Диссертация илмий раҳбар: доц. Мисиров. К


 Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida aktsiz solig’i tahlilini


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/42
Sana17.06.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1521491
TuriДиссертация
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42
Bog'liq
bilvosita soliqlar xisobi va taxlilini takomillashtirish

3.2. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida aktsiz solig’i tahlilini 
takomillashtirsh. 
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida soliq tizimini boshqarishning nazariy 
uslubiy va amaliy jabhalarini tadqiq etish e’tibor talab qilinayotgan soha bo’lib 
qolmoqda. Soliqqa tortishning nazariy asoslaridan kelib chiqib, soliq siyosatini 
amalga oshirish, bu borada optimal variantni tanlab olishni talab etadi. Soliqlar 
davlatning barcha yo’nalishdagi faoliyati uchun zarur bo’lgan asosiy moliyaviy 
manbalardan biri bo’lib, u hukumatning ustuvor yo’nalishlarini rivojlantirish 
bo’yicha amalga oshirishdagi asosiy manbalardan biri bo’lib hisoblanadi. 
Mamlakat iqtisodiyotini soliqlar orqali tartibga solish davlat byudjetini tashkil 
etishning usuli bo’lsa, soliqqa tortish yo’li bilan esa jamiyatdagi u yoki bu 
jarayonlarni rivojlanishiga ta’sir etish mumkin. Ya’ni, davlatning mavjudligi bu 
soliqlar bilan chambarchas bog’liq, chunki soliq tushumlari davlatning iqtisodiy 
mustaqilligining asosiy manbai bo’lib xizmat qiladi. 
Soliqlarni budjet daromadlarini shakllanishini tahlil qilgan holda hisob - 
kitoblarni soddalashtirish kabi ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Soliqlarni 
birxillashtirish, sonini qisqartirish hamda ular bo’yicha hisob-kitob qilish va 
to’lash mexanizmlarini soddalashtirish bo’yicha doimiy ish olib borishda albatta, 
korxonaga uning ta’sir doirasini ham tahlil qilib borish lozim. 


64 
Respublikamizda soliq yukining kamayishi bu faqat ayrim soliq turlari 
bo’yicha soliq stavkalarining kamaytirilishi, soliq imtiyozlarining kengaytirilishi 
evaziga emas, balki hukumatimiz tomonidan iqtisodiyotda keng qamrovli tarkibiy 
o’zgartirishlarni ta’minlaydigan aniq maqsadli davlat dasturlarini izchillik bilan 
amalga oshirish hisobidan soliq tushumlariga nisbatan yalpi ichki mahsulotning 
o’sish darajasi o’rtasidagi yuqori farqning vujudga keltirilishi bilan izohlanadi. 
Keyingi yillardagi soliq siyosatining asosiy yo’nalishlarida soliq yukini 
muntazam kamaytirib borish tendensiyasi kuzatilmoqda, ushbu holat 2017 yilda 
ham kuzatildi va iqtisodiyotga ijobiy ta’sir etdi. 
Soliq mexanizmi iqtisodiyotni boshqarishning bozor vositalari orasida 
muhim o’rin tutadi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov 
bozor iqtisodiyotining o’zini o’zi tartibga soluvchi mexanizmlarining istiqbolli 
ekanligi va bunda davlat ixtiyorida faqat iqtisodiy vositalar va rag’batlar saqlanib 
qolishini hamda ularning tarkibiy qismi soliqlar ekanligini bir necha bor 
ta’kidlagan. 
Bilvosita soliqlar tarkibida aktsiz soliqlari muhim ahamiyatga ega bo’lib, 
budjet daromadlarining deyarli uchdan bir qismini tashkil etadi
Bilvosita soliqlar tarkibidagi soliqlarda atskiz solig’ining ulushini foizlarda 
tasvirlasak quyidagicha ko’rinish hosil bo’ladi. Aktsiz solig’ini budjet 
daromadlarini shakllantirishda muhim soliq turi sifatida tahlil qilishni maqsadga 
muvofiq deb bildik. 
Qo’shilgan qiymat va aktsiz soliqlarining o’zaro bog’liqligi va ijtimoiy 
ahamiyatga ega bo’lishi milliy daromadning bir qismi bo’lgan pul mablag’larini davlat 
ixtiyoriga safarbar qilishda ko’proq namoyon bo’ladi. Bu ikki soliq turi orqali davlat 
byudjeti daromadining eng katta qismi shakllantirilmoqda. Byudjet daromadlarida 
aktsiz solig’ining ulushi salmoqli o’rinni egallaydi (3.3- rasmga qarang).
3.3- rasm ma’lumotidan ko’rinib turibdiki, aktsiz solig’i byudjet 
daromadlarida salmoqli o’rinni egallagan. Aktsiz solig’ining byudjet daromadidagi 
ulushi 2005 yilda 20,9% tashkil qilgan bo’lsa, 2017 yilga pragnoz 15,4% ni tashkil 
etishi ko’zda tutilgan. Bu esa mamlakatimizda olib borilayotgan soliq islohotlari 


65 
natijasidir. O’tgan yillar mobaynida respublikamizda aktsiz solig’i 5,5 punktga 
pasaytirish rejalashtirilganligi, iste’molchilar gardaniga tushadigan soliq yukining 
ham pasayib borayotganligidan dalolatdir. Bu esa mamlakatimizda soliq 
siyosatining to’g’ri yuritilayotganligi samarasi hisoblanadi. Soliq yukining 
pasayishi ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning daromadlarini o’sishiga 
zamin yaratadi. Mazkur holat mamlakat iqtisodiyotining yanada yuksalib borishini 
ta’minlaydi. 

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling