Lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
Van-der-Vaal`s kuchlari yoki molekulalararo kuchlar
Download 58.03 Kb.
|
fizik-kolloid(maruza) ne\'matov diyorbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Koagulyatsiyaga oid eng muhim qoidalar.
Van-der-Vaal`s kuchlari yoki molekulalararo kuchlar.
Neytral atomlararo yoki molekulalararo (ularning radiuslaridan kattaroq masofalarda) ta`sir etadigan juda zaif o‘zaro tortishuv kuchlari Van-der-Vaal`s kuchlari yoki zarrachalararo kuchlar deb ataladi. Bitta modda molekulalari yoki atomlari orasida o‘zaro tortishish kuchlarining namoyon bo‘lishi kogeziya, turli xil moddalarning molekulalari orasidagi tortishish kuchlarining namoyon bo‘lishi esa adgeziya deb ataladi. Molekulalararo kuchlar uch xil: orientatsion, induktsion va dispersion kuchlar ko‘rinishida bo‘ladi; molekulalararo ta`sirning umumiy energiyasi bu uch effekt energiyalari yig’indisiga teng: U=Uor+Uind+Udis Koagulyatsiyaga oid eng muhim qoidalar. “Koagulyatsiya qoidalari” deyiladigan qonuniyatlar quyidagilardan iborat: 1. Zolga ma`lum miqdor elektrolit qo‘shilganida kolloid sistemalar koagulyatsiyalanadi. 2. Har qaysi kolloid eritma “koagulyatsiya chegarasi” deb ataladigan miqdordagi elektrolit ta`siridan koagulyatsiyaga uchraydi. 3. Koagulyatsiya kolloid sistemaning “izoelektrik holatiga” yaqin sharoitdan boshlab sodir bo‘ladi. 4. Kolloid zarracha ishorasiga qarama-qarshi zaryadli ion koagulyatsiyani paydo qiluvchi ion hisoblanadi. 5. Ionlarning valentligi ortishi bilan koagullash ta`siri kuchayadi. 1941 yilda Deryagin, Londau, Fervey – Overbek (DLFO) koagulyatsiyaning fizik nazariyasini yaratdilar. Unga ko‘ra koagullanish ikki kuchga bog’liq: molekulyar tortilish va elektrostatik itarish kuchlariga bog’liq. Bu ikki kuch ikki kolloid zarracha orasidagi yupqa suyuqlik qavatida birlashib ta`sir etib, «yoruvchi bosimni» vujudga keltiradi. Agar ularning ta`sirlashuvi natijasida musbat yoruvchi bosim paydo bo‘lsa, bu bosim zarrachalarining bir-biri bilan birlashib ketishiga yo`l qo`ymaydi, binobarin koagullanish sodir bo‘lmaydi. Agar manfiy yoruvchi bosim paydo bo‘lsa, zarrachalar orasidagi suyuqlik qavati torayib zarrachalar bir- biri bilan birlashib ketadi va koagulyatsiya sodir bo‘ladi. Elektrolit ta`sirida koagullanishda ikki holat kuzatiladi: Neytrallanish koagullanishi: bunda koagullanish kolloid zarrachaning zaryadsizlanish va φ potentsialni kamayishi natijasida. Kontsentratsion koagullanish: bunda qo‘sh elektr qavatning siqilishi natijasida sodir bo‘ladi. Download 58.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling