Dispers sistemalarning tasnifi. Dispers faza va dispers muhit


Dispers faza va Dispers muhit


Download 54.08 Kb.
bet2/8
Sana21.01.2023
Hajmi54.08 Kb.
#1106476
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
dispers sistema

Dispers faza va Dispers muhit
Kolloid eritmalardagi dispers faza va dispers muhit orasidagi o’zaro munosabatni ikki turga bo’linadi:

  1. Qaytar xususiyatga ega bo’lgan kolloid eritmalar — liofil (yunoncha lios — suyuqlik, filio — yoqtirish) sistemalarda dispers faza, dispers ion, muhit molekulalari yoki ionlari orasida ta’sirlashuv kuzatiladi.

  2. Qaytmas xususiyatga ega bo’lgan kolloid eritmalar — liofob (yunon­cha fobo — yoqtirmaydi) dispers faza dispers muhit bilan o’zidan o’zi aralashib ketavermaydi. Bunday kolloid eritmalarda dispers faza qismi, odatda, kichik konsentratsiyali bo’ladi. Ular kuchli elektrolit eritmalari bilan aralashganda dispers faza cho’kmaga tushadi (koagulyasiyaga uch­raydi) va o’zi bilan dispers muhitni qo’shib olmasdan cho’kadi.

Qaytar kolloid sistemalarda dispers faza konsentratsiyasi yuqori bo’lib, ular elektrolitlar ta ’siriga nisbatan deyarli befarq, lekin konsentratsiyasi yuqori bo’lgan elektrolitlar ta’sirida o’ziga dispers muhitning sezilarli miqdorini biriktirib olgan, hajmi katta, yopishqoq faza hosil qilib cho’kadi.
Zollar nima ?
Kolloid sistemalarda har qanday mayin zarrachalar tutgan eritmalarni «zol» deb ataladi. Aerozollarda dispers muhit sifatida gazlar, liozollarda dispers muhit suyuq bo’ladi. Dispers muhit suv bo’lganda gidrozollar yoki soddagina qilib zollar deb ataladi.
O’z turg’unligini yo’qotishi natijasida cho’kkan zollarni, ko’pincha, gellar (ba’zan liogellar) deb ataladi, ular bir jinsli va katta ko’lamli bo’lib, ulardagi zarrachalar o’zaro molekular kuchlar vositasida bog’lan­gan umumiy sistemani hosil qiladi (masalan, sut achiganda hosil bo’ladi­gan quyuqlashgan sistema).
Shunday vaziyatda qattiq faza dispers muhitdan ayrim holda ajralsa, bunday sistemani kaogel deb ataladi.

Dispers sistemalar turli belgilariga ko‘ra bir necha sinflarga bo‘linadi:


1) Fazalarning agregat holatiga ko‘ra;
2) Disperslik darajasiga ko‘ra;
3) Zarrachalar shakliga ko‘ra;
4) Fazalararo ta‘sirlashuviga ko‘ra;
5) Zarrachalararo ta‘sirlashuviga ko‘ra.



Download 54.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling