Dispers sistemalarning tasnifi. Dispers faza va dispers muhit


Zarrachalararo ta’sirlashuvga ko’ra klassifikatsiyayalanishi


Download 54.08 Kb.
bet4/8
Sana21.01.2023
Hajmi54.08 Kb.
#1106476
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
dispers sistema

Zarrachalararo ta’sirlashuvga ko’ra klassifikatsiyayalanishi
Bu klassifikatsiyaga ko‘ra dispers sistemalar erkin dispers (tuzilishsiz) va bog’langan dispers (tuzilishli) sistemalarga bo‘linadi. Erkin dispers sistemalarda dispersion faza zarrachalari bir-birlari bilan bog‘lanmagan bo‘lib, dispersion muhitda erkin harakat qila oladi. Bunday dispers sistemalarga zollar, suyultirilgan emulsiyalar va suspenziyalar, aerozollar misol bo’ladi. Bog‘langan dispers sistemalarda dispers faza zarrachalari molekulalararo kuchlar hisobiga bir-birlari bilan bog‘langan bo‘ladi. Ular dispers muhit bilan fazoviy to‘rlar va karkaslar (strukturalar) hosil qiladi. Bu sistemalarda dispers faza zarrachalari erkin harakat qila olmaydi, ular faqatgina tebranma harakat qiladilar. Bunday sistemalarga kapillyar va g’ovak jismlar, membranalar, gellar, iviqlar, ko’piklar, qattiq eritmalar, tuproq misol bo’ladi. Erkin va bog’langan dispers sistemalar Dispers sistemalar sinfi Tavsifi Misollar Erkin dispers sistemalar Dispers faza harakatchan, ya‘ni alohida ko‘rinishda ifodalangan. Zarrachalar o‘zaro bog‘lanmagan. Dispersion muhitning butun hajmida ko‘proq yoki kamroq teng taqsimlangan Liozollar, suspenziyalar, emulsiyalar, qon, aerozollar (tumanlar, tutunlar, changlar) Bog‘langan dispers sistemalar Dispers faza deyarli harakatsiz, ya‘ni yoppasiga tuzilishlar (karkas, to‘rlar) hosil qiladi. Dispersion muhitning ta‘siri kuchli Liogellar, iviqlar, tolasimon va g‘ovak kapillyarlar (suyak to‘qimasi), biomembranalar, ko‘piklar, gellar, qattiq eritmalar
Mikrogeterogen sistemalar Dispersion muhiti - gaz Dispersion muhiti - suyuqlik Aerozollar Kukunlar Suspenziya Ko'piklar Emulsiya hisoblanadi

Suspenziyalar
Suspеnziyalar (lotincha «suspensio»-«osish ») dеb, dispеrs muhiti suyuq va dispеrs fazasi qattiq zarrachalardan iborat bo`lgan mikrogеtеrogеn sistеmalarga aytiladi. Suspеnziyalar dispеrs fazasining zarrachalar o`lchami 10-4 10- 6 m atrofida bo`ladi. Suspеnziyalarlar ham kondеnsatsion va dispеrsion usullarda olish mumkin. Dispеrs faza kontsеntratsiyasiga qarab suyuq va kontsеntrik suspеnziyalar bo`ladi. Kontsеntrik suspеnziyalar - pastalar dеyiladi. Suyuq suspеnziyalar loyqa bo`lib, ularda Faradеy-Tindal konus kuzatilishi mumkin. Dispеrs faza zarrachalar o`lchami katta bo`lgani uchun suspеnziyalarda broun xarakati, diffuziya va osmotik bosim qaratib bo`lmaydi. Fazalar chеgarasida qo`sh elеktr qavati bo`lishi mumkin. Suspеnziyalar - kinеtik bеqaror sistеmalardir; zarrachalar o`zining og`irlik kuchi ta'sirida cho`kib qoladi. Cho`kish tеzligi zarracha o`lchamiga dispеrs faza va dispеrs muhit zichliklarining farqiga, qovushqoqlikga va haroratga bog`liq. Suspеnziyalarning agrеgativ bеqarorligi, zollar kabi, satxlar yuzasidagi Gibbs enеrgiyasining kattaligi bilan tushuntiriladi. Suspеnziyalarning agrеgativ barqarorligini oshirish uchun stabilizatorlar -sirt faol moddalar (SFM) qo`shiladi.
SFM molеkulalari dispеrs faza zarrachalari satxida adsorbtsiyalanib, yupqa strukturalangan, mеxanik jihatdan pishiq, dispеrs muhit bilan yaxshi xo`llanadigan agrеgatsiyaga yo`l qo`ymaydigan qatlam (plеnka) hosil qiladi. Bunda faqat agrеgativ barqarorlik oshib, qolmasdan sеdimеntatsiya ham sеkinlashadi, chunki muhit qovushqoqligi ortadi. Suspеnziyalarni kinеtik barqarorligini dispеrs muhit zichligini, qovushqoqligini oshirib, ta'minlash mumkin. Agar sistеma suspеnziyadan iborat bo`lsa, bu eritma tindirilgan vaqtda og`ir modda idish tubiga cho`kadi. Dispеrsion muhit ichida dispеrs fazaning cho`kish jarayoni sеdimеntatsiya dеyiladi. Suspеnziyalarning cho`kish tеzligi dispеrsion muhitning zichligiga, qovushqoqligiga va dispеrs faza zarrachalarining unligiga hamda ularning radiusiga bog`liqdir
Dispersion muhiti suyuq, dispersion fazasi qattiq bo‘lib, dispers faza zarrachalarining o‘lchami 10-5 sm (100 nm) dan katta bo‘lgan dispers sistemalar– suspenziyalar deyiladi.
Liozollar (kolloid eritma) dan suspenziyalar rasman dispers faza zarrachalarining o‘lchami bilan farq qiladi. Bundan tashqari suspenziyalarda qattiq faza zarrachalari Broun harakatida ishtirok etmaydi.
Suspenziyalar bir nechta belgilari bilan farqlanadi:
1. Dispersion muhit tabiatiga ko‘ra: organosuspenziya (dispersion muhiti-organik suyuqlik) va suvli suspenziya.
2. Dispers faza zarrachalarining o‘lchami bo‘yicha: dag‘al suspenziya (d>102 sm), nozik suspenziya (5∙10-5-2 sm), xira (loyqa)-(10- 5-5 sm).
3. Dispers faza zarrachalarining konsentratsiyalariga ko‘ra: konsentrlangan va suyultirilgan.

Suyultirilgan suspenziyalar-erkin dispers tuzilishsiz sistemalardir. Suyultirilgan suspenziyalarda suyuqlikda zarrachalar erkin harakat qiladi. Zarrachalar orasida o‘zaro tortishuv bo‘lmaydi va har bir zarracha kinetik erkin bo‘ladi.



Konsentrlangan suspenziyalar (pastalar)da zarrachalar orasida ta‘sir kuchlari bo‘ladi, bu kuchlar fazoviy to‘rlar hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Konsentrlangan suspenziyalar bog‘langan dispersli tuzilish sistemalardir.
Suyultirilgan dispers sistemalar 2 xil usulda (dispergatsion usulda dag‘al dispers sistemalardan va kondensatsion usulda) olinadi.
Suspenziyalarda elektrokinetik xossalari gidrozollarnikiga o‘xshash bo‘ladi.
Dzetapotensial suspenziyalarda quyidagicha:
Kvars suspenziyalarida: -44mB; tuproq suspenziyasida -49 mB;
Zollarda: mishyak sulfid zolida -90 MB, Fe(OH)3 zolida +52 mB.
Suspenziyalarda zarrachalarning o‘lchami 10-5 sm dan 10-2 sm gacha va undan yuqori bo‘ladi. Shuning uchun suspenziyalarning molekulyar–kinetik xossalari turlicha bo‘ladi va ularning disperslik darajasi bilan aniqlanadi.
Zarrachalarining o‘lchami 10-5–10-4 sm bo‘lgan suspenziyalar uchun diffuzion–sedimentatsion muvozanat o‘rnatilishi kuzatiladi.
Zarrachalarining o‘lchami 10-4sm dan 10-2sm gacha bo‘lgan suspenziyalarda Broun harakati bo‘lmaydi va ularda tez sedimentatsiya kuzatiladi

Download 54.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling