Lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Barqarorlik zonalarining oralab o‘zgarish sxemasi


Download 58.03 Kb.
bet3/8
Sana25.04.2023
Hajmi58.03 Kb.
#1399301
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
fizik-kolloid(maruza) ne\'matov diyorbek

Barqarorlik zonalarining oralab o‘zgarish sxemasi.
Kolloid sistemalarning strukturasi zarrachalararo ta`sir kuchlariga, zarrachalar kontsentratsiyasiga, dispers faza va muhit tabiatiga bog’liq. Dispers faza zarrachalari bir-biri bilan bog’lanishiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
Strukturlanmagan sistemalar: suyultirilgan zollar, suspenziya, emulsiyalar kiradi. Ular mexanik mustahkamlikka ega emas.
Strukturlangan sistemalar: kontsentrlangan suspenziyalar, zollar, emulsiyalar kiradi va ular elastiklik, plastiklik xossalarini namoyon qiladi.
Rebinder ta`limotiga ko‘ra kolloid sistemadagi strukturalar ikki turkumga bo‘linadi:
1) Koagulyatsion struktura;
2) Kondensatsion–kristallizatsion struktura.
Koagulyatsion struktura – kolloid sistemalarning agregativ barqarorlikning kamayishi natijasida, zarrachalar butunlay barqarorligani yo‘qotganida cho‘kmalar hosil bo‘lishiga asoslanadi (koagel’, koagulyant).
Zarrachalararo agregativ barqarorlik qisman kamaysa fazoviy struktura hosil bo‘ladi. Bunday struktura sistemaning butun hajmini egallab fazalararo dispersion muhit saqlanadi.
Kolloid eritmalar chin eritmalardan farqli o‘laroq, agregativ jihatdan beqarorlik xossalarini namoyon qiladi, ya`ni tashqi ta`sirlar: elektrolit qo‘shish, isitish, sovitish, mexanik chayqatish ta`sirida zarrachalarning yiriklashishi (koagullanish).
Kolloid eritmalarning osmotik bosimi “π” chin eritmalarning osmotik bosimidan kam ahamiyatga ega va kolloid sistemalar agregativ jihatdan beqaror bo‘lganligi uchun ularning osmotik bosimi doimiy emas. Osmotik bosim zarrachaning o‘lchamiga ham, tabiatiga ham bog’liq emas.


Kolloid sistemalarning elektr xossalari.
Elektrokinetik hodisalar. Ularga elektroforez, elektroosmos, Dorn effekti va oqib chiqish potentsiallari kiradi.
Elektroforez - kolloid zarrachalarning tashqi elektr maydon ta`sirida harakat qilish hodisasidir (1808 yilda prof. Reyss tomonidan kashf etilgan).
Elektroosmos – suyuqlikning elektr maydonida g’ovak jism orqali elektrodlar tomon harakat qilishi elektroosmos deyiladi. Bu ikkala hodisa asosida qattiq va suyuq fazalarning turli zaryadga ega ekanligi yotadi.

Download 58.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling