1) Aksiz solig‘ining iqtisodiy mohiyati va byudjet daromadlarida tutgan o‘rni. 1) Aksiz solig‘ining iqtisodiy mohiyati va byudjet daromadlarida tutgan o‘rni. 2) Aksiz solig‘ini to‘lovchilar, soliq ob‘ekti va bazasi. 3) Aksiz solig‘i bo‘yicha imtiyozlar va uning stavkalari. 4) Aksiz solig‘ini to‘lash muddatlari va hisob-kitoblarini taqdim etish tartibi. 5) Aksiz markalari.
AKSIZ SOLIG‘I
REJA:
Aksiz so’zi (фр. accise, от лат. accido — обрезаю)
lotincha «accido» (kesib olmoq, kesmoq) so’zidan olingan bo’lib, ma’nosi soliqqa tortish maqsadida idishdagi ichimlik miqdorini o’lchash uchun foydalaniladigan maxsus cho’pdagi kertma belgini anglatgan.
Aksiz solig’i bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega, jumladan, u ommaviy xaridorgir tovar va xizmatlar hamda zeb-ziynat buyumlarning muayyan doirasiga nisbatan qo’llaniladi.
Ammo rivojlangan mamlakatlarda esa aksiz solig’i umumiy soliq siyosatining muhim tarkibiy qismi bo’lib, byudjet daromadlarini to’ldirish maqsadida joriy etilgan bo’lsa, respublikamizda amal qilayotgan aktsiz solig’ining umumiy tamoyillari jihatidan boshqa davlatlardagidan deyarli farq qilmaydi. Chunki mulkchilik shaklidan qat’iy nazar aksiz solig’iga tortilishi belgilangan tovarlar ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar aksiz solig’i to’lovchilari hisoblanadi.
AKSIZ SOLIG‘INING IQTISODIY MOHIYATI
Aksiz solig’i 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan “Korxonalar, birlashma va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan 1992 yildan boshlab joriy etildi.
Uning qo’shilgan qiymat solig’idan farqli tomoni shundaki, u ayrim turdagi tovarlar qamrab olgan bo’lib, bajarilgan ish, ko’rsatilgan xizmatlarga nisbatan qo’llanilmaydi.
Aksiz solig’i individual xarakterga ega bo’lib, faqat aksiz osti tovarlarga nisbatan qo’llaniladi. Bunday tovarlar aksiz solig’I qo’llaniladigan tovarlar ham deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |