Diskret modulyatsiyalangan signallarni tadqiq etish


Download 82.38 Kb.
bet1/2
Sana19.01.2023
Hajmi82.38 Kb.
#1102200
  1   2
Bog'liq
9- T va S am


9-AMALIY ISHI
DISKRET MODULYATSIYALANGAN SIGNALLARNI
TADQIQ ETISH
Nazariy qism: Real aloqa kanallarida signallar uzatilganda ularga zararli ta'sir etuvchi halaqitlar ta'sir qiladi. Buning natijasida signallar hato qabul qilinishi mumkin. Halaqit deb signallarga zararli ta'sir etuvchi har qanday turdagi elektromagnit ta'siriga aytiladi.
Uning ta'siridan signallarni to‘g‘ri qabul qilish ehtimolligi kamayadi. Xalaqitlar uchta asosiy turga bo‘linadi:
1. Fluktuasion xalaqitlar.
2. Garmonik halaqitlar (spektri bo‘yicha cheklangan xalaqitlar).
3. Impul'sli halaqitlar ( vaqt bo‘yicha cheklangan xalaqitlar).
Halaqitlarning signallarga bo‘lgan zararlari ta'sirini yo‘qotib bo‘lmaydi.
Faqatgina uni kamaytirish mumkin.
Xalaqit bilan kurashish zarur bo‘lgan joylar.
• Xalaqit xosil bo‘lgan joyda.
• Signallarning tarqalish yo‘lida.
• Signallarni qabul qilish joyda. abul qilish tomonida signallar to‘g‘risida oldin ba'zi bir ma'lumotlar
ma'lum bo‘ladi. Modulyasiya turlari, tashuvchilarning chastotasi, signalning spektr
kengligi, signalning uzatish tezligi, ammo signallarning to‘plamidan qaysi birini
kelishi oldindan noma'lum.
Aloqa tizimlarining turiga va vazifasiga qarab signallarni qabul
qilishda qo‘yidagi uchta vazifa bajarilishi mumkin:
• Signallarni bor yo‘qligini aniqlash;
Signalni farqlash;
• Signallarni shaklini tiklash.
Qabul qilgich signalni qabul qilib uzatilishi mumkin bo‘lgan signallardan
qaysi biri yuborilganligi to‘g‘risida qaror chiqaradi.
Agarda uzatilgan va qabul qilingan signallar teng bo‘lsalar u xolda qabul
qilgich qaror chiqarishda xato qilmagan va signal to‘g‘ri qabul qilingan. Agarda
ular teng bo‘lmasalar qabul qilgich qaror chiqarishda xato yo‘l qo‘ygan va signal
noto‘g‘ri qabul qilingan. Demak qabul qilgich xalaqit ta'sirida signalni to‘g‘ri
xam noto‘g‘ri qabul qilish mumkin.
Ishdan maqsad: Amplitudasi chastotasi va fazasi diskret signal bilan modulyatsiya (manipulyatsiya) langan AMp, ChМp, FMp va NFMp (fazasi nisbatan manipulyatsiya) langan signallar vaqt va spektr diagrammalarini tadqiq etish.

Download 82.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling