Signalni sinusoidlarga taqsimlanishi (ya’ni koeffitsientlarning olinishi) Furyening to‘g’ri o‘zgartirishi deb ataladi. Teskari jarayon – signalning sinusoidalar bo‘yicha sintezi – Furyening teskari o‘zgartirishi deb ataladi. WAVELET O’ZGARTIRISH ASOSLARI
Wavelet o’zgartirish butunlay o’zgacha baholash funksiyali Furye o’zgartirishiga o’xshash o’zgartirishdir. Asosiy farq quyidagicha: Furye o’zgartirish signalni sinuslar va kosinuslar, ya’ni Furye-fazoda lokalizasiyalangan funksiyalar ko’rinishidagi tashkil etuvchilarga bo’linadi; aksincha wavelet-o’zgartirish real va Furye-fazoda lokalizasiyalangan funksiyalardan foydalanadi. Umuman olganda wavelet o’zgartirish quyidagi tenglamada ifodalanishi mumkin:
Bu yerda *- kompleks tutashish simvoli va funksiya- ayrim funksiya. Funksiya erkin tanlanishi mumkin, biroq u muayyan qoidalarni qoniqtirishi kerak. Ko’rinib turganidek wavelet-o’zgartirish turli o’zgartirishlarning cheksiz ko’pligi bo’lib, uni hisoblash uchun qo’llangan baholash funksiyasiga bog’liq. Diskret wavelet-o’zgartirish xuddi kiruvchi uzunlikdek uzunlikka ega ma’lumotlar vektorini qaytaradi. Odatda, xatto bu vektorda ko’plab ma’lumotlar deyarli nolga teng. U parallel ko’chirish va masshtablashga ortogonal bo’lgan waveletlar (funksiyalar)ga bo’linadi, degan faktga mos keladi. Biz ham bunday signalni wavelet-spektr koeffisiyentlarning signal ma’lumotlar nuqtalariga teng yoki kam soniga bo’lamiz. Bunday wavelet-spektr signallarga ishlov berish va siqish uchun yaxshi, chunki biz bu yerda ortiqcha axborotga ega bo’lmaymiz. Uzluksiz-veyvlet o’zgartirish, aksincha, massivni kiruvchi ma’lumotlardan bir o’lcham katta o’lchamga qaytaradi.
Real vaqtda ishlov berish tizimlari. QNX operasion tizimi.
QNX operasion tizimi real vaqt operasion tizimida ishlovchi mikroyadroli operasion tizim hosoblanadi. Mikroyadroli operasion tizim(μ-yadro) - operasion tizim yadrosi hisoblanib, eng kam bo’lgan funksiyalar to’plamidan iborat. Bundan Mikroyadroli OTlar asosan monolit arxitekturalardan tashktl topadi.
QNX 6.5.0 Operasion tizimining tarkibi 2 ta asosiy komponentdan iborat:
QNX Neutrino — mikroyadroli, drayverlar, utilitalar, grafik vositalari x86, MIPS, PowerPC, ARM, SH4 apparat plptformalarini ko’llab kuvvatlaydi.
QNX SDP (Software Development Platform) —Eclipse bazasida yaratilgan Momentics IDE platformasini o’zida tashkil etib, kompilyatorlar, zagolovka fayllar, ishlab chiqaruvchilar uchun biblioteklar va QNX Neutrino yadrosi mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |