Dispers sistemalarning barqarorligi va koagulyarsiyasi


Liofob kolloidlarning agregativ barqarorligiga


Download 32 Kb.
bet2/2
Sana16.01.2023
Hajmi32 Kb.
#1096272
1   2
Bog'liq
24 maruza

Liofob kolloidlarning agregativ barqarorligiga oid struktura- mexanik faktorlar haqidagi tasavvurlar ( P.A.Rebinder) quyidagidan iborat: kolloid zarracha sirtida iviqsimon struktura qavat hosil bo`lib, bu qavat yupqalanishga qattiq qarshilik ko`rsatadi; buning natijasida kolloid zarrachalarning Van-der-Vaal`s kuchlari ta`sir etadigan masofaga qadar o`zaro yaqinlashishi qiyinlashadi. Demak, struktur- mexanik jihatdan qaraganda kolloidlarning koagulyatsiyasi zarracha sirtining liofilligiga ham bog`liq.
3. Kolloid sistemaning agregativ barqaror bo`lishiga “ kengaytiruvchi p” , suyuqlik qovushqoqligining katta-kichikligi, zarracha sirtiga yaqin turgan chegara suyuqlik qavatining polimolekulyar xossalari katta ta`sir ko`rsatadi. Agregativ barqarorlik faktorlaridan biri zarrachaning sol`vatlanishidir.
4. Agregativ barqarorlik faktori sistemaning termodinaamik xossalaridan kelib chiqadi. Bunda asosiy rolni sistemaning entropiya faktori o`taydi. Dispers sistemaning ma`lum bir sohasida entropiya faktori koagulyatsiya jarayoniga qarshilik ko`rsatishi mumkin.
5. Sterik ( fazoviy) faktorlar haqida quyidagicha mulohaza yuritish mumkin. Barqaror kolloid sistemalar hosil bo`lishi uchun dispers faza sirtida stabilizatorning adsorbsion qavatlari bo`lishi kerak. Bir zarrachaning adsorbsion qavati ikkinchi zarrachaning adsorbsion qavatini qoplashi natijasida sistemaning erkin energiyasi ortadi; bu holda ikkala zarracha bir-biriga qarshilik ko`rsatadi- ular birlashmaydi. Agar stabilizator sifatida polimer ishlatilgan bo`lsa, o`zaro itarilishda entropiya faktori ma`lum ahamiyatga ega bo`ladi.

Takrorlash uchun savolar


1. Liofob kolloid eritmalarning agregativ va kinetik barqarorlik nimadan iborat?
2. Sedimentatsion barqaror sistemalarga misollarlar keltiring.
3. Shul`se- Gardi qoidasi nima?
4. Koagulyatsiya chegarasi nima?
5. Koagulyatsiyani qanday usullar bilan tezlatish mumkin?
6. Kolloidlarning barqarorligi va koagulyatsiyaga oid qanday fizik nazariyalarni bilasiz?
7. Sust koagulyatsiya nima?
8. Tabiatdan va turmushdan koagulyatsiyaga oid misollarni keltiring.
Download 32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling