolsa, u holda “Панель восстановления” ni ishlating va AllowAllPaths=True” so’zini yozib kiriting. “Панель восстановления” ni ishga tushirish uchun disk yurituvchiga qayta yuklash (перезагрузка) uchun “R” ni bosgan holda Windows o’rnatish diskini kiriting. Shundan so’ng har qanday buyruqlarni amalga oshirishingiz mumkin va kerakli buyruqlarni bilmasangiz, kerakli buyruqlarni yuklab olish uchun “help” so’zini yozing.

  1. Defragmentatsiya uchun joy bo’shating.

Qattiq disk ma’lumotlarini saqlashning yana bitta usuli – defragmentatsiya dasturi. Hech qachon defragmentatsiya qilinmaydigan ikkita fayl bor: bular – “Fayllarning bosh jadvali” va “Podkachka файли”. “Fayllarning bosh jadvali” qattiq disk ma’lumotlari to’g’risida axborotni saylaganligi uchun, u doim kengayib boradi. Qattiq disk optimal (maqbul) tarzda ishlashi uchun unga kattaroq joy ajratish kerak. Reestrni oching va “HKEY_LOCAL_MACHINESYSTEM Current Control Set Contro lFilesystem” kaliti (ключи) joyini aniqlang.
“NtfsMftZoneReservation” satrlarini toping va 2, 3 yoki 4 ni kiriting. Bu sonlar fayllarning bosh jadvali uchun tegishli tarzda: 25, 37.5 va 50 foiz ajratiladigan joyni ko’rsatadi. “Podkachka файли” ni kengaytirish uchun 256 Mb OZU ga (operativ xotiraga) ega ekaningizga ishonch xosil qiling, so’ngra esa “Пуск” menyusini bosing, “Панель управления” → “Система” → “Дополнительно” → Параметры быстродействия” tugmachasini bosing → “Дополнительно”
ilovasini tanlang, so’ngra esa “Изменить” ni bosing. “Без файла подкачки” ni tanlang va barcha darchalarda (oynalarda) “OK ” ni bosing. Tizimni qayta yuklang (перезагрузка) va defragmentatsiya jarayonini ishga tushiring. Shundan so’ng yuqorida aytilgan qadamlarni yana bir marta qayta takrorlang.
“Установить начальный размер” va “Максимальный размер файла подкачки”
ni (taxminan sizdagi OZU dan 2 – 4 marta ko’proqni) tanlang. Endi “Podkachka файли” fragmentatsiya bo’lmaydi.
5. Keraksiz fayllardan xalos bo’ling.
Qattiq diskda ma’lumotlarni himoya qilishning so’nggi usuli eski keraksiz fayllardan xalos bo’lishdir. Masalan: siz kompyuteringizning tezligi va mahsuldorligini pasaytiradigan ishlatilmaydigan dasturlarni olib tashlashingiz mumkin. “Панель управления “→”Добавить или удалить программы” ni tanlab ularni deinstallatsiya qiling. Shuningdek yaxshi “anti-spyware” dasturini o’rnatish ham foydadan xoli bo’lmaydi. “Spyware” – bu sizning harakatlaringiz ustidan josuslik qiluvchi, zarar keltiradigan dasturiy ta’minot bo’lib, u turli keraksiz qalqib chiquvchi darchalar va boshqa narsalarni yaratadi. Bu zararli dastur, tizimingizning qimmatbaho zahiralarini (resurslarini) iste’mol qiladi va ular nomoyon bo’lgan taqdirda darhol olib tashlanishi kerak.
Siz albatta tekshirishingiz lozim bo’lgan komyuteringizning boshqa sohasi – vaqtinchalik fayllar papkasi. Bu papka faqatgina ma’lumot doimiy emas, balki ma’lum vaqt unda fayllarni saqlaydigan Windows amaliyot tizimi tomonidan foydalaniladi. Agar bu fayllardan foydalanib bo’lgandan so’ng ham qolib ketadigan bo’lsa, ular kompyuteringiz ishini sekinlashtirishi mumkin. Vaqtinchalik fayllar papkasini quyidagicha topish mumkin: “C” disk ochiladi → “Documents and Settings” va sizning foydalanuvchi nomingiz mavjud papka ochiladi. So’ngra esa qaysi fayllar eskirgan va ularni olib tashlash mumkinligini aniqlash uchun sana bo’yicha fayllar saralanadi. Kompyuterning eng muhim komponentlaridan biri – qattiq disk. Bu yerda taqdim etilgan usullardan ko’pchiligi maqbul variantlar bo’lib, ular alohida texnik ko’nikmalarni talab qilmaydi. Shikastlangan fayllar va disklarni tiklash O’chirilgan fayllarni tiklovchi dasturlar Sizning kompyuteringizdan fayl format orqali o’chib ketgan bo’lsa, yoki ayrim sabablarga ko’ra o’chirilgan bo’lsa bu fayllarni tiklash yo’li oson buning uchun maxsus dasturlar mavjud masalan: “RecoverMyFiles”, “R-Studio” “Power Date Recover” yoki “7 Date Recover”. Bular va bundan boshqa dasturlar mavjud buni siz internet tarmog’idan yuklab olishingiz mumkin. “RecoverMyFiles-Setup_2” ning ishlash prinsipi bilan tanishamiz. Dasturni o’rnatganingizdan so’ng quyidagi amallar bajariladi.

“Мастер Recover My Files” dastur oynasining ko’rinishi. “Мастер Recover
My Files” dastur oynasidan, “Полное восстановления” bo’limi orqali format bo’lib ketgan fayllarni tiklashingiz mumkin.

“Ручная настройка” bo’limi tanlanganda “Параметры” oynasi ochiladi.Yerda tanlash orqali faylning tipini, ya’ni faylning kengaytmasini tanlaysiz bunda sizga kerak bo’lgan fayl kengaytmasini tanlang.

“Мастер Recover My Files” dastur oynasidan, “Полное восстановления” bo’limini tanlang va “Старт” tugmasini bosing, Tiklash kerak bo’lgan disk (C:, D:, G:, H: va hokozolar) ni tanlaysiz “Старт” tugmasini bosing.

“Recover My Files – Выполнение поиска” dastur oynasida, tanlangan diskdagi o’chib ketgan fayllarni qidiradi va tiklaydi.

“Recover My Files Подождите…” dastur oynasidan, tiklangan fayllarni tanlab “Сохранить файл” bo’limi orqali tiklangan faylni saqlang va jarayonni tugating. Faylni tiklash 80-90 % ni tashkil qiladi.
Savol va topshiriqlar:

  1. O’z ma’lumotlaringizning rezerv (zaxira) nusxalarini yaratish usuli?

  2. Parol bilan himoyalash nima?

  3. Windows tizimini qayta tiklash paneli haqida gapiring?

  4. Defragmentatsiya uchun joy bo’shatish qanday amalga oshiriladi?

  5. Keraksiz fayllardan xalos bo’lish deganda nimani tushunasiz?

Download 100.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling