Lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Elektrokinetik potensial va unga ta`sir


Download 58.03 Kb.
bet6/8
Sana25.04.2023
Hajmi58.03 Kb.
#1399301
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
fizik-kolloid(maruza) ne\'matov diyorbek

Elektrokinetik potensial va unga ta`sir
etuvchi omillar.
Qo‘sh elektr qavatning tuzilishi haqidagi 1924 yilda Shtern taklif qilgan nazariyada Gel’mgol’ts-Perren va Gui–Chepmen nazariyalari birlashtiriladi. U quyidagi faraziyalarni ilgari suradi: birinchidan, har qanday ion o‘ziga xos aniq o‘lchamga ega; ikkinchidan, ionlar Van–der–Vaals kuchlari ta`sirida o‘ziga xos ravishda – qattiq faza sirtiga adsorbilana oladi. Lekin qarshi ionlar qattiq faza sirtiga ion radiusidan kattaroq masofaga qadar yaqinlasha olmaydi, chunki Van–der–Vaal’s kuchlari elektrik tabiatga ega bo‘lmaganidan ularning ta`siri masofa kattalashishi bilan tezda susayib ketadi; bu kuchlar sirtdan taxminan 0,1-0,3 nm uzoq masofalarga qadargina o‘z ta`sirini ko‘rsata oladi. Shtern fikriga muvofiq, qarshi ionlarning faqat bir qismi qattiq faza yaqinida 1-2 molekula radiusiga teng masofada Gel’mgol’ts qavatini hosil qiladi.
Sirtdagi ionlar zaryadini batamom kompensatsiyalash uchun zarur bo‘lgan qarshi ionlarning qolgan qismi esa diffuzion qavatda joylashadi. Shunday qilib qo‘sh elektr qavatning tuzilishi qattiq faza sirtida zaryadning hosil bo‘lish mexanizmiga emas, balki zaryadlarning sirtda joylashishiga bog’liq ekan.
Shternning qo‘sh elektr qavat sxemasi.
Elektr – kinetik potentsial kolloid zarrachaning sirti katta bo‘lgani uchun ionlar ularga oson yopishadi, ya`ni adsorbilanadi. Bu ionlar kolloid eritmalarning barqarorligiga ta`sir etadi. Termodinamik potentsialning kattaligi sirtga adsorbilangan barcha anionlar bilan suyuqlikning adsorbsion va diffuzion qavatlaridagi o‘shancha kationlar orasidagi umumiy potentsiallar ayirmasini ko‘rsatadi. Elektrokinetik potentsialning kattaligi esa sirtga adsorbilangan anionlar sonidan adsorbsion qavat tarkibidagi kationlar sonini olib tashlaganda qoladigan kationlar soni bilan sirtning anionlari orasidagi potentsiallar ayirmasini ko‘rsatadi. Demak elektrokinetik potentsial termodinamik potentsialning faqat ma`lum qismini tashkil etadi.

Download 58.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling