Dispersiyaning asosiy xossalari. Dispersiyani moment usulida aniqlash. Muqobil belgilar dispersiyasi


Download 18.48 Kb.
bet3/3
Sana25.10.2023
Hajmi18.48 Kb.
#1719324
1   2   3
Bog'liq
Dispersiyaning asosiy xossalari . Dispersiyani moment usulida an

4.Dispersion tahlil Tanlab kuzatish va korrelyatsion tahlil bilan uzviy bog‘langan dispesion tahlil statistik metodlar ichida muhim o‘ringa ega. Undan, yana kombinatsion jadvallardagi ko‘p omilli bog‘liklarni o‘rganishda foydalanishimiz mumkin. Dispersion tahlil statistik to‘plamga bir va bir nechta omilni ta’sirini o‘rganuvchi matematik – statistik metodalardan biri hisoblanadi. Faraz qilinadi, o‘ragnilayotgan belgilar statistik o‘lchanadi va ularning variatsiyasi mavjud. Dispersion tahlilda statistik to‘plam natijaviy belgilar bo‘yicha guruhlarga ajratiladi va har bir guruh bo‘yicha natijaviy beligini o‘rtachalari hisoblanadi. General to‘plamdan har bir guruhga tasodifiy tanlash asosida birliklar saralanishi taxmin qilinadi. Bunday sharoitda belgini o‘rtachasi dispersiyaga bog‘liq bo‘lmagan holda taqsimlanadi va birliklarni bir avlodligi guruhlar bo‘yicha o‘rtachalar guruhlar ichidagi dispersiyaga bog‘liq bo‘lmaydi. Dispersion tahlilda, natijaviy belgining variatsiyasi turli omillar xarakatiga bog‘liq holda bo‘laklarga bo‘linadi. Bunga umumiy 134 dispersiyani guruhlar o‘rtachasi va guruhlar ichidagi (qoldiq dispersiya) o‘rtachaga ajratish bilan erishamiz. Dispersion tahlilning asosiy vazifalaridan biri, omil belgi bo‘yicha guruhlash asosida natijaviy belgini biravlodliligi aniqlanishi yoki aniqlanmasligini bilish. Ushbu masala dispersiya turlarini o‘rganish va taqqoslash bilan echiladi. Dispersiya turlari va uning qo‘shish qoidasi. Ma’lumki, to‘plam birliklari o‘rtasidagi tafovut bir qancha omillar o‘zgarishiga bog‘liq. Bu omillar ta’sirini biz statistikaning boshqa metodlari yordamida o‘rganishimiz mumkin. Ulardan biri guruhlash metodidir. Guruhlash metodi yordamida to‘plam birliklarini ma’lum bir belgi bo‘yicha turdosh to‘plamchalarga yoki bo‘laklarga ajratamiz. Bu bilan birliklarning chetlanishiga ta’sir qiluvchi omillar uch guruhga: umumiy, guruhlararo va guruh ichidagi omillarga ajraladi. Endi tebranishning uch ko‘rsatkichini aniqlash zarur bo‘ladi: umumiy dispersiya, guruhlararo dispersiya; guruhlar ichidagi dispersiya. Umumiy dispersiya o‘rganilayotgan to‘plamdagi hamma sharoitlarga bog‘liq belgi variatsiyasini xarakterlaydi va quyidagi formula bilan hisoblanadi: f x x f y     2 2 ( )  Guruhlararo dispersiya o‘rganilayotgan belgi variatsiyasini ifodalaydi. Bu variatsiya guruhlash asosi qilib olingan omil belgi ta’sirida paydo bo‘ladi. Guruhlararo dispersiya umumiy o‘rtacha atrofida bo‘lgan guruh (shaxsiy) o‘rtachalarining tebranishini xarakterlaydi va quyidagi formula bilan ifodalanadi. i i y i f x x f     2 _ 2 ( )  bu erda: xi - guruhlar bo‘yicha o‘rtacha; х у - umumiy o‘rtacha; fi – guruhlar bo‘yicha chastotalar soni. Guruhlar ichidagi dispersiya har bir guruhdagi tasodifiy variatsiyani baholaydi va quyidagi formula bilan aniqlanadi: 135 i i i i f f    2 2  Umumiy dispersiya guruhlararo va guruhlar ichidagi dispersiya yig‘indisiga tengdir: 2 2 2 y i   Bu ko‘rsatkichlar yordamida hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish mumkin. Agar biz guruhlararo dispersiyani umumiy dispersiyaga nisbatini olsak determinatsiya ( 2 ) koeffitsienti kelib chiqadi. Bu koeffitsient umumiy variatsiyaning qanchasi guruhlash asosiga qo‘yilgan omil belgi hisobidan amalga oshganligini xarakterlaydi va quyidagi formula bilan aniqlanadi: 2 2 2   .  Determinatsiya koeffitsientini kvadrat ildizdan chiqarib, korrelyatsion nisbat ko‘rsatkichi aniqlanadi. Korrelyatsion nisbat guruhlash belgisi (omil) va natijaviy belgi o‘rtasidagi bog‘liqlikning zichligini ko‘rsatadi va quyidagi formula bilan aniqlanadi: = 2 2   . Bu ko‘rsatkich 0 va 1 oralig‘ida bo‘ladi. Qanchalik birga yaqinlashib borsa, shuncha omil belgi bilan natijaviy belgi o‘rtasidagi bog‘lanish zichligidan dalolat beradi
Download 18.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling