Диссертация илмий раҳбар: доц. Мисиров. К
Xo’jalik sub’ektlarda qo’shilgan qiymat solig’i tahlilini
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
bilvosita soliqlar xisobi va taxlilini takomillashtirish
3.3. Xo’jalik sub’ektlarda qo’shilgan qiymat solig’i tahlilini takomillashtirish masalalari Hozirgi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha byudjet bilan hisoblashishlarni 70 auditorlik tekshiruvidan o’tkazish alohida o’rin egallaydi. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning pirovardida xo’jalik yurituvchi sub’ekglarga qulaylik yaratish va ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini oshirish, aholining turmush farovonligini yanada yaxshilash va boshqa ijobiy maqsadlarda yildan yilga soliq stavkalarining pasayib borish tendentsiyasi kuzatilmoqda. Albatta bu jarayonni bir necha yillardan beri foyda solig’i stavkasining pasaytirilishi, soddalashtirilgan tartibda soliq to’lovchilar tomonidan to’lanadigan yagona soliq to’lovining pasaytirib borilishida ko’rishimiz mumkin. Lekin har bir soliq stavkasini pasaytirish, u yoki bu imtiyozlarni berish jarayonida bir vaqtning o’zida mamlakat byudjetiga qanchalik ta’sir qilishini o’rganib, tahlil qilib chiqish zarur. Ya’ni, soliq stavkasining qanday tomonga va qancha o’zgarishidan qatiy nazar, ularni tahlil qilish usuli doimiy qolishi lozim. Ammo, mamlakatimizda soliqlarni xususan, bilvosita soliqlarni tahlil qilish usuli hali to’liq ishlab chiqilmagan. Shu sababli bu masala hozirgi kunda o’ta dolzarb hisoblanadi. Chunki davlat bilan korxona o’rtasida iqtisodiy munosabatlar asosan soliq orqali amalga oshiriladi, nazorat qilinadi. Soliqlar va ularning mohiyatini, soliq miqdoriga ta’sir etuvchi omillarni, soliq stavkalarini oshirmasdan byudjetga tushumlarni ko’paytirish yo’llarini ochib berishda iqtisodiy tahlilning roli beqiyosdir. Qo’shilgan qiymat solig’ini tahlilini o’tkazish quyidagilarni o’z ichiga oladi: - oldingi davrlardagi soliq hisobotlarini tahlil qilish, kamchiligi ko’rsatilgan masalalar bo’yicha berilgan tavsiyalar bajarilishini aniqlash; - joriy davr uchun QQS schyotlari bo’yicha qoldiqlarni oldingi davrlardagi qoldiqlar bilan taqqoslash va tafovutlarni tahlil qilish; - joriy davr uchun haqiqiy stavkalarini taqqoslash va tafovutlarni tahlil qilish; - hisobot davri uchun byudjetga to’lovlar to’lanishini tahlil qilish. Tahlilda qo’llaniladigan usullar to’g’risida umumiy tushunchalarni berib o’tdik. Endi mazkur usullarni amaliy 71 misollar yordamida qo’llashga harakat qilamiz. Tahlil jarayonida matematik modellarning bir nechta tiplari qo’llaniladi. Ularning ko’p uchraydiganlari quyidagilardir: additiv model, multiptikativ model, kasrli model (3.4-rasm). Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling