Dispers sistemalar. Kolloid dispers sistemalarni olinishi va hossalari. Kolloid dispers sistemalarning barqarorligi


Download 445 b.
Sana17.08.2017
Hajmi445 b.


DISPERS SISTEMALAR. KOLLOID DISPERS SISTEMALARNI OLINISHI VA HOSSALARI. KOLLOID DISPERS SISTEMALARNING BARQARORLIGI


Ma`ruzaning maqsadlari

      • Odam organizmidagi ko`pchilik biologik muhitlar kolloid sistema holatida bo`ladi. Kolloid sistemalarga hos bo`lgan barcha hususiyatlar, hossalar biologik muhitlarga ham hos. Shuning uchun kolloid sistemalarning tuzilishi, turlari, ularni hosil qilish va tozalash usullari, barqarorligi va shu barqarorlikni oshirish yo`llari o`rganiladi.


Ko`riladigan masalalar

      • dispers sistemalar, ularning tarkibiy qismlari
      • dispers sistemalarning turlanishi
      • kolloid dispers sistemalar (zollar)
      • kolloid dispers sistemalarning olinishi va tozalash usullari
      • kolloid sistemalarning molekular-kinetik, optik hossalari
      • kolloid zarrachalarning tuzilishi


Ko`riladigan masalalar

      • kolloid sistemalarning elektrokinetik hossalari (elektroforez va elektroosmos)
      • kolloid sistemalarni turg`unligini ta`minlovchi omillar
      • koagullanish va uni chaqiruvchi sabablar
      • koagullanish bo`sag`asi, Shultse-Gardi qoidasi
      • kolloidlarni himoyalash
      • kolloid sirt faol moddalar
      • kolloid sistemalarning organizmdagi ahamiyati


Dispers sistemalar, ularning tarkibiy qismlari

  • Bir moddaning ikkinchi modda tarkibida teng taqsimlangan holatiga dispers sistema deyiladi.

  • Taqsimlangan modda - dispers faza,

  • taqsimlangan moddani tutgan modda - dispers muhit deyiladi.

  • Dispers sistemalarning fizikaviy va kimyoviy hossalarini o`rganuvchi fan - kolloid kimyo deyiladi.



Dispers sistemalarning turlanishi

  • Dispers fazaning disperslanish darajasi bo`yicha:

  • Molekular-ion dispers sistemalar - zarrachalar kattaligi 1 nm yoki 10-9 m gacha (elektrolit va noelektrolitlar eritmalari)

  • Kolloid dispers sistemalar (zollar) - zarrachalar kattaligi 1-100 nm yoki 10-9 - 10-7 m o`rtasida (qon, plazma, oqsil eritmasi va b.)

  • Dag`al dispers sistemalar - zarrachalar kattaligi 100 dan yoki 10-7 dan katta (suspenziya, emulsiya, kukun, ko`pik va b.)



Dispers sistemalarning turlanishi

  • Faza va muhit agregat holati bo`yicha:

  • Gaz-gazda - eritma

  • Gaz-suyuqlikda - ko`pik

  • Gaz-qattiq moddada - qattiq ko`pik (pemza, g`isht)

  • Suyuqlik-gazda - aerozol (tuman)

  • Suyuqlik-syuqlikda - emulsiya

  • Suyuqlik-qattiq moddada -gel

  • Qattiq modda-gazda - aerozol (chang, kukun)

  • Qattiq modda-syuqlikda - suspenziya, zol

  • Qattiq modda-qattiq moddada - qotishma



Dispers sistemalarning turlanishi

  • Dispers faza va dispers muhit ta`sirlashishi bo`yicha:

  • Liofil - oqsil, krahmal, agar-agar

  • Liofob - metallar (oltin, kumush), temir sulfid, kumush hlorid zollari

  • Dispers muhit (erituvchi) tabiati bo`yicha:

  • Gidrozollar (suv), benzozollar (benzol),

  • alkozollar (spirt), eterozollar (efir)



Kolloid dispers sistemalarning olinish usullari

  • Dispersion usullar:

  • Mehanik (kolloid tegirmonda, havonchada yirik zarrachalarni kolloid zarracha kattaligigacha maydalash) usuli

  • Ultratovush yordamida yirik zarrachalarni kolloid zarracha kattaligigacha maydalashusuli

  • Peptizatsiyalash (kimyoviy usul) - yangi tayorlangan cho`kmani elektrolit (peptizator) yordamida geldan yana zolga o`tkazish usuli



Kolloid dispers sistemalarning olinish usullari

  • Kondensatsiya (zarrachalarni yiriklashtirish) usullari:

  • Kimyoviy reaksiyalar asosida:

  • Oksidlanish-qaytarilish, gidroliz, almashinish va boshqalar;

  • Erituvchini almashtirish usuli - bunda bir erituvchida molekula holida bo`lgan erigan modda zarrachalari, boshqa erituvchida kolloid zarracha holatigacha yiriklashadi.



Kolloid dispers sistemalarni tozalash usullari

  • 1. Dializ - kolloid eritmani tayorlashda ortiqcha olingan elektrolit ionlarini yarim o`tkazgich membrana orqali toza erituvchi tomonga o`tish qobiliyatiga asoslangan tozalash usuli.

  • 2. Elektrodializ - elektr maydoni ta`sirida elektrolit ionlari harakati ortishi hisobiga dializni tezlashtirish.

  • 3. Ultrafiltrlash - g`ovaklari juda mayda bo`lgan maxsus ultrafiltr yordamida dispers fazani dispers muhitdan ajratib, yuvib, yana kolloid holatiga o`tkazish.



Dializator shemasi



Elektrodializator shemasi



Kolloid zarrachalarning tuzilishi

  • Kondensatsiya usuli bilan olingan kumush hlorid zolining tuzilishi:

  • AgNO3 + KCl = AgCl + KNO3

  • ortiqcha elektrolit zol

  • mAgCl nAg+ (n-x) NO3- x+ xNO3-



Kolloid zarrachalarning tuzilishi

  • Kondensatsiya usuli bilan olingan berlin laszuri zolining tuzilishi:

  • 4FeCl3 + 3K4[Fe(CN)6] = Fe4[Fe(CN)6]3 + 12KCl

  • ortiqcha elektrolit zol

  • mFe4[Fe(CN)6]3 n [Fe(CN)6]4- 4(n-x) K+ 4x- xK+



Kolloid zarrachalarning tuzilishi

  • mFe4[Fe(CN)6]3 n Fe3+ 3(n-x) Cl- 3x+ 3xCl-

  • mFe(OH)3 n Fe3+ 3(n-x) Cl- 3x+ 3xCl-

  • FeCl3 + 3H2O = Fe(OH)3 + 3HCl

  • Fe(OH)3 + HCl = FeOCl + H2O

  • mFe(OH)3 n FeO+ (n-x) Cl- x+ xCl-



Kolloid sistemalarning molekular-kinetik hossalari - turg`unligini ta`minlovchi omillar sifatida

  • 1. Broun harakati - dispers faza zarrachalarining erituvchining molekulalari ta`siridagi uzluksiz va betartib harakati

  • 2. Diffuziya - harorat ta`siri, hamda broun harakati tufayli eritmada kolloid zarrachalarning teng taqsimlanishi

  • 3. Osmotik bosim - kolloid eritma zarrachalari yirik va konsentratsiyasi kichik bo`lishiga qaramay, osmotik bosim kolloid eritmalarda ham kuzatiladi



Kolloid sistemalarning faqat o`ziga hos bo`lgan hossalari

  • 1. Optik hossasi - nurni sindirishi (Faradey-Tindal konusi)



Kolloid sistemalarning faqat o`ziga hos bo`lgan hossalari

  • 2. Koagullanish - kolloid zarrachalarning bir-biriga tortishib, birlashib, yirik agregatlar hosil qilishi:

  • a) yashirin koagullanish - ko`z bilan kuzatish imkoniyati bo`lmagan bosqichi

  • b) aniq koagullanish - eritmada ko`zga ko`rinarli darajada o`zgarishlar (loyqalanish, rang o`zgarishi, cho`kma tushishi) sodir bo`lishi.

  • Cho`kma tishish jarayoni sedimentatsiya deyiladi.

  • 3. Kolloid zarrachalarni elektron mikroskopda ko`rinishi



Koagullanishga olib keluvchi sabablar va koagullanish bo`sag`asi

  • 1. Mehanik ta`sir

  • 2. Haroratni keskin o`zgarishi

  • 3. Nur ta`siri

  • 4. Elektrolitlar va noelektrolitlar ta`siri

  • 5. Uzoq vaqt dializ qilish

  • Ma`lum vaqt o`tishi bilan 1 litr zolni aniq koagullanishga olib keluvchi elektrolitning millimoldagi eng kichik miqdori koagullanish bo`sag`asi deyiladi.



Koagullanish. Shultse-Gardi qoidasi

  • Shultse-Gardi qoidasi:

  • Zollar koagullanishi, granulaning zaryadiga qarama-qarshi zaryadli, ionlar ta`sirida yuz beradi. Koagullovchi ionning zaryadi qanchalik katta bo`lsa, uning koagullash qobiliyati shuncha yuqori bo`ladi va koagullanish bo`sag`asi pastroq bo`ladi.

  • Elektrilitlarning koagullovchi ta`sirini ortib borishi

  • KCl < K2SO4 < K3[Fe(CN)6] < K4[Fe(CN)6]





Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling