Diskret vaqtli sistema tushunchasi. Tizim va signallar
Download 27.24 Kb.
|
Tizim va signallar-hozir.org
S5000 platformasi. S5000 – bu qo’zg’almas nuqtaga ega 16 ta razryadli SP. Birinchi navbatda telekommunikasiyalarning mobil vositalari, tibbiyot texnikasining o’lchov qurilmalari uchun mo’ljallangan. Asoviy texnologik afzalliklari –iste’mol qilinadigan quvvatning yuqori tezligi. S55xx modeli eng perspektiv hisoblanadi. Prosessor yadrosiga yana bita AMQ, yana bitta ko’paytirib qo’shish moduli qo’shilgan, shuning uchun prosessor bir vaqtning o’zida ikkitagacha hisoblash amallarini bajara oladi. Ichki shinalar soni ko’paytirilgan, ma’lumotlar shinalarining o’zi 5 ta: uchtasi o’qish uchun va ikkitasi yozish uchun. Buyruqlarning so’zuvchi uzunligi kiritilgan. Konveyerli ishlov berishning kiritilishi hisobiga maksimal unumdorligi 600 MIPS gacha oshirilgan. S55xx oila prosessorlari shartli ravishda bir nechta guruhlarga bo’linadi.
Birinchi guruhda umumiy foydalanishdagi SP: S5501/02/10. S5510 prosessori kristalldagi xotiraning eng katta hajmiga ega, S5501 va S5502 prosessorlari kristalldagi xotiraning eng kichik hajmiga ega, lekin adersning to’liq razryadli (so’z uzunligiga teng) tashqi shinalarni o’z ichiga oladi, bu esa, kata hajmdagi ma’lumotlar massivini ulash imkonini beradi. S5503/07/09 prosessorlarning ikkinchi guruhi multimediyali tizimlari - USB, Flash-kart interfeyslariga oson intengrallanish imkonini beradigan turli tashqi qurilmani o’z ichiga oladi Uchinchi guruhni ushbu oilaga qisman taalluqli bo’lgan prosessorlar tashkil etadi (OMAR5910/12). Ular bitta kristallda ikkita yadroni o’z ichiga oladi: signal va xost-yadro. Ushbu prosessorlarga operasion tizimlarning qatori adaptasiyalangan, xususan Linux, bu ularning asosida murakkabroq tizimlarni qurish imkonini beradi, bu yerda signal yadrosi grfik, ovozli, video, telematik axborotga ishlov berishni bajaradi, ikkinchi yadro esa xostprosessor vazifasini bajaradi. S6000 prosessorlari uchta yo’nalish bo’yicha rivojlanadi.S6000 prosessorlari uchta yo’nalish bo’yicha rivojlanadi. Birinchi yo’nalish qo’zg’almas nuqtaga ega S62xx va S64xx prosessorlarini, ikkinchi yo’nalish so’zuvchi nuqtaga ega S67x prosessorlarini, uchinchi yo’nalish qo’zg’almas nuqtaga ega S64x prosessorlarini o’z ichiga oladi, ular kengaytirilgan arxitektura va buyruqlarning yanada rivojlangan tizimiga ega. S600 oilasidagi barcha prosessordlar yadrosi markaziy prosessor qurilma (MPQ) hisoblanadi. Bugungi kunda S6000 oilasidagi qo’zg’almas vergulga ega signal prosessorlar orasida TMS320C64xx oilasi katta qiziqish uyg’otadi. Ushbu oila ikkinchi avlod VLIW arxitekturasi bazasida qurilgan (buyruqning uzun so’zi, parallel hisoblash modullari, buyruq so’zi esa har bir modulga bittadan 8 ta parallel buyruq hisoblanadi). Ikkinchi avloddagi o’zgarishlar prosessor yadrosiga, xususan modullararo ulanishlarga tegishli bo’ldi, bu esa ular orasidagi o’tkazish qobiliyatini oshirish imkonini berdi, bu o’z navbatida ma’lumotlar oqimi ustida hisoblash algoritmlarini bajarishda unumdorlikni oshirishga olib keldi. Shuningdek hisoblash modullarining funksionalligi oshdi. Ushbu xususiyatlar real vaqt masalalari – signal professorlarning asosiy ilovalarida g’oyat jiddiy hisoblanadi. S64x oilasiga prosessorlarning juda keng soni kiradi. Ular unumdorligi, ichki xotirasiningn hajmi va markaziy prosessorning xuddi shunday yadrosiga ega tashqi qurilma to’plami bilan farq qiladi. Download 27.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling