Lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 58.03 Kb.
bet1/8
Sana25.04.2023
Hajmi58.03 Kb.
#1399301
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
fizik-kolloid(maruza) ne\'matov diyorbek




XALQ TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
KIMYO VA UNI O‘QITISH METODIKASI ” KAFEDRASI



MUSTAQIL TA’LIMI
Ta’lim yo’nalishi: Kimyo
Guruh: 301
Talabaning F.I.Sh: Ne’matov Diyorbek
Mavzu: Kolloid sistemalarning agregativ, elektrik va rangga ega bo'lish xossalari.
Fan nomi: Fizik - kolloid kimyo
Ta’lim yo’nalishi: Kimyo


Toshkent – 2023
Mavzu: Kolloid sistemalarning agregativ, elektrik va rangga ega bo'lish xossalari.
Reja:
1. Kolloid sistemalarning agregativ va barqarorligi haqida fizikaviy nazariya.
2. Kolloid sistemalarning elektr xossalari.
3. Elektrokinetik potensial va unga ta`sir etuvchi omillar.
4. Kolloid sistemalarning rangga ega bo'lish xossalari.

Kolloid sistemalarning agregativ va barqarorligi haqida fizikaviy nazariya.
Kolloid sistemalarning agregativ barqarorligi va koagulyatsiyasi haqidagi hozirgi nazariya 1945 yilda rus olimlari B.V. Deryagin va L.D. Landau tomonidan taklif qilindi. Bu nazariyaga muvofiq, zarrachalar orasida o‘zaro tortishish va o‘zaro itarilish kuchlari ta`sir etadi. Zarrachalararo masofa o‘zgarganida sistemadagi potentsial energiyaning o‘zgarishini aniqlash uchun absissalar o‘qiga masofa, ordinatalar o‘qiga sistemaning potentsial energiyasini qo‘yib, “potentsial energiya diagrammasi” hosil qilinadi.
Kolloid zarracha (mitsella) lar orasidagi o‘zaro ta`sir kuchlari odatdagi kulon kuchlaridan farq qiladi: B.V. Deryagin bu zarrachalar orasida kengaytiruvchi R deyiladigan alohida kuchlar ta`sir etishini ko‘rsatishiga muvaffaq bo‘ldi. Kengaytiruvchi bosim keltirib chiqaruvchi itarilish kuchlarini juda katta rezervuarga tushirilgan ikkita parallel plastinkalar misolida ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, suyuqlik ichiga botirilgan ikki plastinka orasida yupqa suyuqlik qavati bor va bu plastinkalar bosim R ta`sirida o‘z vaziyatini saqlab turgan bo‘lsin.

Suyuqlikning ikki qavati bir-biri bilan mexanik muvozanatda turishi uchun quyidagi shart bajarilishi lozim: kengaytiruvchi R kuchi dP sirt birligi uchun hisoblangan elektrostatik o‘zaro ta`sir kuchi - qd@ ga teng bo‘lishi kerak (minus ishora qo‘yilishining sababi shundaki, bu ikkala kuch qarama-qarshi yo‘nalishga ega):
dP=-qd@ yoki dP+ qdd@=0
(bu erda q-zaryad zichligi, @-potentsial). Plastinkalar orasidagi har bir plastinkadan 1 masofada turuvchi tekislikdagi bosimni P1 bilan, plastinkalar tashqarisidagi suyuqlik hajmining bosimini P0 bilan belgilaylik. Bu holda kengaytiruvchi P bu ikkala bosim orasidagi ayirmaga teng bo‘ladi: П=P1-P0
O‘rta qavatdagi elektr potentsiallar @e ga; plastinkalardan tashqarida elektr potentsial esa nolga teng bo‘lsin. Endi (1) tenglamani integrallasak, quyidagi ifodaga ega bo‘lamiz:
П=P1- P0 = @|⁰qd@
B.V. Deryagin va uning shogirdlari elektrolitlarning suvdagi eritmalari bilan olib borgan tajribalarida tenglamani suyultirilgan eritmalar uchungina tatbiq etish mumkinligini ko‘rsatdilar. B.V. Deryagin ikkita sferik zarracha orasidagi o‘zaro itarilish energiyasini hisoblab topishga ham muvaffaq bo‘ldi.Zolning barqarorligiga ta`sir ko‘rsatuvchi ikkinchi kuch – zarrachalar orasida o‘zaro tortilish kuchlaridir. Bu kuchlar tabiati jihatidan xuddi ikki neytral zarracha orasida ta`sir etuvchi kuchlarga o‘xshaydi. Molekulalararo kuchlarning kelib chiqish sabablaridan biri dipollar orasidagi o‘zaro ta`sir (Debay effekti), ikkinchisi bir molekulaning ikkinchi molekula ta`sirida qutblanishi (Keezom effekti) va uchinchisi – maxsus dispersion kuchlarning (F. London kuchlarining) paydo bo‘lishidir.

Download 58.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling