Disklarga xizmat ko’rsatuvchi dasturlar va utilitalar
Download 62.05 Kb.
|
5-amaliy mashg\'ulot Disklarga xizmat ko’rsatuvchi dasturlar va
5-AMALIY MASHG'ULOT: Disklarga xizmat ko’rsatuvchi dasturlar va utilitalar. Arxivlash dasturlari. Antivirus dasturiy vositalar. Reja: Disklarga xizmat ko’rsatuvchi dasturlar va utilitalar. Arxivlash dasturlari. Antivirus dasturiy vositalar 1. Xizmat ko‘rsatuvchi dasturlarning qo‘llanilishi. Shaxsiy kompyuter (ShK) larning axborotlarni uzoq va ishonchli saqlovchi vositasi bu magnit disklardir. ShK larning ishlash jarayonida tezkor xotira va magnit disk (MD) qurilmasi o’rtasida uzluksiz axborot almashinuvi amalga oshiriladi. Ayniksa qattik disk bilan bu jarayon intensiv amalga oshadi. Disklarning yuqori sifatli tayyorlanganligiga qaramay, amalda ShK ning magnit diskidagi axborotlarni buzilishi hollari sodir bo’ladi. Ba`zan esa MD ning fayllar tizimida buzilishlar sodir bo’ladi. Bu buzilishlar quyidagi sabablarga ko’ra sodir bo’lishi mumkin: diskning fizikaviy shikastlanishidan; magnit disk sirtining ifloslanishidan; kompyuterning avariyali uchirilishidan; disketani disk yurituvchi kurilmadan vaqtida olmaslikdan; dasturning avariyali yakunlanishidan sung operatcion tizimni qayta yuklaganda; viruslar ta`sirida. Bulardan tashkari fayllar joylashuvidagi o’zgarishlar kompyuter ishlashini bir qancha sekinlashtirishi mumkin. Diskdagi axborotni tiklash Ishlash jarayonida uchib ketgan katalog va fayllarni qayta tiklash uchun quyidagi dasturlar ishlatiladi: MS-DOS tarkibiga kiruvchi Undelete dasturi; Norton Utilites servis dasturi majmuasiga kiruvchi Unerase dasturi; PCTOOLS dasturi. O’chib ketgan axborotni tiklashni muvaffakiyatli amalga oshirish uchun diskka xech qanday axborot yozilmagan bulishi kerak. Unrerase dasturi va uning ishlash tamoyili Fayl yoki katalog o’chirilganda, uni MS-DOS butunlay o’chirmaydi, balki uning nomidagi birinchi simvolini ASCII jadvalidagi 229 kodli simvol bilan almashtiradi. Keyingi o’qishlarda bu fayl joylashgan joy bo’sh joy sifatida qabul kilinadi. O’chib ketgan faylni tiklash uchun bu dastur dastlab ko’rsatilgan katalogda bu fayl borligini aniklaydi. Keyingi qilinadigan harakatlar faylning o’lchami va joylashuvi bilan bog’liq. Agar fayl bir nechta ketma-ket keluvchi klasterlarni egallaydigan bo’lsa, bularning hammasini tiklanayotgan faylga beradi. Agar fayl bir nechta tarqoq keluvchi klasterlarda joylashgan bo’lsa, dastur bulardan bir-biriga yakin keluvchi bo’sh klasterlarni fayl uchun birlashtiradi. Bunday xolda kerakli klasterlarni qo’lda ajratish kerak. O’chirilgan fayllarni muvaffakiyatli tiklashning asosiy shartlariga quyidagilar kiradi: -fayl klasterlarining uzluksiz joylashuvi; -faylga tegishli klasterlarning yangi yozilgan fayllar tomonidan egallanib qolmasligi. ]
Jadval - 1. Unerase dasturining ekrani Dasturni ishga tushirish uchun Unerase yozib, Enter bosiladi. Ekranda o’chgan kataloglar va fayllarning ro’yxati paydo bo’ladi. Bu ro’yxat birinchi jadvalda kursatilgan ko’rinishda bo’ladi. Name ustunidagi nomlar turli xil kurinishda chikarilgan bulishi mumkin. Kuyidagi xollar uchrashi mumkin: nom to’liq chiqarilgan - Bu fayl SmartSan utiliti yordamida saqlab qo’yilgan va 100% tiklash extimoli bor; "?" simvoli bilan boshlanadi. Bu fayl o’chirilgan bo’lib 1-simvoli ko’rsatilgandan keyin tiklashga beriladi; nom bosh xarflar bilan berilgan bo’lsa, bu katalog bo’lib, unga Enter tugmasi bosilsa, undagi fayllar ro’yxati ekranga chikadi. katalog nomi "?" bilan boshlansa, bu o’chirilgan katalog bo’ladi. Bashorat (prognoz)lar kuyidagicha bulishi mumkin . Exellent - a`lo Good - yaxshi Averege – o’rta Poor – yomon SmartSan utiliti yordamida eslab qolingan fayllar excellent prognoziga ega bo’lib, bu fayllarning nusxasi aloxida katalogda saqlanadi. Diskda bo’sh joy ko’p bo‘lganda, bu utilit yaxshi samara beradi. 2. Buzilgan fayllar va disklarni tiklash Magnit disklarni ishlatishda ko’pincha fizikaviy va mantiqiy buzilishlar uchrab turadi va bular axborotlarni xato o’qilishiga olib keladi. Fizikaviy kamchiliklar (FD) mexanik ta`sirlar, magnit maydoninng ta`siri, magnit katlamining eskirishi va boshka sabablarga ko’ra paydo bo’lishi mumkin. FD ning paydo bo’lishi ba`zi sektor va klasterlarni ishga yaroksiz xolga keltiradi va bu faylni to’lik tiklab bo’lmaydi. Mantikiy kamchiliklar diskning sistema soxasining zararlanishi tufayli kelib chiqadi. Bularga bo’limlar jadvali (tabl. razdelov), fayllar joylashuv jadvali (FAT), yuklovchi sektor (zagruzochniy sektor), kataloglar va boshkalar kiradi. Bunday buzilishlar tok manbaining to’satdan o’chirilishi, xato ishlovchi dasturlarning to’xtab qolishi, kompyuter viruslari ta`sirida sodir bulishi mumkin. 3. Diskka xizmat ko’rsatuvchi dasturlar Buzilgan fayllar va disklarni tiklash uchun Chkdisk, Scandisk, DEFRAG utilitlari va NDD dasturlari ishlatiladi. Magnit disklardan foydalanish vaqtida, ularning ish faoliyatlarida ayrim kamchiliklar yuzaga keladi. Fayllarni yozish va o’qish amallari bajarilmay qoladi, bu albatta disklarning fizik va mantikiy buzilishlaridan kelib chiqadi. Disklardagi mantiqiy va fizik buzilishlarni davolash uchun Norton Disk Doctor (NDDD) utiliti ko’llaniladi. NDD dasturi avtomatik tarzda disklarni tashxis qiladi va buzilgan disklarni davolaydi. Diskka tashxis qo’yish - diskning xolatini xar tomonlama taxlil kilish va ulardagi mantikiy buzilishlarni aniqlashdir. Tashxis jarayoni maxsus testlar orkali olib boriladi. Diskdagi buzilishlarni aniqlagani haqida NDD foydalanuvchiga ma`lumot beradi. Dasturni chaqirish va uni faollashtirish uchun NDD.EXE buyrug’idan foydalaniladi. Scan Disk dasturi disklardagi nosozliklarni tekshiradi, papkalar va asosiy diskdagi fayllarning xatoliklarini aniqlaydi. Bu dasturdan ko’pincha Windows dan noto’gri chiqqanda (Kompyuterni Pusk\Zavershenie rabotы\Vыklyuchit kompyuter ketma-ketligidan o’chirilmaganida) foydalaniladi. Buning uchun Pusk/Programmы/Standartnыe/ Slujebnыe programmы qism menyusida Proverka diska (Scan Disk) bo’limi nomi «sichkoncha» bilan 2 marta bosilsa, ekranda bu dasturning muloqot oynasi xosil bo’ladi. Bu oynada tekshirilishi kerak bo’lgan nomlarini tanlash mexanizmi aks ettirilgan. Tekshirish ikki – Standart (Standartnaya) yoki to’liq (Polnaya) rejimda bajarilishi mumkin. Bu rejimlardan kerakligi va xatoliklarni avtomatik to’grilash (Ispravlyat oshibki avtomaticheski) xolati tanlanib, Zapusk tugmasi bosiladi. Diskni Defragmentatciya qilish (Defrag). Ma`lum vakt o’tgandan so’ng ko’pchilik fayllar fragmentlarga ajratiladi va ular diskning xar xil bo’laklarida joylashib qoladi, bu esa faylni o’qish va saqlash ishlarini sekinlashtiradi. Fayllarni bir joyga to’plash va ularni siqish jarayoni defragmentatciya deb yuritiladi va bu jarayon fayllarni yozish va o’qishni tezlashtirish imkonini beradi. Fayllarni defragmentatciya qilish – Defragmentatciya diska /Defrag dasturi yordamida amalga oshiriladi. Bu dastur ishlaganda, ekranda defragmentatciya oynasi ochiladi va defragmentatciya jaraeni qanday kechayotgani protcentlarda ko‘rsatilib turiladi. 2. Arxivlashtirish dasturlari. Kompyuterdan foydalanish jarayonida turli sabablarga ko’ra diskdagi ma’lumotlarni o’chirish yoki zararlantirish mumkin. Bu magnit diskning ishdan chiqishi, fayllarning buzilishi yoki umuman ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek kompyuter xotirasida ma’lumotlarning ko’payib ketishi turli muammolarga olib keladi. Ma’lumotlarni hajm jihatdan kichraytirish uchun arxivlash dasturlaridan foydalanish mumkin. Arxivlash natijasida bir nechta fayl, hato kataloglar siqilgan holda bir faylga birlashtiriladi.., arxiv faylni ochish natijasida ular o’z holatiga qaytariladi. Fayllarni arxivlovchi dasturlar arxivatorlar deb ataladi. Arxivator dasturlar fayllarni arxivlash va ochish, arxiv fayllarni yangilash, bo’laklarga bo’lib va qirqib arxivlash, arxiv fayllarni birlashtirish, arxiv fayllar mundarijasini ko’rish, parolli arxiv fayllarni hosil qilish imkoniyatlariga ega. Arxivatorlar- bu shunday dasturlarki, ular yordamida bir yoki bir necha fayllarni yagona fayl – arxivga kichraytirish imkoniyati mavjud bo’ladi. Fayllarni arxivlash – bu biror faylning diskda qisqartirilgan nushasini hosil qilish. Fayl yoki fayllar arxivlanganda arxiv fayli hosil bo`ladi va ularda arxivning mundarujasini tashkil etadi. Arxiv mundarijasida arxivda qaysi fayllar borligi haqida ma’lumot olish mumkin. Arxiv mundarijasida arxivdagi har bir fayl uchun quydagi ma’lumot lar saqlanadi. Fayl nomi Fayl saqlangan katalog haqida ma’lumot Faylning oxirgi modifikatsiyasining kuni va vaqti. Diskdagi va arxivdagi faylning uzunligi. Arxivdagi har bir faylni davriy nazorat qilish uchun maxsus kod. Bu kod arxivni butunligini tekshirish uchun foydalaniladi. Arxivlash jarayonida fayllar siqiladi. Shuning uchun ham arxivlashda siqish darajasi tushunchasi kiritilgan. Arxivlashda siqish darajasi deganda , faylning siqilgandan keyingi hajmining ( uzunligining ) boshlang`ich hajmiga nisbatiga aytiladi. Masalan , faylning boshlang`ich hajmi 100 kb bo`lib , uning siqilgandan keyingi hajmi 10 kb bo`lsa , ARJ arxivatori siqish darajasini 10% deb ( boshlang`ich hajmining necha foiz qolganligini) PKZIP arxivatori esa 90% deb ( boshlang`ich hajmining necha foizga qisqarganligi) ko`rsatiladi. Arxivlovchi fayllarning hozirgi kunda eng ommobop , qulay va ko`p ishlatiladigan turlaridan biri bu DOS operatsion tizimi ostida ishlaydigan ARJ arxivatoridir. Fayllarni arxivlash bilan ARJ dasturi misolida tanishib chiqamiz. MATN katalogidagi fayllani arxivlash lozim bo`lsa , Arj a matn ko`rinishida buyruq beriladi. Bu yerda arj arxivlash dasturining nomi , a – Mazkur buyruq L. Narc arxivlash dasturi uchun L . Narc a matn.ko`rinisida, PKZIP arxivlash dasturi uchun Pkzip a m ko`rinishoda bo`ladi. Buyruqlar mos ravishda matn .lzh va matn .zip fayllarini hosil qiladi. Joriy katalogdagi fayllarni bir buyruq yordamida boshqa katalog yoki boshqa diskka arxivlash ham mumkin. Buning uchun buyruq ko`rinishi quydagicha bo`ladi: Arj a c :\ archive \ matn yoki arj a a: matn Birinchi buyruq matn. Arj faylini C diskdagi ARCHIVE katologida, ikkinchi buyruq katologida hosil qiladi. Arxivdagi fayllarning yangiroq versiyasi ustiga eskiroq versiyani yozmaslik uchun arxivniyangilash amali mavjud. Bu maqsadda arj u matn ko`kinishidagi buyruqlardan foydaliniladi. U harfi update ( << обнoвитъ>> - yangilash ) so`zidan olingan bo`lib, buyruqning bajarilishida matn. arj fayliga katalogdagi unda yo`q bo`lgan fayllar va yangiroq versiyasi mavjud bo`lgan fayllar qo`shiladi. Fayllar versiyasining yangiligi ular diskka saqlangan vaqt bo`yicha aniqlanadi. ( Bu bompyuterlarda vaqtni to`g`ri o`rnatishni taqazo etadi.) Arxiv fayli ichidagi ma`lumotlarni yo`qotgan holda katalogdagi barcha fayllarni arxivga jaylashtirish ham mumkin. Bundan buyruq Arj m matn ko`rinishida bo`ladi. Kompyuter xotirasidagi ma`lumotlarning ko`payib ketishi turli muammolarni keltirib chiqaradi. Ma`lumotlar hajm jihatidan kichraytirish uchun arxivlash dasturlaridan foydalanish mumkin. Arxivlash natijasida bir nechta fayl, hatto kataloglar siqilgan holda bir faylga birlashtiriladi, arxiv faylni ochish natijasida ular o`z holatiga qaytariladi. Arxivni ochish, ya`ni undagi fayllarni ochish uchun yuqoridagi buyruqda a harfi o`rniga e ( << extrost >> so`zidan olingan - < извлечь > - chiqarish ) harfi qo`yiladi. Arj e matn yoki шаге e matn yoki pkunzir matn Arxivlarni ochishda faqat oxirgi buyruqda PKZIP o`rniga PKUNZIP dasturi bajarilishini ko`rish mumkin. Maskur buyruqlarning bajarilishida qirqib arxivlash, arxiv fayllarni birlashtirish, arxiv fayllar mundarijasini ko`rish, arxivlash dasturisiz ochiladigan arxiv fayllarni hosil qilish bilan tanishiladi. 3. Arxivlash dasturlar va ularning turlari. Arxivlash dasturlari- diskda joyni tejash maqsadida fayllar hajmini qisqartirishga imkon beruvchi dasturlardir. Ular turlicha ko’rinishda ishlatilsa-da, ishlash tamoyili bir xil: fayllatda aynan takrorlanadigan o’rinlar mavjud bo’lib, ularni diskda to’liq saqlash mazmunsizdir. Arxivlash dasturlarinig vazifasi takrorlanadigan shunday bo’laklarni topib, ularning o’rniga boshqa bir ma’lumotni yozish hamda ularning aniq ketma-ketligini to’liq ko’rsatishdan iborat. Bundan ko’tinadiki, turli fayllar uchun ularning siqilganlik darajasi turlicha bo’ladi. Masalan, matn yozilgan fayllar 2 martagacha siqilsa, rasmlarni tasvirlovchi fayllar 4 martagacha , hatto besh martagacha siqiladi. Dast7rlar ifodalangan fayllar esa juda kam-1% ga yaqin siqilai. O’rtacha qilib aytganda arxivlash dasturlari fayllar hajmini 1,5-2 barobar qisqartirishga imkon beradi. Arxivlash dasturlari turlari ko’p bo’lib, ular har usullarda ishlatiladi. Ular qo’llaniladigan matematik usullar, arxivlash, arxivlash tezligi va eng asosiysi siqish samaradorligi bilan farq qiladi. Arxivlash dasturlaridan yetarli darajada tez va yaxshi ishlaydiganlari PKZIP, LHARC, ARJ, RAR va boshqalar. Eng ko’p tarqalgan arxivlovchilar: ARJ, PKARC, PKPAK, PAK, PKZIP, LHRC, PKZIP va ARJ qulayroq va tеzroq ishlaydi. Shuning uchun quyida ARJ, PKZIP va PKUNZIP dasturlarining qisqacha tafsifini kеltiramiz. Arxivli fayl bir nеcha fayllarni siqilgan holda bir faylga joylashgan majmuidir. Arxiv fayl mundarijaga ega. Unda fayllar nomi, fayl joylashgan katalog nomi, oxirgi o`zgartirish vaqti va sanasi, faylning diskdagi va arxivdagi hajmi va tеkshirish kodi haqidagi ma'lumot bеriladi. PKZIP, PKUNZIP,ARJ va WinRAR dasturlari PKZIP, PKUNZIP, ARJ va WinRAR dasturlari fayllarni arxivlashtirish va ularni arxivdan qayta tiklash vazifalarini bajaradi. Arxiv fayllarini saqlash uchun matnli axborot uchun 60-70% joy, bajariluvchi fayllar uchun 20-30% joy tеjaladi. Siqishtirilishi fayl nomi qarshisida ko`rsatiladi. Bu dasturlar arxiv fayl tashkil etish, qayta tiklash yangi fayllarni arxivga qo`shish, fayllarni yangi turlariga almashtirish, arxivdan fayllarni o`chirish va fayllar ro`yxatini chiqarish imkoniyatlariga ega. ARJ dasturi bir nеcha bobli arxivlar tashkil qila oladi. Bu katta hajmdagi dasturlarni diskеtlarga arxivlash qulaydir. PKZIP dastursi ZIP, ARJ esa ARJ kеngaytgichiga ega. Fayllarni arxivlash bilan ARJ dasturi misolida tanishib chiqamiz. Agar MATN katalogidagi fayllarni arxivlash lozim bo`lsa, arj a matn ko`rinishida buyruq bеriladi. Bu еrda arj arxivlash dasturining nomi, a-«add» (qo’shimcha qilmoq) so’zidan olingan arxivni tuzish yoki mavjud arxivga fayllarni qo`shimcha qilish amalini anglatuvchi ko`rsatma, matn esa hosil qilinadigan arxiv faylning nomi. Mazkur buyruq bеrilgandan so`ng fayllarni arxivga joylashtirish boshlanadi va bunda har bir faylning nomi hamda uning siqilish foizi ko`rsatib boriladi. Dastur ishi tugagandan so`ng, katalogdagi barcha fayllarni o`z ichiga olgan matn.arj arxiv fayli hosil bo’ladi. (Fayl nomidagi arj kеngaytmani arxivlash dasturining o`zi qo`shadi.) Mazkur buyruq LHARC arxivlash dasturi uchun LHARC a matn ko`rinishida, PKZIP arxivlash dasturi uchun Pkzip a matn ko`rinishida bo`ladi. Buyruqlar mos ravishda matn.lzh va matn.zip fayllarini hosil qiladi. Joriy katalogdagi fayllarni bir buyruq yordamida boshqa katalog yoki boshqa diskka arxivlash ham mumkin. Buning uchun buyruq ko`rinishi quyidagicha bo`ladi: arj a c:\archive\matn yoki arj a a:\matn Birinchi buyruq matn.arj faylini c diskdagi ARCHIVE katalogida, ikkinchi buyruq A diskning bosh katalogida hosil qilinadi. Arxivni ochish, ya'ni undagi fayllarni olish uchun yuqoridagi buyruqda a harfi o’rniga е («extract» so’zidan olingan - «izvlеch» - chiqarish) harfi qo`yiladi. arj e matn yoki lharc e matn yoki pkunzip matn arxivlarni ochishda faqat oxirgi buyruqda PKZIP o`rniga PKUNZIP dasturi bajarilishini ko`rish mumkin. Mazkur buyruqlarning bajarilishida fayllar arxivdan kеtma-kеt chiqariladi va joriy katalogga yoziladi. Navbatdagi biror faylni arxivdan chiqarishda mazkur katalogda shu nomdagi fayl mavjud bo`lsa, kompyutеr «Eski faylning ustiga yozaymi?» dеb so`raydi. Agar savolga Y (Yes) dеb javob bеrilsa, eski fayl o`rniga yangisini yozadi, aks holda «Arxivdan chiqarilayotgan faylga yangi nom bеrish kеrakmi?» dеb so`raydi. Kеrak bo`lsa, qanday nom bеrilishi ham ko`rsatiladi. arj e matn-u buyrug’i yordamida mazkur katalogda bo`lmagan va yangiroq vеrsiyasi (saqlangan vaqti bo`yicha) mavjud bo`lgan fayllar arxivdan chiqariladi. Bunda yangilanadigan fayllarning har birida eskisining o`rniga yozish mumkinligi yoki yangi nom bilan yozish kеrakligi haqida so`raladi. Bo`laklarga bo`lib va qirqib arxivlash Ba'zida fayllar siqilganda ham diskka sig’maydi. Bunday hollarda katalogdagi fayllarni bo`laklarga bo`lib arxivlash ham mumkin. Masalan, katalogdagi bitta mavzu.txt faylini arxivlash uchun buyruqni arj a matn mavzu.txt ko`rinishda, ikkita - mavzu l.txt va mavzu 2.txt fayllarini arxivlash uchun buyruqni arj a matn mavzul.txt mavzu2.txt ko`rinishda, umuman bir nеchta faylni arxivlash uchun ularni buyruqda bo`sh joylar bilan ajratib ko`rsatish lozim. Bir xil, masalan, txt kеngaytmali fayllarni arxivlash uchun esa buyruq, arj a matn*.txt, ko`rinishida bo`lishi lozim. Fayllarni qirqib arxivlash imkoniyatidan ham foydalanish mumkin. Faraz qilaylik, MAVZULAR katalogidagi fayllarni diskka arxiv fayl sifatida yozish kеrak. Buning uchun arj a -va :\matn buyrug`i bеriladi. Bunda -va paramеtri bo`laklab arxivlashni bildiradi va buyruqning bajarilishi jarayonida disk to`lsa, arxivlash dasturi bu haqda xabar bеradi, hamda navbatdagi diskni qo`yishni so`raydi. Katalogdagi barcha fayllar arxivlangandan so`ng disk yurituvchiga qo`yilgan har bir diskda arxiv fayllar hosil bo`ladi. Ularning nomlari 1 -diskda matn.arj, kеyingi disklarda matn.arj, matn.arj, matn.arj va hokazo ko`rinishda bo`ladi. Bir nеcha diskka bulaklab arxivlangan yuqoridagi arxiv fayllarni S diskdagi MAVZULAR katalogiga ochib joylashtirish uchun matn.arj fayli joylashgan 1-diskdan quyidagi buyruq, bеriladi: arj e -v matn.arj c:\mavzular. Diskdagi arxiv fayl to`liq ochib bo`lingandan so`ng arxivlash dasturi kеyingi diskni qo`yishni va «Y»harfini bosishni so`raydi. Shu tartibda barcha disklardagi arxiv fayllar ochiladi. Mabodo bir diskdan kеyin qaysi disk qo`yilishini eslay olmasangiz, arxivlash dasturi boshqa diskni qo`yishni o`zi talab qiladi, ya'ni kеtma-kеtlikni o`zi aniq`laydi. Katalogda bir nеchta arxiv fayl mavjud bo`lsa, fayllarni birlashtirish mumkin. Masalan, ikkita matni.arj va matn2.arj fayllarini birlashtirish uchun buyruq arj j matnl matn2 ko`rinishida bеriladi. Bunda matni.arj fayliga matn2.arj fayli qo`shimcha qilinadi. Shuningdеk, bir arxiv faylni tuzib, unga bir nеchta arxiv faylni birlashtirish mumkin. Masalan, arj j matnlar matnl matn2 matn3 ko`rinishidagi buyruq, matnlar.arj arxiv faylni tuzadi va unga matni.arj, matn2.arj, matn3.arj fayllaridagi ma'lumotlarni ko`chiradi. 4.Arxivlashning qo`shimcha imkoniyatlari. Ma`lum katalogdagi fayllarni undagi ichki kataloglar bilan birgalikda bitta faylda arxivlash mumkin. Buning uchun quyidagi ko`rinishda buyruq beriladi. arj a - z matn Hosil qilingan arxiv faylni ochish uchun esa arj x matn arj buyrug`i beriladi. Bunda arxivlash dasturi arxiv fayl ichidagi kataloglarni o`z nomi bilan ochish kerak yoki kerak emasligini so`raydi.Agar kompyuter savoliga Y ( yes )deb javob berilsa, katalog oldingi ichki katalogdagi va barcha ichki katalogdagi fayllarni bitta joriykatalogga joylashtiriladi. Arxiv fayllarni hosil qilishda siqish usulini ham buyruqda ko`rish mumkin. Quyidagicha bunday parametrlardan ba`zilari keltirilgan. 1. arj a – jm matn Bu buyruq matn. arj arxiv faylga fayllarni maksimal darajada siqadi. 2. arj a – jml matn Bu buyruq fayllarni maksimal darajada tezroq siqadi. 3. arj a – matn Bu buyruq boshqalariga qaraganda tezroq va yaxshi siqadi.Buyuqda siqish usuli ko`rsatilmasa, arxivlash dasturi usuli o`zi tanlab bajaradi. Arxivlash dasturlari bo`lmaganda ham ochish mumkin bo`ladigan arxiv fayllarini tuzish mumkin. Buning uchun quyidagi ko`rinishda buyruq beriladi. arj a – je matn Bu buyruqning bajarilishi natijasida dastur fayli shaklidagi matn exe fayli hosil bo`ladi. Uni ochish uchun esa fayl ustiga kursorni keltirib ENTER tugnachasini bosish yetarli. Hatto, odatdagi arxiv fayl ( matn. arj ) dan ham o`zi ochiladigan faylni hosil qilish mumkin. Buning uchun quyidagicha buyruq beriladi. arj u – jel matn Buning natijasida matn exe fayli hosil bo`ladiki, u arxivlash dasturisiz ochiladigan arxiv fayllar qatoriga kiradi. Shuningdek, fayllarni arxivga joylashda uni boshqa foydalanuvchilar ochmasliklarni uchun parol qo`yish ham mumkin. Parol bilan arxivlash quyidagi buyruqlardan foydalaniladi. arj a – a? matn Uning bajarilishda ixtiyoriy harf va raqamlar ketma – ketlikdan iborat parolni kiritish talab qilinadi. Adashmaslik uchun parol ikki marta qayta so`raladi, uni tugmachalar majmui orqali kiritishda belgilar ekranda ko`rinmaydi. Parol qo`yib arxivlangan fayllarni ochish buyrug`i esa arj e – d ? matn ko`rinishida bo`ladi. Arxiv fayl bir butun bo`lib, diskning nosozligi yoki boshqa boblarga ko`ra uning qismini o`qib olish mumkin bo`lmasa arxiv fayldagi barcha fayllardan ajralib qolish mumkin. Bunday ko`ngilsiz holatlarning oldini olish uchun asosiy fayllarni yo`qotmay turib tuzilgan arxiv faylni tekshirib ko`rish kerak.. Buning uchun quyidagi buyruqdan faydalaniladi. arj t matn. arj Buyruqdagi t harfi test so`zidan olingan bo`lib, tekshirish ma`nosini anglatadi. Buyruqning bajarilish natijasida ekranda arxivdagi fayllar ro`yxati va har bir fayl nomidan keyin, agar u yaxshi holatda bo`lsa << OK >> , qandaydir hatolika ega bo`lsa, << CRC error! >> yozuvi chiqariladi. Test oxirida arxivdagi xatolar soni ko`rsatildi. Xato jiddiyroq bo`lganda test jarayoni to`xtab qolishi ham mumkin. Bunday holatlarda arxiv faylni qayta tuzish lozim. Agar asosiy fayllar o`chirilgandan keyin arxiv faylda xato borligi aniqlansa, arxiv faylni davolovchi parametrlar jr yoki jrl bilan ochish lozim. arj e – jr matn. arj. Arj e – jrl matn. arj Buyruqlarning birinchisi zararlangan arxivlarni ochadi. Download 62.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling