Dislokatsiyalar energiyasi
Download 0.84 Mb.
|
Dislokatsiyalar energiyasi
Dislokatsiyalar energiyasiShermamatov O’tkirjonOtiboyev isfandiyorDislokatsiyalar energiyasini hisoblash uchun kristallni elastik qattiq jism sifatida qaraymiz. Vintli dislokatsiya energiyasini hisoblash chiziqli dislokatsiyaning energiyasini hisoblashga qaraganda ancha oson. Shu bilan birga bunday hisoblash natijalari chiziqli dislokatsiya energiyasini hisoblash natijalariga yaqin bo‘lib chiqadi. Avval silindr shaklidagi mukammal kristall olamiz va uni bo‘ylamasiga kesamiz. Bu kecmaning ikki tomonini bir-biriga nisbatan b masofa qadar siljitamiz. Bunda elementar dA ish bajariladi. Bunday siljish sodir bo‘lishi uchun kesim sirti bo‘ylab taqsimlangan kuchlar qo‘yish kerak.
Bu kuchlar silindrning qismlarini bir-biriga nisbatan dz=b masofaga siljitishi uchun bajargan ishi dislokatsiyaning elastik energiyasi hisoblanadi va u quyidagicha aniqlanadi:
Ushbu integral kesim yuzasining butun yuzasi bo‘yicha olinadi. F – kesim yuzasining bitta nuqtasiga mos keluvchi o‘rtacha kuch. Qaralayotgan masalada aynan o‘rtacha kuchni olish kerak. Chunki istalgan nuqtadagi kuch siljish davomida noldan maksimal qiymatgacha o‘zgaradi. F kuchni hisoblash uchun quyidagicha mulohazalar qilamiz. Kristallni konsentrik joylashgan silindrik qobiqlardan tuzilgan deb qaraymiz. Dislokatsiya kristallning markazida joylashgan deb faraz qilamiz. Har bir qobiqni silindr bo‘ylab kesib chiqamiz (2.11-rasm). So‘ngra qobiq kesimining bir tomonini ikkinchi tomoniga nisbatan b masofaga siljitamiz. Agar qobiqning qalinliga dr yetarli darajada kichik bo‘lsa, u vaqtda qobiqning geometrik shakli siljishga to‘sqinlik qiluvchi kuchni hisoblash uchun uncha ahamiyatga ega bo‘lmaydi.Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling